Nаzоrаt uchun sаvоl va topshiriqlаr: 1)
Iqtisodiy ta‘lim va i`qtisodiy tarbiyaning mohiyatini yoriting
2)
Maktabda iqtisodiy tarbiya va uni berish yo`llari nimalardan iborat?
3)
Ekologik tarbiyaning mazmunini nimalar tashkil etadi?
4)
Ekologik tarbiya berish yo`llarini sanab bering.
5)
Oiladagi iqtisodiy va ekoloigik tarbiyaga misollar keltiring.
6)
Fuqаrо dеb kimgа аytilаdi?
7)
Fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil qilishdаn ko`zlаngаn mаqsаdni shахsiy mulоhаzаlаringiz аsоsidа bаyon eting.
8)
Dаvlаt rаmzlаrini bilish vа ulаrning mоhiyatidаn хаbаrdоr bo`lish fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil etishdа
qаndаy аhаmiyatgа egа?
9)
Sizning fikringizchа, fuqаrоlik tаrbiyasi qаndаy shаkl, mеtоd vа vоsitаlаr yordаmidа tаshkil etilishi kеrаk?
10)
Vаtаnpаrvаrlik nimа vа shахsdа vаtаnpаrvаrlik хislаti qаndаy shаkllаntirilаdi?
11)
Bаynаlminаllik tаrbiyasining mоhiyati nimаdаn ibоrаt?
12)
O`quvchilаrni hаrbiy-vаtаnpаrvаrlik ruhidа tаrbiyalаshning ijtimоiy mоhiyatini оchib bеring.
17-MAVZU. MAFKURAVIY TARBIYA REJA 1. ―Mafkuraviy tarbiya‖ tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‗lish shakllari. 2. Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning subyekti va obyekti. Har qanday davrda mustaqillikka erishgan va uni mustahkamlash yo‗lidan borayotgan
mamlakatda shakllanayotgan yangi g‗oyalar tizimining mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yosh
avlod qalbi va ongiga singdirish zarurati saqlanib qoladi. Mustaqillik yillarida shakllanayotgan
yangicha dunyoqarash yoshlarni mafkuraviy tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyat
va an‘analarga muhabbat tuyg‗ularini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu asosda shakllangan
zamonaviy fikrlash va yangicha tafakkur aynan mus-taqillik g‗oyasi ruhida sayqal topgan milliy
ong, dunyoqarash va e‘tiqod mahsuli bo‗lib hisoblanadi.
Xar qanday g‗oyani aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishda shu sohada olib boriladigan
targ‗ibot va tashviqot, ta‘lim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ma‘lumki, eng
rivojlangan mamlakatlarda ham aholining 15%-20%ga yaqin qismi ta‘lim tizimi bilan qamrab
olingan. O‗z-o‗zidan bu tizim doirasida yoshlarga g‗oya va mafkura sohasidagi bilimlar ham
singdiriladi. To‗g‗ri, dunyo mamlakatlarida aholini ta‘lim tizimi bilan qam-rab olish darajasi bir
xil emas. Ammo, bu mazkur tizimning g‗oya va mafkura tarbiyasida muhim o‗rin egallashi
to‗g‗risidagi xulosani yo‗qqa chiqarmaydi. Muayyan mamlakatda ta‘lim tizimi aholining
2
Никитин А. Ответственность несовершеннолетних. – Москва, Просвеҳение, 1990. – 109-бет.
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 92
kanchasini qamrab olgan bo‗lmasin, qolgan qismi orasida ham ma‘rifiy faoliyat, targ‗ibot va
tashviqot olib borish zarurati saqlanib qolaveradi.