UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
95
7)
Maqsadimiz ma‘rifatli jamiyat barpo etishdan iborat, bu jamiyatda qonun
ustuvorligi, qonun oldida hammaning mas‘ulligi, adolat, Vatan, xalq manfaati ulug‗
sanalishini inobatga olish. 8) Xalq hukmdorlarga emas, hukmdorlar halqqa xizmat qilishi -
asosiy qoida.
9)
Pirovard maqsadimiz adolatli jamiyat barpo etish.1
10)
Birovning haqiga xiyonat qilmaslik, diyonatlilik, iymonlilik, halollik mezonini
ulug‗lash. 11) Ma‘rifiy-targ‗ibot ishlarining shaklan va mazmunan turi: ma‘ruza, suhbat va
bahsmunozaralar, seminarlar, konferentsiyalar o‗tkazish, ommaviy axborot vositalarida
chiqish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
12) Mafkuraning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, ta‘sirchan, tushunarli tarzda yetkazish
uchun odamlar qalbiga yo‗l topa oladigan fidoyi inson, ziyolilarga tayanish.
Milliy istiqlol g‗oyasi va milliy mafkurani targ‗ib qilishda quyidagi tarbiyaviy tamoyil,
uslub (metodlar)larga e‘tibor berish kerak:
1)
Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‗ndalik.
2)
Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3)
Ongga ta‘sir ko‗rsatishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.2 4) Ziyolilar
mavqeyini oshirish, ularga e‘tibor va imkoniyat yaratish. 5) Turli bilimlarni egallashga
bo‗lgan ishtiyoqni qo‗llab-quvvatlash.
6)
Ommaviy-axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy
materiallarni ko‗paytirish, doimiy «aks ta‘sir» tamoyiliga amal qilish.
7)
Televideniye va radio zamonaviy ish usullari va shakllarini egallashi uchun rasmiy
xabarlarnigina emas, balki xalqaro mezonlarga muvofiq matbuot sahifalarida va televideniyeda
chuqur tahliliy materiallar, jiddiy siyosiy, iqtisodiy, xalqaro sharhlar, bahs-munozaralar
ko‗rinishida bo‗lishi lozim.
Demak, Milliy istiqlol g‗oyasini yoshlar ongiga singdirishning asosiy sohalari: «Oila -
bog‗cha - maktab - litsey - kollej - oliy o‗quv yurtlari - mahalla - jamiyat» tizimlari tashkil etadi.
Milliy istiqlol g‗oyasi va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishning asosiy
yo‗nalishlari esa quyidagilardan iborat:
1.
Ta‘lim va tarbiya.
2.
Fan va ilmiy muassasalar.
3.
Madaniyat va madaniy-ma‘rifiy muassasalar.
4.
Adabiyot va san‘at.
5.
Din.
6.
Jismoniy tarbiya va sport.
7.
Harbiy vatanparvarlik.
8.
Urf-odat, marosim va bayramlar.
9.
Oila.
10.
Mahalla.
11.
Mehnat jamoalari.
12.
Siyosiy partiyalar.
13.
Nodavlat tashkilotlar.