UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
97
shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz
oldidagi birinchi darajali
vazifalardan biridir.
Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‗lsa, ayni vaqtda
mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat
qilishi ko‗zda tutilgan. Zamonaviy ta‘lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‗oyaviy
uyg‗unlik – ta‘lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma‘naviy-ma‘rifiy zaminlariga tayanish
zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o‗tmish allomalari,
mutafakkirlarining
ma‘naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g‗oyat
beqiyosdir.
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va
tizimli axborot bilan ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili
maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko‗zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo
etish, mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‗ini tubdan takomillashtirish edi. Mazkur qarorda oliy
va o‗rta maxsus ta‘lim muassasalari hamda ko‗p sonli umumta‘lim maktablari huzurida axborot-
resurs markazlari tuzish ko‗zda tutildi.
Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ta‘lim muassasalari o‗quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta‘lim olishi va mustaqil ravishda talim
olishiga ko‗maklashish;
milliy ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‗lamda targ‗ib qilish,
xalqning
madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‗lishini ta‘minlash, ma‘naviy boy va uyg‗un
kamol topgan shaxsning ijodiy o‗sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
yangi axborot texnologiyalari (ma‘lumotlar elektron bazalari, internet
resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‗rsatish;
madaniy, ta‘lim, axborot hamda boshqa dastur
va loyihalarni birgalikda
amalga oshirish uchun ta‘lim muassasalari, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari,
milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.
Adabiyot va san‘at.
Bu sohada ijod ahlining g‗oyaviy-badiiy salohiyatini komil inson
tarbiyasiga yo‗naltirish ustuvor yo‗nalish bo‗lishi darkor.
Ijodkorlarni murakkab va shonli tariximizning
yorqin sahifalarini, bugungi hayot
voqeligini, olijanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san‘at
asarlarini yaratishga har tomonlama rag‗batlantirish. yoshlarga ibrat bo‗ladigan barkamol
insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.
Milliy g‗oyani tarannum etishga, istiqlol mafkurasiga zid g‗oyalarning zararli mohiyatini
ochib berishga ayniqsa e‘tiborni kuchaytirish zarur. Hayot va ijoddagi
mahdudlik hamda fikr
qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali mafkura muhitining
sog‗lom bo‗lishiga erishish.
Din.
Eng nozik va murakkab bo‗lgan bu sohada, avvalo, din ma‘naviyat va madaniyatning
ustunlaridan
biri ekanini, barcha zamonlarda milliy g‗oya va mafkura diniy qarashlar bilan
uyg‗un rivojlanishini nazarda tutish lozim. Din o‗z mohiyatiga ko‗ra, poklik, mehr-oqibat kabi
ezgu tuyg‗ular orqali milliy istiqlol mafkurasining g‗oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga
singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‗lom va mo‗tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng
muhim mafkuraviy vazifadir
1
.
Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros sifatida o‗tib kelayotgan
urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g‗oyalarini singdirishda muhim
omil bo‗ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro‗z, O‗qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash
kuni kabi yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish
yo‗lida oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda urf-odat va an‘analarimizning
jamiyatni
birlashtiruvchi xususiyatlaridan yanada to‗liqroq flydalanish lozim.
1
Milliy istiqlоl g‘оyasi: asоsiy tushuncha va tamоyillar. -T.: «O‘zbеkistоn», 2000, 62-69–bеtlar.