UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
103
Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi, ong esa moddiy va ma‘naviy manbaga
aylanadi. Shu tarzda inson sekin - asta takomillashib, komillikka erishib boradi.
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang - barang ko‘rinishlarda namoyon etadi. Qur‘oni Karimdagi,
Hadisi Sharifdagi asrlar davomida ota - bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf - odatlar, ma‘naviyatimiz
sarchashmalari Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa olimu yozuvchilarning axloq haqidagi
fikr-mulohazalari hozirgacha o‘z qadr- qimmatini yo‘qotmagan.
Milliy istiqlol mafkurasining ma‘naviy, madaniy va yuksak axloqiy - ruhiy qadriyati shundaki, u hamma vaqt har
qanday sharoitda kishini halollikka da‘vat etadi. Zotan, uning siyosiy ahamiyati va ma‘naviy qadriyati ham xuddi shu
bilan belgilanadi.
Ma‘naviy-axloqiy tarbiyada vijdonning o‘rnini qanday tushunasiz?
Tarbiyada vijdon eng oliy ma‘naviy - insoniy sifatdir. Vijdon tushunchasi, insonning vijdoniy sifati, uning ongi,
qalbi, aqli va irodasiga bog‘liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinmalarida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda
bo‘ladi. Agar inson biror ma‘naviy vaziyatda o‘z qalbiga quloq solib, irodasini ishga solsa, g‘arazgo‘ylik,
mansabparastlik, molparastlik kabi g‘ayri insoniy illatlardan ustun chiqib oqilona ish ko‘rsa uning vijdoniy sifati
yuqoriligini ko‘rsatadi. Inson qalbida g‘ayri insoniy illatlarning ustun bo‘lishi aslida ma‘naviy kasallikdir. "Milliy
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasida shunday deyiladi: «Milliy mafkura insonga faqat moddiy
boyliklar va ne‘matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql - zakovat, iymon - e‘tiqod tufayli yuksak
ma‘naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning
taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»
1
.
Har bir kishi o‘z - o‘ziga, kasbiga, davlatiga, xalqiga, insoniyatga, olamga vijdoniy munosabatda bo‘lishi
lozim.
2-31.chizma
Jamiyat mafkurasi - milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Ularning merosini o‘rganish
talabalarni ruhiy - ma‘naviy barkamol inson etib tarbiyalashga katta yordam beradi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ilmiy - amaliy, ma‘naviy - ma‘rifiy qimmati, eng avvalo, shundan
iboratki, u jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Mamlakatimiz Prezidenti
"Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga bergan javobida aytgandek, bunday odamlar uyushgan jamiyatni, u
barpo etgan ma‘naviy - ruhiy muhitni soxta aqidalar, baqiriq - chaqiriqlar, havoi shiorlar bilan aslo buzib bo‘lmaydi.
Ularni aql - idrok va qalb amri bilan o‘zlari tanlab olgan hayotiy maqsadlaridan ham chalg‘itib bo‘lmaydi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri insonni intellektual va
ma‘naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim, ya‘ni maktabgacha ta‘lim, umumiy o‘rta
ta‘lim, o‘rta maxsus, kasb - hunar ta‘limi, oliy ta‘lim va oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta‘lim tizimi orqali har jihatdan
barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishdan iboratdir.