UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
105
Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini- tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o‘zaro jismoniy,
moddiy, ma‘naviy va psixologik yordam ko‘rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini
rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘
yig‘ish, tejamli ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Shuningdek, oilada
o‘sayotgan farzand ham mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan holda o‘g‘il-qizga
iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro‘zg‘orda yuzaga kelayotgan iqtisodiy
muommalar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta‘sir etishi bilan saviyasining pasayishiga ham olib kelmoqda.
Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida moddiy qiyinchiliklar tufayli hosil bo‘ladigan muammolarni
bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko‘rsatish lozim.
Shuni ham ta‘kidlab o‘tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini ko‘p hollarda davlat va
ijtimoiy tashkilotlar o‘z zimmasiga olmoqda. Jamiyat a‘zolarining xavfsizligini ta‘minlash, qariyalarga bepul tibbiy
yordam ko‘rsatish odamlar dam olishlari va o‘z sog‘liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va
sanatoriylarning ochilishi shular jumlasidandir.
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri- bu
uning reproduktiv
( jamiyatning biologik
uzluksizligini ta‘minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini
davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo
bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini
saqlab turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga
va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his eta
olmaydi.
Oilaning jamiyat oldidagi reprokduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta
tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo‘ladigan bo‘lsa, bunday xalq sakkizinchi
avloddan keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin ekan.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga funksiyalarini
muvaffaqiyatli uddalashlari uchun zarur bo‘lgan shart- sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o‘rinda hukumatimiz
tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.