-§. Ta‘limiy mobil ilovalardan ―Web dasturlash asoslari‖ fanini o‗qitishda




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/85
Sana08.01.2024
Hajmi11,25 Mb.
#132231
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
2.4-§. Ta‘limiy mobil ilovalardan ―Web dasturlash asoslari‖ fanini o‗qitishda 
foydalanish metodikasi.. 
Hozirgi vaqtda ko‗pchilik sohalar qatorida ta‘lim sohasida ham axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining roli ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari 
keng imkoniyatlar yaratishi bilan birga o‗quv jarayonini tashkil etishda 
o‗zgarishlar zaruriyatini keltirib chiqaradi, chunki elektron komponentni joriy etish 
orqali o‗qituvchi asta-sekin oddiy o‗qituvchidan o‗quvchilarni o‗ziga jalb etadigan 
hamda 
yangi 
bilim 
va 
ko‗nikmalarni 
egallashga 
qaratilgan 
tadbirlar 
tashkilotchisiga aylanadi [82]. Mobil qurilmalarning kundalik faoliyatdagi 
o‗rnining tobora ortib borishi tа‘limda yаngi usullаrning pаydo bо‗lishi va ushbu 
jarаyonda tа‘limiy mobil ilоvаlar muhim tarkibiy qism sifаtida о‗qitish 
samaradorligini оshirish uchun sezilarli salоhiyatga ega ekanligini kо‗rsatadi [28]. 
B. Akhmedov va boshqalar jadal rivojlanib borayotgan onlayn ta‘lim 
bozorining tendentsiyasini ochiq ta‘lim muassasalari va mobil ta‘limga ega ochiq 
ta‘lim resurslari kabi 2 guruhga bо‗lish mumkinligini tа‘kidlashadi. Aslidа, 
ulаrning hаr ikkаlаsi ham tа‘lim imkoniyatlarini kengaytirgan holda yаnаda qulay 
va moslаshuvchan tа‘lim xizmatlarini tаqdim etish va o‗rganishni xohlovchilarni 
kо‗proq jalb qilish bilаn shug‗ullanadi [9]. 
Ta‘lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanish yoki ularni o‗quvchilarga 
taqdim etishdan oldin o‗qituvchi har xil turdagi ilovalarni o‗quv jarayoniga qanday 
kiritish mumkinligini aniq tushunib olishi kerak. K. Shipmanning fikricha, ta‘limiy 
mobil ilovalarning har xil turlari mavjud: taqdim etilganlarga yangi ma‘lumotlarni 
qo‗shishi mumkin bo‗lgan kontent ilovalari (content apps); talabalarga ma‘lumot 
to‗plash va saqlashga yordam beradigan amaliy ilovalar (fieldwork apps); ovozli 
va vizual ilovalar (sound and vision apps), bu yerda talabalar boshqa odamlarning 
nutqini tinglashlari yoki o‗zlarini yozib olishlari mumkin; talabalarga xaritalar va 
joylar haqida ma‘lumot beradigan ilovalar (mapping apps); talabalar o‗z ishlariga 


103 
ma‘lumot qo‗shish yoki yaxshilash uchun o‗zlarining rasmlarini yaratishlari 
mumkin bo‗lgan ilovalar (creative apps) [70]. 
El-Tawab va boshqalar o‗z izlanishlarida oliy ta‘lim muassasalarida mobil 
ilovalardan foydalanib loyihaga asoslangan o‗qitish metodikasini amalga 
oshirishga e‘tibor qaratganlar [23]. 
Nafaqat ―Web dastrulash‖ fanini, balki har qanday fanni o‗qitishda ta‘limiy 
mobil ilovalardan foydalanishning samarali metodikasini shakllantirish uchun 
o‗quv jarayoniga eng yangi texnologiyalarni joriy etishning texnik, ijtimoiy, 
psixologik va madaniy asoslarini tushunish zarur. Bugungi kunda texnologik 
taraqqiyotning jadal rivojlanishi mobil o‗qitish tendentsiyalarini ko‗rib chiqishni 
taqozo etadi [78]. 
Ta‘limiy mobil ilovalarni o‗qitish jarayoniga tadbiq etish bilan bog‗liq ikkita 
asosiy muammoni kuzatishimiz mumkin. Birinchisi – ta‘lim jarayoni 
ishtirokchilarining texnik qurilma jihatidan ta`minlanganligi masalasi bo‗lsa, 
ikkinchisi – ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish bo‗yicha ko‗nikmalarning 
shakllanganligi darajasidir. 
Dissertatsiya ishini bajarish doirasida olib borilgan tadqiqotlar davomida 
birinchi muammoning yechimi sifatida ko‗rilgan texnologiyalar orasida BYOD 
eng afzali sifatida qaraladi. 
BYOD - Bring Your Own Device sо‗zining qisqartmasi bо‗lib, uning 
tа‘limdagi mа‘nosi shundan iboratki, о‗qituvchilar va tа‘lim muassasasi 
mа‘muriyаti о‗quvchilаrga shаxsiy qurilmаlarni tаqiqlamаydi, bаlki о‗quvchilаrga 
noutbuklar, planshetlar va smartfonlarni muassasaga olib kelishgа imkon beradi va 
har tomonlаmа rаg‗bаtlantirаdi [53; 44-49 betlar]. BYOD zamonaviy ta‘lim oldida 
turgan ikkita juda muhim muammoni bir martalik hal etishdir.Birinchidan, har bir 
talabani o‗z mobil qurilmasi bilan ta`minlash muammosi. BYOD yondashuvida 
mobil qurilma maktabning emas, balki oilaning mulki va tashvishidir [54]. 
Tabiiyki, maktab eng mos modellarni tavsiya qilishi, ota-onalarga asbob-uskunalar 
yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borishga yordam berishi, kam 
ta`minlangan oilalar uchun moliyaviy qo‗llab-quvvatlash dasturini yaratishi 


