• Oilaning regulyativ funksiyasi
  • Oilaning relaksatsiya funksiyasi
  • O‘qituvchi: Mening qo‘limda uch dona konvert bor. Har birida muayyan mavzu mavjud. Marhamat, bitta mavzuni tanlab, mini-munozara tashkil eting. Munozara mavzulari
  • Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet152/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   307
    Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?
    Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan 
    funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka 
    erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jihatdan hal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Oilada er-xotining
    bir-birini to‘liq tushunishi- ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini ta‘minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-
    ijodiy imkoniyatlar (iqtidorni) ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his 
    qilish imkonini beradi»
    1
    . Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham 
    ortib bormoqda. 
    Oilaning regulyativ funksiyasi
    oila a‘zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini
    shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar 
    tomonidan yosh avlodi nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma‘naviy tomondan qo‘llab- quvvatlash nazarda tutiladi. 
    Oilaning relaksatsiya funksiyasi
    uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a‘zolarining jinsiy, 
    emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir
    2

    Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta‘minlovchi mezon hisoblanadi.
    Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga 
    jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta‘sir etadi.
    (Har bir funksiya mohiyati tushuntirilgandan so‘ng kichik munozara tashkil etiladi)
    O‘qituvchi: Mening qo‘limda uch dona konvert bor. Har birida muayyan mavzu mavjud. Marhamat, bitta 
    mavzuni tanlab, mini-munozara tashkil eting. 
    Munozara mavzulari: 
    1.
    Kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi. 
    2.
    Qush uyasida ko‘rganini qiladi... 
    3.
    Jamiyat farovonligi - oila farovonligidir. 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish