UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
113
asosiy iste‘molchisi yoshlar hisoblanadi. Chunki, ular axborotlar orqali o‗zlarini qiziqtirgan, yoqtirgan
va ularga kerakli bo‗lgan, asqotadigan, zarur bo‗lgan barcha ma‘lumotlar, bilimlar, tushunchalar hatto
maslahatlarni olmoqda. Bir so‗z bilan aytganda yoshlar uchun axborotlar
ehtiyojlarni qondiradigan
ba‘zaga aylandi, desak adashmaymiz.
Y. Mamatova va S. Sulaymonovalar ―O‗zbekiston-mediya ta‘lim taraqqiyotida nomli o‗quv
qo‗llanmasida ―Axborot jamiyati‖ tushunchasini tahlil qilar ekan, quyidagi fikrni bildirib o‗tadi:
―Axborot jamiyati‖ ko‗p hollarda medialar ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam berishiga
ishonchni nazarda tutadi. Ammo yangi texnologiyalarning jadal joriy etilishi turli ijtimoiy sinflar,
hududlar va xatto jinslar o‗rtasida raqamli tengsizlikning kelib chiqishiga ham sabab bo‗ladi. Internet
insonlarning jamiyatdan ajralib qolishiga olib kelishi mumkin. Sababi, u orqali ko‗rsatiladigan
xizmat
turlari ortib bormoqda, lekin hammada ham Internet tarmog‗iga ulanish imkoniyati va undan
foydalanish ko‗nikmasi mavjud emas‖ [Y. Mamatova, S. Sulaymonova. O‗zbekiston-mediya ta‘lim
taraqqiyotida.T.: 2015, ―Extremum-press‖, 94. 44] .
Shu bilan birga, bugungi kunda axborotlar yoshlar uchun bilim egallash va biror bir faoliyat bilan
shug‗ullanish uchun imkoniyat yaratdi. Dunyoda millionlab yoshlar axborotlardan foydalanib ta‘lim
olmoqdalar hamda axborotlar orqali ma‘lum bir kasb bilan shug‗ullanib, o‗z moddiy ehtiyojlarini
qondirishmoqda.
Dunyodagi axborotlar integratsiyasi
va globallashuv jarayonlari, ming afsuski, hayotda aniq bir
maqsadi yo‗q, turli yo‗llar bilan o‗z moddiy manfaatlarini qondirishga harakat qiladigan, biror bir kasbni
egallamagan yoki kasbiy qo‗nimsiz, e‘tiqodi sust shaxslarni ham vujudga keltirdi. Bunday salbiy holat
mamlakatimiz yoshlari tarbiyasiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmay qolmaydi. O‗z navbatida jamiyatimiz
taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan bu kabi illatlarni bartaraf etish uchun bor imkoniyatimizni ishga
solib, ta‘lim tizimining barcha sohalarida izchil chora-tadbirlarni qo‗llashimiz lozim.
Demak, hozir kunda axborotlarning tarqalishi yashin tezligidek tarqalayotgan bir davrda,
yoshlarimizning bo‗sh vaqtini oqilona tashkil etish va ularni aniq bir maqsad sari yashashga o‗rgatish,
yoshlikdan kasbga yo‗naltirish orqali shaxsiy fazilatlarini yuksaltirish
oldimizda turgan dolzarb
vazifadir. Ma‘lum bo‗lishicha, dunyoda mehnat va kasbga layoqatli bo‗la turib ishlashni hohlamaydigan
yoki bir kasbda uzoq yillar ishlamaydigan yoshlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Bizningcha bu holat
quyidagi salbiy omillar ta‘sirida ro‗y bermoqda:
Yoshlar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yetarli darajada singdirilmayotganligi;
Axborotlar orqali kirib kelayotgan G‗arb ―madaniyatining‖ shaxs tarbiyasiga ko‗rsatayotgan
salbiy ta‘siri;
Yoshlarda mustaqil fikrlash va e‘tiqod sustligining mavjudligi;
Yoshlarning bolalikdan ota-onalar va kattalar tomonidan aniq bir kasb va hunarga
yo‗naltirilmaganligi;
Yoshlarda kasb tanlash jarayoni tizimli va izchil ravishta olib borilmaganligi;
Yoshlarning yengil hayotga ru‘ju qo‗yishi, mo‗may pul topishga intilishi;
Qiyinchiliklar oldida ojizlik, ruhiy tushkunlik va irodasizlik;
Shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmasligi,
muloqotchanlikning pastligi;
Yoshlarda jamiyat talablari darajasida zamonaviy bilim egallashga qiziqishning pastligi va
boshqalar.
Afsuski, bugungi kunda bu kabi salbiy illatlar yoshlar hatti-harakatida tez-tez kuzatilmoqda va o‗z
navbatida mazkur holat ularning e‘tiqodini shakllanishiga to‗sqinlik qilayotgan omillardandir. Biz
kattalar ushbu muammoni yechishda yoshlar uchun internetni cheklash va axborot olishni taqiqlash,
kuchli nazoratni amalga oshirish bilan muammoni hal eta olmaymiz. Hayotni ommaviy axborot
vositalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‗lgan hozirgi sharoitda internet yoshlar uchun asosiy axborot
manbaiga aylanayotir.
Darhaqiqat, bugungi davr yoshlari asosiy vaqtini axborotlar qurshovida
o‗tkazmoqda. Bu albatta ularning ta‘lim olishi, ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi, shaxs sifatida o‗z-o‗zini
anglashiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ayrim yoshlar o‗zining bilim olishi va hayotga munosabati, kasb
tanlashida kattalar, ota-ona,
ustoz-murabbiyni emas, OAV hamda internetni maslahatchi sifatida tan
olmoqdalar, shuningdek, ulardagi axborotlarga tobelik reallikdan yiroqlashishga olib kelmoqda.
Umuman olganda bugungi davr yoshlarining shaxsiy fazilatlari texnologik va ijtimoiy taraqqiyot
natijasida shakllanmoqda. Ular axborotlarga tez va oson moslashadilar, texnologiyalarsiz o‗z hayotlarini