• 9- MAVZU: Geografik qobiqning rivojlanishi Reja
  • Tabiiy geografik hodisalarning davriyligi




    Download 1,98 Mb.
    bet75/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
    Tabiiy geografik hodisalarning davriyligi.
    Qadimdan odamlar tabiatda ro’y beradigan xodisalarning qaytarilib turishini kuzatib borishgan. Tabiiy jarayonlarning davriy harakatlarini aniqlash ularni bashorat qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Davriy harakatlar ma’lum vaqt davomida qaytarilib turadigan jarayonlardir, agar bu jarayonlarni tarixan bo’lib turishi aniqlangan bo’lsa, ularni kelgusida yana bo’lish ehtimoli katta. Tabiiy muhitni rivojlanishini bashorati ko’p jihatdan uni oldingi holatini bilish bilan bog’liq. SHu nuqtai nazardan tarixni bilish kelgusi jarayonlarni bashorat etish kaliti deyishadi. Bo’lib o’tgan jarayonlarni talqin qilish tabiiy jarayonlarni rivojlanish yo’nalishini anglab olishga yordam beradi va ekstrapolyasiya usulini qo’llagan holda bu rivojlanish tendensiyasini kelgusi davrga tadbiq etish mumkin.
    Tabiiy jarayonlarni ritmik harakatini hisobga olgan holda bashorat qilishga ko’plab misollar keltirish mumkin. Ob-havoni yil davomida o’zgarishini bashorat qilish, daryo oqimi me’yorini aniqlash, o’simliklar qoplamini o’zgarishini bashorat etish shular jumlasiga kiridi. Ayniqsa jarayonlarni sutkalik o’zgarishi, sayyoralar, Quyosh harakatlarini, Quyosh va Oy tutilishini ilgaritdan aytib berish ayniqsa yaxshi aniqlangan. Osmondagi jismlarni aniq ritmik harakati ularni bir-biriga nisbatan tutgan o’rnini œnlab va yuzlab yil oldindan aytib berish imkonini beradi.
    Osmondagi jismlarni harakati mexanik harakat, tabiiy geografik jarayonlar esa ancha murakkab qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Ularning tebranma harakati shuning uchun uncha yaqqol aks etmaydi. CHunki har bir tabiiy geografik jarayonga ta’sir ko’rsatuvchi ko’plab omillar mavjud. Bu omillar qancha aniq o’rganilsa, tabiiy geografik jarayonlarni ham shuncha aniq oldindan aytib berish imkoni tug’iladi.


    9-MAVZU: Geografik qobiqning rivojlanishi
    Reja:

    1. Kriptozoyda geografik qobiqning rivojlanishi.

      1. Rivojlanish manbalari.

      2. Geosferalarning shakllanishi.

      3. Erda hayotning paydo bo’lishi.

    2. Fanerazoyda geografik qobiqning rivojlanishi.

      1. Paleozoy va mezozoy eralarida geografik qobiqning rivojlanishi.

      2. Kaynazoy erasida geografik qobiqning rivojlanishi.

      3. To’rtlamchi davrda geografik qobiqning rivojlanishi.

    Geografik voqea va hodisalarning hamda ularni xilma-xilligini kuchaytiradigan va murakkablashtiradigan, geografik qobiqni tuzilishini asta-sekin yoki sakrab-sakrab murakkablashtiradigan bir tomonga yo’nalgan va qaytarilmas o’zgarishlarga geografik qobiqning rivojlanishi deb ataladi.


    Geografik qobiqning rivojlanishi murakkab va qarama-qarshi jarayon bo’lib, mazkur jarayon davomida sezilarsiz va sekin-asta sodir bo’ladigan miqdoriy o’zgarishlarni jamlanishi natijasida sifat jihatdan sakrash sodir bo’ladi. Bunday sifat jihatidan bo’ladigan sakrashlar natijasida geografik qobiqda yangi tuzilmalar vujudga keladi. Ushbu tuzilmalarga geosferalar, geologik qatlamlar, materiklar va okeanlar hamda hayot kiradi. Yangi tuzilmalar eskilari asosida vujudga keladi va rivojlanadi.
    Geografik qobiqning rivojlanishi to’xtovsiz jarayon bo’lib, uning boshlanishini aniqlash juda shartli hisoblanadi. Ko’p olimlar tomonidan yerni sayyora sifatida vujudga kelgan davri uni rivojlanishini boshlanishi deb qabul qilingan.
    Geografik qobiqning rivojlanishi juda ham notekis ro’y beradi. Sekin-asta va evolyusion o’zgarishlar keskin inqilobiy o’zgarishlar bilan almashinib turadi.
    Geografik qobiqning rivojlanishini tiklash tabiiy fanlar oldida turgan eng murakkab muammolardan biri hisoblanadi.
    Geografik qobiqning rivojlanishini o’rganishda palegeografiya va tarixiy geografiya hamda paleantalogiya va boshqa fanlarning o’rni juda katta.
    Qadimgi davrlarning tabiiy geografik sharoitini o’rganishda yer po’stining tuzilishi va xususiyatlarini hamda tog’ jinslari qatlamlarini yotishini o’rganish juda muhim ma’lumotlarni beradi. Qatlamlarni yotish tartibi, holati, fizik, mexanik, ximik va boshqa xususiyatlari, petrogoafik va minerologik tarkibi, magnitlik xususiyatlari, paleantologik qoldiqlar va boshqa ma’lumotlar qadimgi geologik davrlarning tabiatini bilish va qayta tiklash uchun asos bo’ladi. Tektonik va vulkanik harakatlar ham geografik qobiqning rivojlanishi tarixini aniqlashda muhim o’rin tutadi.
    Tektonik harakatlar geosferalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni belgilab beradi. Suv va quruqlik maydonini kengayishi yoki qisqarishi hamda turli relyef shakllarining hosil bo’lishi tektonik xarakatlarning faolligiga bog’liq. Tog’larning ko’tarilishi iqlimga va landshaftlarni tabaqalanishiga kuchli ta’sir etadi. Bundan tashqari tektonik harakatlar geografik qobiqda to’planadigan yotqiziqlarning qalinligi va maydonini aniqlaydi. Geografik qobiqni rivojlanish tarixini tiklashda qadimgi muzlarni va ular qoldirgan izlarni o’rganish ham katta ahamiyatga ega. Neogen va to’rtlamchi davrlarda Yer yuzasining 64 mln. km2 maydoni muz bilan qoplangan. Muz erib ketgandan so’ng landshaftlar asta-sekin yana qaytadan tiklana boshlagan. Bunday muz bosishlar deyarli hamma geologik eralarda kuzatilgan.
    Geografik qobiqni yaxlit tizim sifatida rivojlanishi Yerni sayyora sifatida rivojlanishidan so’nggi bosqich hisoblanadi. Geografik qobiqdagi rivojlanishning asosiy manbai bo’lib Quyosh issiqligi hisoblanadi. Quyosh issiqligini geografik qobiqda notekis taqsimlanishi natijasida Yer yuzasida xilma-xil tabiiy geografik sharoitlar vujudga kelgan.

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy geografik hodisalarning davriyligi

    Download 1,98 Mb.