UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
110
ko‘rsatkich aniqlanadi.
Yetuklik
deganda badanning tashqi ko‘rinishidagi garmoniya, go‘zallik shakli, sifatlarning
yukori darajadagi kamoloti tushuniladi.
Madaniyat
tarbiyaning tarkibiy qismidir. Shu bilan birgalikda, madaniyat inson va jamiyat umumiy
madaniyatining ham ajralmas qismi. Madaniyat - sport ishlari yoki oddiy sport sho‘‘balari, klublari, guruhlar yoki
ommaviy musobaqalar va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: « Inson uchun birinchi baxt-uning sog‘lig‘i,
ikkinchisi-go‘zallikdir» degan ekan. Chindan ham sihat-salomatlik hamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sog‘lom va
ma‘naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog‘lom va ma‘naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog‘lom-baquvvat,
iymon-e‘tiqodli va sadoqatli bo‘ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining zo‘r omiliga aylanadi. Xalqning
ana shunday baxt-saodati uchun sog‘lom avlod kerak.
Sog‘lom avlod deganda biz ham jismoniy, ham ma‘naviy tomondan yetuk, bardam, har ishga qodir, ilg‘or
madaniyatli kishilarni ko‘zda tutamiz. Darhaqiqat, shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga
yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko‘z, yorug‘ yuz, katta ishonch bilan qaraydi.
Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchga bo‘linadi: jismoniy, aqliy va axloqiy. Shunga binoan,
insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi, yuksalishini ta‘min etadigan tarbiya ham uch qismga ajraladi: badan
tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq tarbiyasidir.
Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri -mutanosib shakllantirish, suyak-bo‘g‘inlarni va muskullarni
uyg‘unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-qon tomir hamda nafas olish a‘zolarini, asab tolalari majmuasini
mustahkamlash muhim.
Tana a‘zolarining mo‘tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino:
« Badantarbiya-sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», -deydiki, bu fikr: « Kimki kilsa harakat- sog‘ligida bo‘lar
barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimdan xalqimizda badantarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali ibn Sino « Tibbiy doston» (« Urjuza»)
asarida riyozat-badan tarbiyasi to‘xtalib, uning bir necha xillari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha
shug‘ullanish sog‘liqqa foydali ekanligini bunday ta‘riflaydi:
« Bilsang riyozat turlari necha-necha
Sharofatli bo‘lar esa u o‘rtacha.
To‘g‘ri va mo‘tadil bo‘lib o‘sgay badan,
Kir-chir ila chiqindidan qutular tan.»(Ibn Sino, 1999,45)
Olim yana mashqsiz yurish badanda yomon xiltlarning yig‘ilishiga sabab bo‘lishini alohida uqtirib, bunday deb yozadi:
« Riyozatsiz yotishdan ko‘p topma rohat,
Bu rohatdan topolmassan hech manfaat.
Jim yotsang iflos xilt-la to‘lar badan,
G‘izocha hech hozirlanmas biror maskan».
Mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Adisson bunday ta‘riflaydi: « Mutolaa aql
uchun qancha zarur bo‘lsa, mashqlar ham badan uchun shuncha zarur».Suqrot bu borada quyidagi fikrni bildiradi:
«