UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
142
дарс bevosita o‗qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‗quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta‘lim jarayonining asosiy shakli.
2. Gapni davom ettiring.
Dars ta‘limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi o‗ziga xos belgilarga ega: o‘quvchilarning
doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish,
o‘rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o‘z
xususiyatini ham aks ettiradi).
3. Gapni tugallang.
Darsga qo‗yiladigan didaktik (yoki ta‘lim)iy talablarga har bir darsning ta‘lim vazifalarini aniq belgilash,
darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok
etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‗rinishlaridan mos ravishda foydalanish
лозим
4. Kerakli so‗zni topib qo‗ying.
O‗quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‗lgan
tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‗yish, faqat o‗quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib
chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‗quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mashuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, ehtiborlilik,
halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qo‗yiladigan тарбиявий talablarni o‗zida aks ettiradi.
5. Gapni davom ettiring.
Darsga qo‗yiladigan rivojlantiruvchi talablarga o‗quvchilarda o‗quv-o‗rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish,
ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‗quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini
o‗rganish, hisobga olish, ―rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish‖, ―o‗zib ketish‖ darajasidagi o‗quv
mashg‗ulotlarini tashkil etish rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual,
emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga
olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi....