|
Axloqiy tarbiyani qanday yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin? Pdf ko'rish
|
bet | 147/307 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,15 Mb. | | #249463 |
Axloqiy tarbiyani qanday yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin?
Maktabda o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullar qo‘llaniladi:
-
dars, ta‘lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo‘shib olib borish;
-
ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish;
-
to‘g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali;
-
Maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Masalan, Mustaqillik kuni, navro‘z bayrami;
-
Barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy va yagona tartib qoidaga rioya qildirish orqali;
-
Turli tushuntirish, uqtirish, suhbat, munozara, rag‘batlantirish, jazolash usullaridan foydalanish orqali;
-
Tarbiyaviy soatlar, «Odobnoma» darslari saviyasini oshirish orqali;
-
Mehnat ilg‘orlari, ilm-fan xodimlari, mehnat faxriylari, hojilar bilan uchrashuvlar uyushtirish orqali;
-
Maktabda turli kechalar, olimpiada, festival, musobaqalar o‘tkazish, turli axloqiy-ma‘rifiy tele-radio
eshittirishlaridan foydalanish;
-
Dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat va an‘analarimiz aks etgan asarlarni o‘qib-
o‘rganish orqali.
«Odob-axloq inson ko‘rki» mavzusida qisqa
(10 minutlik)
munozara o‘tkazing.
Munozara davrida qator insoniy sifatlarni ham ko‘rib chiqamiz. Eng avvalo inson fazilatlarining o‘zaro
munosabatlarini va o‘rnini aniqlab olmog‘imiz lozim. Insonning ma‘naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil
topadi. Ma‘naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.
Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi kategoriyadir.
Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifat majmui.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamolat darajasi odob, axloq, madaniyat, ma‘naviyat
elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o‘rinda bu kategoriyalarning mohiyati
ustida to‘xtalib o‘tish joizdir.
|
| |