|
mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar tashkil etar ekan degan Pdf ko'rish
|
bet | 156/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar tashkil etar ekan degan
savol paydo bo‘lishi
mumkin.
Inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof - muhitni o‘zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham
shaxsiy ehtiyojlarini qondiradi. Shuning uchun mehnatga murakkab ijtimoiy hodisalar sifatida qaraladi. Mustaqillik
milliy kadrlar tayyorlash ko‘lami va sifatini oshirishni taqozo qilmoqda. Yirik korxonalarda milliy kadrlarning kamligi
yetuk mutaxassislarning migratsiyasi ushbu muammoga davlat nuqtai nazaridan jiddiy yondashishni talab etmoqda.
Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, o‘quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Avvalo, bolalar ta‘lim
jarayonida mehnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladilar. O‘qish ham mehnat ekanligini tushunib
oladilar. O‘quv rejasiga kiritilgan mehnat darslarida esa mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu jarayonda o‘z
mehnatlarining natijalarini ko‘rib zavqlanadilar va yanada yaxshiroq mehnat qilishga harakat qiladilar. Mehnat qilish
jarayonida sinfdan va maktabdan tashqari mehnat, o‘z - o‘ziga xizmat qilish mehnati, ijtimoiy foydali mehnat turida
faol ishtirok etadilar va chiniqadilar. Pedagogika fani mehnat tarbiyasini tashkil qilishda qo‘yayotgan talablar
quyidagilar:
-mehnatning ijtimoiy axloqiy ahamiyatiga alohida e‘tibor berish;
-mehnat o‘quvchining yoshi, hayoti tajribasi va imkoniyatlariga mos bo‘lishi;
-o‘quvchilarning mehnat faoliyatlari ijodiy harakterda bo‘lishi;
-o‘z vaqtida turli kasblar haqida ma‘lumotlar berib borilishi;
-mehnat ahllari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish.
Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga
yo‘nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko‘zda tutadi.
|
| |