104 
mumkin, ammo qurilma oilaning mulkidir – yagona tamoyili saqlanib qoladi [90]. 
Ikkinchidan, bu tobora o‗tkir muammo: ―Ta‘lim muassasasida o‗quvchilarning 
mobil telefonlari bilan nima qilish kerak?‖ degan savolga javob beradi. Bugungi 
kunda ommaviy amaliyotdan kelib chiqib - nafaqat mamlakatimizda, balki chet 
elda ham ta‘lim tizimi rahbariyati mobil qurilmalardan dars vaqtida foydalanishni 
cheklash to‗g‗risida bosh qotirmoqda. Ammo cheklovlar uzoqqa bormasligi aniq. 
Oxirgi ijtimoiy so‗rovlarga ko‗ra, o‗smirlarning 60 foizi o‗qituvchilari 
taqiqlaganiga qaramay, dars vaqtida mobil telefonlaridan sms jo‗natish uchun 
foydalanishini tan olishgan. BYOD - bu ularni ―qonuniylashtirish‖ va ularni dars 
jarayoniga xalaqit beruvchi dushmandan ittifoqchiga aylantirishning yo‗lidir [98]. 
BYOD bilan bog‗liq bо‗lgan eng kо‗p kо‗rsatilgan foyda talabalarning 
faolligi darajasini oshirishdir. Shaxsiy qurilmadan foydalanish о‗rganishni yanada 
shaxsiylashtirilgan va talabaga yo‗naltirilgan qiladi va natijada ta‘lim muhiti 
talabaning shaxsiy dunyosi bilan yaxshi bog‗lanadi [42]. 
Ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish ko‗nikmalarining shakllanganligi darajasi 
bilan bog‗liq ikkinchi muammoni hal qilishda bir nechta usullarga tayanish 
mumkin. Jumladan: 
1. Foydalaniladigan 
ta‘limiy 
mobil 
ilovaning 
―Foydalanuvchi 
yo‗riqnomasi‖dan foydalanish; 
2. Fan o‗qituvchisi tomonidan mobil ilovadan foydalanish bo‗yicha 
qo‗shimcha tushuntirishlar olib borish; 
3. Mobil ilovadan foydalanish bo‗yicha video yo‗riqnoma ishlab chiqish; 
4. Mobil ilova imkoniyatlarini kichik guruhlarda muhokama qilish; 
5. Mobil ilovadan mustaqil foydalanish va uning imkoniyatlarini intuitiv 
o‗zlashtirish bo‗yicha foydalanuvchi layoqatiga tayanish. 
OTM bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlarida o‗qitiladigan ―Web dasturlash 
asoslari‖ fanining ma‘ruza mashg‗ulotlari OTDTS asosida ishlab chiqilgan ishchi 
o‗quv dasturlarida ajratilgan soatlarning 25 foizini tashkil etadi. О‗quv jarayonini 
samarali tashkil etish uchun mа‘ruza mashg‗ulotlarida interaktiv ta‘lim 
texnologiyаlаridan foydаlаnish maqsаdga muvofiq hаmda mаshg‗ulotni о‗ziga 


105 
xos va qiziqаrli bo‗lishiga imkon beradigan аniq usul va uslublаr qо‗llаnilishi 
lozim [77]. EduMobileApp ta‘limiy mobil ilovasidan foydalanib, Selfbrender 
modeli asosida intefaol ma‘ruza mashg‗ulotlarini tashkil etish ijobiy natija beradi. 
Chunki ushbu model talabalarga qo‗shimcha kurslarni tanlash imkonini berishi 
bilan birga, mavzuni chuqurroq o'rganishga yordam beradigan veb-seminarlar, 
maqolalar yoki video darsliklar ko'rinishidagi qo'shimcha tarkibni ham taqdim 
etishga asoslanadi. Talabalarda qiziquvchanlik va o'sishni rag'batlantirish uchun 
turli xil kontent manbalarini bitta tizim ostida birlashtiradi. Jumladan mobil 
ilovaning ―Nazariya‖ bo‗limi (8-ilova, 6,7,8-rasmlarga qarang) orqali ma‘ruzalar 
matnini interactive lecture yoki public prezentation metodidan foydalanib taqdim 
etish mumkin. Shu bilan birga mavzuga oid qoshimcha materiallarni ilovaning 
―Resurslar‖ bo‗limidan (8-ilova, 17(c)-rasmga qarang) topish mumkin. 
Mobil doska (8-ilova, 21-rasmga qarang) komponenti orqali o‗qituvchi 
o‗zining tushuntirish ishlarini olib borish jarayonida talabalarning bevosita 
ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. 
Quyida interfaol texnologiyalar asosida tashkil etilgan ma‘ruza 
mashg‗ulotining ishlanmasini ko‗rib chiqamiz. 
2.5-jadval 

Download 11,25 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Ta‘limiy mobil ilovalardan ―Web dasturlash asoslari‖ fanini o‗qitishda

Download 11,25 Mb.
Pdf ko'rish