UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
96
kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya-ni bugungi kun talablari darajasiga
ko‗tarish, pedagog kadrlar-ning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish muhim
ahamiyatga ega yo‗nalishlardir.
Ta‘lim-tarbiyaning har bir bosqichi, o‗z navbatida, milliy g‗oyalarni yoshlar qalbi va
ongiga singdirishning o‗ziga xos omil-larini nazarda tutadi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalari.
Bu o‗rinda har bir ota-ona-ning o‗z farzandining
maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr
uzluksiz ta‘lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishiga erishish zarur. Bunda
oilaning maktabgacha ta‘lim muassasalari tizimiga izchil uyg‗unlashuviga erishishni nazarda
tutish kerak Bu davrdagi barcha maktabgacha ta‘lim-tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy
savodxonlik va maktabdagi ta‘lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi
sifatida qaralishi lozim.
Bevosita ta‘lim beruvchi muassasalar
(maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‗quv
yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‗choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan
mafkuraviy ta‘lim jarayonida, barcha o‗quv qo‗llanmalari va darsliklar, qo‗shimcha
adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahami-yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga
sadoqat tuyg‗usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‗otish, milliy qad-riyatlarni hurmat
qilish va e‘zozlash, ezgulik timsoli bo‗lgan ayolni ulug‗lash, oilaning vatanparvarlik hissini
tarbiyalashdagi rolini ko‗rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‗z-o‗zini boshqarish
maktabi ekanini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy
qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‗rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‗or
madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‗zaro qarama-
qarshi emasligini anglatish, ma‘rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi
imkoniyatlari kengligini isbotlovchi dalillar kel-tirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‗lom
dunyoqarashning mu-him omili ekanligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni ko‗paytirish bu boardagi
zarur bilimlarni o‗zlashtirishga yordam beradi.
Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‗lmay-di. Shuning uchun ham
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta‘lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‗rgatish
ti-zimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e‘tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta‘limi, ayniqsa, umumta‘-lim
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e‘tiborni kuchaytirish kun tartibidagi
eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha
shart-sharoitlarga ega bo‗lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‗quv yurtlarida
tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma‘rifat sirlarini o‗rganayotgan, hozirda ikki-uch
tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‗quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‗z
iste‘dodi va salo-hiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma‘naviyat-ning
yuksalishini kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoit-da goyaviy tarbiya mezonlari ham
davrga muvofiqlashib boradi.