Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   307
Estetik tarbiya
 
bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san‘atdagi go‘zallikni tushunish va 
qadrlashni bilishida, ma‘naviy dunyosini boyitishda katta rol o‘ynaydi. Ota-onalar bolalarga tabiatdagi, ijtimoiy 
hayotdagi, san‘atdagi go‘zallikni his qilish va shu kabilarni o‘rgatadilar. Bola uyqudan turishi bilan atrof muhitdagi turli 
narsalarga ko‘zi tushadi. Ota-ona bu narsalarning chiroyliligini tushuntirib berishi, o‘g‘il yoki qizining kiygan 
kiyimlarini chiroyli va qulayligiga, xonaki o‘simliklar va bahor gullarining naqadar chiroyliligiga ahamiyat berib 
qarashga o‘rgatishi kerak. Estetik didni tarbiyalashda dastlabki o‘yinchoqlar juda katta rol o‘ynaydi. Ular hayotni 
bilishni o‘rgatadi va birinchi estetik taassurotlar manbai hisoblanadi. Ota-ona bolalarni xonalarni yig‘ishtirish, 
saranjom-sarishta qilishga jalb qilib. Ularda estetik didni tarbiyalaydi. Estetik tarbiyaning asosi oilada bolalarni ijod 
qilish (badiiy tarbiyaga) o‘rgatishdir. 
Bolalarning rasm chizishga bo‘lgan ehtiyoji juda erta uyg‘onadi. Ota-ona o‘z bolalariga rasm chizishdagi 
muayyan ko‘nikmalarni egallashga yordam berishi kerak. CHunki bolada agar rasm chizishga qobiliyati bo‘lib u 
qo‘llab quvvatlansa, bola ruhlanib san‘atning bu turini egallashga harakat qiladi. Bolada yana yoshlikdan musiqa 
eshitish uquvini o‘stira borish unda nozik his-tuyg‘uning shakllanishiga imkon beradi. Bola juda yoshligidanoq musiqa 
ohangiga qarab ritmik harakatlar qiladi. Bu undagi dastlabki estetik did-tuyg‘u, iste‘dod kurtagidir. Bolaning tashqi 
ko‘rinishiga bo‘lgan talablar estetik tarbiyada katta ahamiyatga egadir. Sodda va ozoda kiyina bilish, kishilar orasida 
o‘zini yaxshi tutish, hulq-atvorining yaxshi bo‘lishi ham go‘zallikdir. Gapirish, kulish, salomlashish, madaniyatli 
hayrlashish, minnatdorchilik bildirish kabi odatlar ham bolaning yoshlikdan nazokatli, nafosatli bo‘lib o‘sishiga yordam 
beradi. Tabiiyki, ota-ona farzandning nozik did va farosatli, odob va ahloqli bo‘lib o‘sishiga erishish uchun avvalo o‘zi 
barcha go‘zalliklarni seza bilishi va sevishi, badiiy adabiyotlar o‘qishi, san‘atning turli sohasida o‘z bilim va 
taassurotlarini kengaytirib borii kerak. 
Maktab yoshlariga nafosat tarbiyasi berishning asosiy o‘rinlaridan biridir.O‘rta umumiy ta‘lim tarkibiga kirgan 
barcha fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga nafosat tarbiyasi berib boriladi. Maxsus nafosat tarbiyasi fanlari o‘qitiladi, 
ularga rasm, ashula, chizmachilik va boshqalar kiradi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, mehnat darslarida ham nafosat 
tarbiyasi doimiy berib boriladi. 
Bulardan tashqari adabiyot, ona tili, tarix, odobnoma, tabiatshunoslik, jug‘rofiya va boshqa fanlarni o‘qitishga 
mavzuning mazmuniga mos holda nafosat tarbiyasi beriladi. 
Bevosita nafosat tarbiyasi beruvchi rasm va ashula darslari o‘quvchilarning eng qiziqadigan hamda ijodiy 
o‘rganadigan o‘quv darslaridir. Bu daslarida o‘quvchilar go‘zallikni ongli idrok etibgina qolmasdan,ko‘nikma va 
malakalar hosil qiladi. Buyuk rassomlar, bastakorlarning asoslari bilan tanishadi. O‘zlari rasm chizadi, musiqa 
tinglaydi, ma‘nosini tushunadi, imkoniyat darajasida ijrochilik mahoratlarini egallaydilar. 
O‘quvchilar nafosat tarbiyasini berishda maktabda tashkil etilgan badiy to‘garaklarning ahamiyati 
katta.O‘quvchilar qobiliyati va qiziqishlariga mos holda rasm, musiqa, raqs, xalq amaliy san‘ati to‘garaklarida ishtirok 
etib, tegishli malakalarni egallaydilar. 
Maktabda havaskor rassomlarning ko‘rgazmalarini tashkil etilishi mumkin. Unda «Mohir qo‘llar» to‘garagi 
qatnashchilarining, maktab ustaxonasida tayyorlanayotgan amaliy san‘at namunalarining, maktab ustaxonasida 
tayyorlanayotgan amaliy san‘at namunalarini ham namoish etish foydalidir. Maktabda badiiy xavaskorlik to‘garagi 
qatnashchilarining har xil chiqishlarini tashkil etish yoshlarning nafosat tarbiyalarini kuchaytiradi. 

Download 6,15 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish