|
Mehnatni ulug‘lovchi, uning ahamiyatini yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va Pdf ko'rish
|
bet | 155/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
Mehnatni ulug‘lovchi, uning ahamiyatini yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va
maqollarni bilasiz?
Shunga misollar keltiramiz:
«Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni
singdirish kerakki, ular o‘rtaga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya‘ni bu narsa ularning
sobitqadam g‘ayrat - shijoatiga, to‘la - to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanligini anglab
yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir".
(I.A.Karimov "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li")
"Mehnat umuminsoniy, milliy va ma‘naviy qadriyatlar taraqqiyotining negizidir" ( donolar bisotidan)
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil.
(A. Navoiy)
Oltin topmaginu o‘rgangin hunar,
Hunarning oldida xasdir oltin-zar.
(Jomiy)
Eng yaxshi axloqiy va estetik dori - mehnat.
(A.Frans)
O‘zbek xalq maqollaridan namunalar
:
Mehnat baxt keltirar.
Mehnat e‘tibor garovi.
Mehnatsiz rohat yo‘q.
Mehnat qancha og‘ir bo‘lsa.
Keti shuncha shirin bo‘lar.
Komil inson shakllanishida mehnatning o‘rni qanday?
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o‘rni beqiyos kattadir. Mehnat
tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek bolaning har tomonlama
shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg‘ayish omili hamdir. Farzandlarimiz mustaqil O‘zbekistonimizning
bo‘lg‘usi quruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa hujjatlarda ularni mehnatga
qaydarajada tayyorlashga alohida e‘tibor berilmoqda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham zaruriyat, ham
burch bo‘lishi, buning uchun uyda ham, o‘quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish lozim. Agar bola
kichikligidan mehnat qilishga o‘rgatilsa, o‘yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz o‘tadi. Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida "Har bir inson mehnat qilish, mehnat turini ixtiyoriy tanlash, adolatli,
qulay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega", - deb ta‘kidlangan.
Shunday ekan, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta‘minlash yo‘lida
fidokorona mehnat qilayotgan kishilar bilan faxrlanish va o‘rnak olish lozim. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa
o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey, kasb - hunar kollejlarini o‘rni va ahamiyati
beqiyos kattadir. Ta‘lim to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasida ta‘kidlanganidek, "kasb - hunar kollej o‘quvchilarining
kasb - hunarga moyilligi, mahorati va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha
ixtisos olishini ta‘minlaydigan uch yillik o‘rta kasb - hunar o‘quv yurtidir"
1
.
1
Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўg‘рисида»ги Qонуни. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараqqиѐтининг пойдевори. Т.:
«Шарq», 1998. 23- бет.
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
108
(Mehnatning mohiyati va ahamiyatini yoritib beruvchi videofilm namoyish etiladi)
Filmni ko‘rib,
|
| |