Umum ped na amal-O`um 13-14




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/307
Sana22.05.2024
Hajmi6,15 Mb.
#249463
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   307
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
93 
g‗oyalarning ongli ravishda o‗zlashtirilishini, uning tafakkur va fikrlash tarziga aylantirilishini 
ta‘minlashdan iborat. Shu ma‘noda, milliy istiqlol mafkurasi O‗zbekistonda yashab, umr 
kechirayotgan har bir fuqaro ongi va shuuriga milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning bugungi 
hamda kelgusidagi manfaatlarini ifodalovchi sog‗lom g‗oyalar, fikrlarni singdirish va bu xalq 
tafakkuri tarzida o‗z ifodasini topishiga erishish lozim. Bu jihat mamlakatimizdagi mafkuraviy 
tarbiyaning bosh xususiyatlaridan biri, zamonaviy tafakkur va mustaqillik dunyoqarashini 
shakllantirishning asosidir.
Muayyan g‗oya asosida shakllangan dunyoqarash - u haqdagi tar-tibga solingan, yaxlit 
ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va idrok majmui bo‗lib, u shaxsni hayotda va 
jamiyatda munosib o‗rin egallashga undaydi. Dunyoqarashning shakllanishi, e‘tiqodning 
mustahkamlanishi uchun yoshlik va o‗spirinlik yillari nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bu davr 
nafaqat dunyoqarash shakllanishi uchun, balki agar ma‘lum bir qarashlar tizimi mav-jud bo‗lsa, 
ularni o‗zgartirish uchun ham qulay. Shu bois ko‗plab mafkuraviy ta‘sirlar, asosan, yoshlarga, 
ularning qalbi va ongiga qaratilgan bo‗lishi tabiiy.
"Mafkuraviy tarbiya vositalari" tushunchasi inson ongiga ta‘sir ko‗rsatadigan, uning 
dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‗nalishga soladigan, o‗zgartiradigan, jamiyat, millatga 
xos ma‘naviy va moddiy asoslar, an‘analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, mafkuraviy 
omillar, g‗oyalar va qarashlarga tayanadigan ta‘sir obyektlari majmuini ifodalaydi.
Uning mazmun-mohiyati Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Yuksak ma‘naviyat - 
yengil-mas kuch" kitobida chuqur va har tomonlama asoslab berilgan. Mazkur asarga tayangan 
holda mafkuraviy tarbiya mezonlarini shartli ravishda bir necha guruhga bo‗lish mumkin:
birinchi guruh — millat, xalq, davlatchilik, madaniyat, me‘moriy yodgorliklar va boshqalarni 
qamrab oluvchi tarixni, ming yillar davomida rivojlanib kelayotgan agrar madaniy an‘analarni, 
geografik shart-sharoitga aloqador tarixiy munosabatlarni va boshqalarni ifodalovchi moddiy 
meros; ikkinchi guruh — xalqimizga xos bir necha ming yillik diniy e‘tiqod, ta‘lim-tarbiya, 
shuningdek, barcha ilm-fan sohalari va ular rivojida muhim o‗rin tutgan mutafakkirlar va 
ularning asarlari, xalq ijodini qamrab oluvchi madaniy meros; uchinchi guruh — xalqimizga xos 
an‘analar, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar, turmush
tarzi bilan bog‗liq boshqa madaniy omillar; to‗rtinchi guruh xalq qadriyatlari, tafakkur tarzi, 
xalqqa xos mafkuraviy xusiyatlar, ruhiyat
va o‗zaro ijtimoiy munosabatlar; beshinchi guruh — hozirgi jamiyatimizda bevosita amaliy 
faoliyat yuritayotgan, inson tarbiyasida katta ta‘sirga ega, umuman, mafkuraviy dunyoqarash 
shakllanishida bosh rol o‗ynaydigan ta‘lim-tarbiya maskanlari, OAV, kutubxona, teatr, san‘at 
saroylari va shu kabi boshqa mafkuraviy ta‘lim vositalarini o‗z ichiga oladi.
Mafkuraviy tarbiya masalasi har bir davr va jamiyatga xos bo‗lib, bunda davlat va jamiyat 
oldida ma‘suliyatni shakllantiradigan va unga ta‘sir o‗tkazadigan barcha omil va mezonlarni 
chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‗rin tutishini yaxshi anglab olish maqsadi ham 
yotadi. Har qaysi xalq yoki millatni uning tarixi, o‗ziga xos urf-odatlari va an‘analari, hayotiy 
qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‗lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma‘naviy meros, 
madaniy boyliklar, ko‗hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillar sifatida xizmat qiladi. 
Masalan, shu zamindan yetishib chiqqan buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar, 
umumbashariy sivilizatsiya va madaniyat-ning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy 
ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bogliq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga 
ko‗tarilishida ona yurtimizda tug‗ilib kamolga yetgan ulug‗ allomalarning xizmatlari katta.
Mafkuraviy tarbiyada xalq ogzaki ijodi muhim o‗rin tutib, u millatimizning o‗zligini 
namoyon etadigan, uni avlodlardan avlodlarga o‗tkazib, tarix to‗fonlaridan, hayot-mamot 
sinovlaridan omon chiqarib, o‗zligini doimo saqlab kelayotgan el-yurtimizning bag‗rikenglik, 
matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlarini o‗zida ifoda etadi. Shu o‗rinda 
mafkuraviy tarbiya me-zonlaridan biri bo‗lgan muqaddas dinimizning ahamiyati beqiyos-dir. 
Din azaldan inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va 
haqiqat, insof va adolat to‗g‗risidagi orzu-armonlarini o‗zida mujassam etgan, ular-ni barqaror 
qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‗oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.



Download 6,15 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   307




Download 6,15 Mb.
Pdf ko'rish