• 39-mavzu. So‘z yasovchi qo‘shimchalar (1 soat).
  • Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

     
    33-34-mavzular. Bo‘g‘in (2 soat).  
    So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi
    so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirish; so‘zlarning bo‘g‘in-
    tovush va tovush-harf jihatdan tahlili. 
    35-mavzu. Tutuq belgisi (1 soat).  
    Tutuq belgisiga ko‘ra farqlanayotgan so‘zlar. Tutuq belgisining vazifasi. 
    Tutuq belgili so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.
    A1+
     
    Nutq o‘stirish (1 soat) 
    Husnixat (1 soat) 
    36-mavzu. Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi. (1 soat).
    Tutuq belgili so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi.  
    37-mavzu. Alifbo (1 soat). 
    So‘zlarni Alifbo tartibida qayta yozish. Alifboning amaliy ahamiyati.  
    Nazorat ishi (1 soat).
     
    VII bo‘lim. SO‘Z VA SO‘Z TARKIBI
    (5 soat, A1+: 2 soat) 
     
    38-mavzu. So‘z va so‘z tarkibi (1 coat).
    So‘z, uning tarkibiy qismi, asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning 
    vazifasiga ko‘ra turlari. 
    39-mavzu. So‘z yasovchi qo‘shimchalar (1 soat).
    So‘z yasovchi qo‘shimchalar, asos va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni 
    aniqlash va belgilash. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib, asosdosh so‘zlarni 
    hosil qilish; tilning rivojlanib, boyib borishi haqida tushunchani shakllantirish. 
    A1+
     
    Nutq o‘stirish (1 soat). 
    Husnixat (1 soat). 
     
    O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: 
    Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
    o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob
    topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia 
    ilovalari) matnlarini tinglab tushuna oladi;
    o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki 
    nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan 
    yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; 
    gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish 
    belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata oladi, gapning bosh va ikkinchi 
    darajali bo‘laklari, kesim gapning markazi ekanini, eganing kesim bilan 
    munosabati va so‘roqlarini, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlarini, ularning 


    64
    boshqa so‘zlarga bog‘lanishini biladi, gapni ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shib 
    kengaytira oladi, gap bo‘laklarini bog‘lovchi grammatik vositalar, qo‘shimchalar 
    va ohang yordamida bog‘lay oladi, uyushiq bo‘lakli gaplar, gapda ega, kesim va 
    ikkinchi darajali bo‘laklarning uyushib kelishini, uyushiq bo‘laklarning sanash 
    ohangi, va, hamda, ammo, lekin, biroq so‘zlari yordamida bog‘lanishini, uyushiq 
    bo‘laklar orasida vergulning ishlatilishini;
    undalma va undalmadan so‘ng vergul yoki undov belgisining qo‘yilishini 
    biladi, matnni ifodali o‘qiydi, qismlarga bo‘ladi, asosiy fikrni aniqlay oladi, 
    matnga sarlavha qo‘yib, rejasini tuza oladi, mashq matnidagi so‘zlarni, turli matn 
    va topshiriqlarni gap ohangiga rioya qilgan holda to‘liq, to‘g‘ri, ravon va 
    tushunarli qilib o‘qiy oladi;
    tanlangan matnga sarlavha qo‘yib, reja tuza oladi, tuzilgan ijodiy matnning 
    mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat 
    qoidalariga amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi.

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish