UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
101
Demak, milliy istiqlol g‗oyasini yoshlar ongiga singdirish sohalari va yo‗nalishlari
xilmaxil bo‗lib, ulardan samarali va to‗g‗ri, o‗rinli foydalanishni talab etadi. Mafkura har qanday
jamiyat hayotida zarur va muhimdir. Mafkura bo‗lmasa xalq, millat, jamiyat, davlat o‗z yo‗lini
yo‗qotishi muqarrar. Mafkura jamiyat, xalq va millatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy
taraqqiyotiga maqsad va yo‗nalish beradi. Milliy g‗oya, milliy mafkurani yoshlar ongiga
singdirishda:
1)
Nodavlat,
mustaqil
tashkilotlar
faoliyatini
takomillashtirish,
ularning
imkoniyatlaridan to‗la foydalanish zarur.
2)
Mustaqillikni mustahkamlab, ma‘naviy, ma‘rifiy-mafkuraviy ishlarni yanada
jadallashtirish, yangi bosqichga ko‗tarish, bu sohadagi barcha ishlarni muvofiqlashtirib, yagona
maqsad yo‗lida safarbar etishni taqozo etadi. Ayniqsa fuqarolarni kamol toptirishga
yo‗naltirilgan va tuzilgan ma‘naviyat va ma‘rifat Respublika Kengashi targ‗ibot-tashviqot
ishlarini uzluksiz olib borishni davr taqozo etmoqda.
3)
Maktablar, litseylar, kollej va oliy o‗quv yurtlarida bevosita ma‘naviyat masalalari
bilan shug‗ullanadigan mutassaddi mutaxassislar lavozimlarini joriy etib, ular hayotini yanada
faollashtirish lozim.
4)
Oila, mahalla, umumiy o‗rta, umumiy maxsus, kasb-hunar ta‘limi, maktabdan
tashqari muassasalar, oliy ta‘lim tizimida bolalar, o‗smirlar, talaba yoshlar ongini yuksaltirish,
ularni ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qiladigan turli xil tashkilot va to‗garaklar
tuzish, ongni fikrlashga o‗rgatish, ularning tafakkurida bo‗shliq paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik
lozim.