Milliy g‗oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307
Milliy g‗oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, 
nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati.
Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi 
texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma‘naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur 
egallashiga bog‗liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, 
oliy o‗quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga 
befarq qarashlari mumkin emas. yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki 
ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‗ylash, 
ko‗ra bilish ustivor ahamiyatga ega. Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‗lishini 
ta‘minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo‗lishga o‗rgangan yoshlar 
mehnatsevar bo‗ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma‘lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‗sh 
vaqtlarida, ular o‗zlari sevgan ish bilan shug‗ullanishga o‗rganib qoladilar. Bunday bolalarning 
jinoyat qilishga yoki nojo‗ya ishlar bilan shug‗ullanishga vaqti ham bo‗lmaydi.
Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar Ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo‗shadi, 
halol mehnati bilan jamiyatda o‗z o‗rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo‗lib 
qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O‗zbek xalqi maqolida 
aytilganidek, meros yo‗li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan 
ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. yoshlar 
o‗z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko‗proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan 
tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay 
darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‗zi oldida shirin farzandlari bilan 
bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy 
bog‗langan kelajagi ham turmog‗i kerak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an‘analarga, bu boradagi 
umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e‘tiborga olganida yaxshi 
natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‗proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‗liq 
bo‗ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‗nalishi, usullari esa o‗zgarib, yangilanib, 
takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, 
ma‘naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta‘sir etadi.
Shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‗lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, 
ijtimoiy mas‘uliyatni to‗g‗ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni 
tarbiyalash O‗zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga 
va maqsadiga aylandi
1
. Shu o‗rinda ta‘lim-tarbiya jarayoni bilan bog‗liq yana bir masalaga ham 
e‘tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini 
kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy 
mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma‘naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‗yadi. 
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‗nalishi milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar uyg‗unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O‗zbekistonda amalga 
oshirilayotgan ta‘lim-tarbiya ishlari yo‗nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni 
shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an‘analari haqida quyidagi fikrlarida ham 
chuqur ma‘no bor. U shunday deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‗lida bolalar aziz omonatlardir. 
Shuning uchun ham ularni go‗zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o‗rgatmoq va ko‗rkam 
odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin
2
.
Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so‗zi bilan ishi bir 
bo‗ladi. Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada Ota-onaga hamda qolaversa 
tarbiyachilarga bog‗liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‗tilgan hozirgi sharoitda oila va 
1
O`zbеkistоnda barpо etilayotgan jamiyat. T.: «Ijod dunyosi» nashriyoti, 2002. –B. 20.
2
E.Yusupоv. Insоn kamоlоtining ma‘naviy asоslari. -T.:Univеrsitеt, 1998, -B. 120.



Download 6,15 Mb.
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy g‗oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla

Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish