Geosferalarning shakllanishi




Download 1,98 Mb.
bet76/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86
Geosferalarning shakllanishi.
Kriptozoy eonida geografik qobiqning rivojlanishi.
Yer tarixi ilgari aytganimizdek eonlarga, eralarga va davrlarga bo’linadi.
Kriptozoy eoni eng qadimgi geologik eon bo’lib, arxey va proterozoy eralarini o’z ichiga oladi. Kriptozoy 2,7 mlrd yilgacha davom etgan. Yer va Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar bundan 4,6 mlrd. yil ilgari paydo bo’lgan.
Arxey erasiing boshlarida vulkanlar faoliyati juda kuchli bo’lgan, natijada birlamchi yer po’sti, atmosfera va okean shakllangan. Bu paytda dastlabki suv havzalari paydo bo’lgan va ularda cho’kindi jinslar to’plana boshlagan. Atmosfera va gidrosferaning tarkibi hozirgidan keskin farq qilgan. Suvda vulkanlar natijasida ajralib chiqqan gazsimon mahsulotlar erigan holda bo’lgan (xlorli va ftorli vodorod, metan va boshqalar). N.M.Straxov ma’lumoti bo’yicha suv nordon tarkibiga ega bo’lgan. Unda kremniy erigan holda bo’lgan. Arxey erasining boshlaridagi vulkanlarning otilishi mantiya moddasini gravitasion siqilishi, radiaktiv parchalanish natijasida qisman erishi tufayli sodir bo’lgan. Yuqori mantiya moddalari erish davomida ular qiyin va yengil eriydigan qismlarga bo’linadi. Yengil eriydigan tarkib asosan bazaltlardan, uchib ketadigan gazlardan va suv bug’laridan iborat bo’lgan. Bazaltlar dastlabki yer po’stini hosil qilgan, uglevod birikmalari esa (SO, SO2, SN4), ammiak, oltingugurt birikmalari, galaoid kislotalari, vodorod, argon va boshqa gazlar atmosferani hosil qilgan. Vulkan otilishi tufayli chiqqan suv bug’larining kondensasiyaga uchrashi natijasida dastlabki okean hosil bo’lgan. Ilk okeanga vulkan gazlaridan uglerod dioksidi, kislotalar, oltingugurt, ammiak o’tgan. Suvning bir qismi yer po’sti tog’ jinslari tomonidan shimilgan. Okean suvlarining umumiy sho’rligi hozirgiga yaqin bo’lgan.
Yerning ilk geologik rivojlanish bosqichida atmosfera va okean suvlarida erkin kislorod bo’lmagan. Erkin kislorodning hosil bo’lishi 3 mlrd. yil avval sodir bo’lgan mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liq. Erkin kislorod atmosferadagi gazlar va tog’ jinslarini oksidlanishiga sarf bo’la boshladi. Ammiak molekulyar azotgacha, metan SN4 va uglerod oksidi uglerod dioksidigacha oksidlana boshladi. SHundan so’ng oltingugurt va oltingugurt vodorodi, ikki valentli temir va marganes oksidlana boshladi. SHunday qilib proterozoy erasining o’rtalarida atmosfera va okeanda tiklanish sharoiti oksidlanish sharoiti bilan almashdi.
Erkin kislorodning miqdorini orta borishi bilan kislorod bilan nafas oladigan hayvonlar vujudga keldi, atmosferada ozon qatlami shakllandi. Yer po’stida qalin nurash qobig’i hosil bo’ldi. Atmosferani va gidrosferani hosil bo’lishi bilan yer po’stidagi dastlabki tog’ jinslarini nurashi va cho’kindi tog’ jinslarining hosil bo’lishi boshlandi.
CHo’kindi va magmatik tog’ jinslari metamorfizm ta’sirida yer po’stining chuqur qatlamlarida o’zgara boshladi. Natijada metomorfik tog’ jinslari hosil bo’la boshladi (kvarsitlar, slaneslar, geneyslar va x.k). Ushbu davrdan boshlab materik yer po’stining granit qatlamining hosil bo’lishi va qadimgi platformalarni shakllanishi boshlandi.
Hozirgi davrda yer po’sti magmatik, cho’kindi va metamorfik jinslardan iborat. Magmatik va cho’kindi jinslar doimo metamorfik va magmatik tog’ jinslariga aylanib turadi, mazkur jarayon quyidagi tartibda sodir bo’ladi: magmatizm – nurash – olib ketish – yotqiziqlarni hosil bo’lishi – chuqurga tushish – metamorfizm – magmatizm.
Yerda hayot paydo bo’lgandan so’ng cho’kindi tog’ jinslari hosil bo’lishida organizmlar katta ahamiyat kasb eta boshladi, ya’ni biogen tog’ jinslari hosil bo’la boshladi.
Yerning geologik tarixida va uning tabiatini rivojlanishida tog’ hosil bo’lish bosqichlari, dengiz transgressiyalari va regressiyalari hamda iqlimni o’zgarishi katta rol o’ynagan.
Tekombriy davrida iqlim kengliklar bo’yicha o’zgargan. Iqlimni o’zgarishi natijasida quyi proterozoyda muz bosishi ro’y berdi. Ularning qoldiqlari, ya’ni qadimgi morenalar Kanada qalqonining proterozoy yotqiziqlari tarkibida topilgan. Ular tillitlar deb ataladi. Tillitlar saralanmagan muz yotqiziqlaridir.
Geografik qobiqning rivojlanishini tiklashda materiklar va okeanlarni vujudga kelish masalalari muhim o’rin tutudi. Oxirgi paytlarda materiklar va okeanlarni kelib chiqishi haqida to’rtta gipoteza haqiqatga yaqinroq deb tan olinmoqda, ular quyidagilar: okeanning birlamchiligi gipotezasi; quruqlikning birlamchiligi gipotezasi; litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi; pulsasion gipoteza.
Okean yer po’stining birlamchiligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha, Yerning geologik rivojlanishining dastlabki bosqichlarida okean yer pœsti yoppasiga Yer yuzasini qoplagan va magmatik jinslardan tashkil topgan. Magmatik jinslar o’zgarishi oqibatida «bazalt» qatlami vujudga kelgan. Atmosfera va gidrosfera vujudga kelgandan so’ng yotqiziqlarni hosil bo’lishi va ularni metomorfizm ta’sirida o’zgarishi natijasida bo’lajak platformalarning asoslari paydo bo’ldi. Okean yer po’stining materik yer po’stiga aylanishi geosinklinallarda sodir bo’la boshladi. Geosinklinallar cho’kindi va vulkanogen jinslar bilan to’la boshladi, mazkur yotqiziqlar bosim va harorat ta’sirida o’zgara boshlagan va tektonik harakatlar ta’sirida burmali tog’larni hosil qilib ko’tarilgan. Ushbu jarayonlar oqibatida proterozoy erasining oxirida qadimgi platformalar vujudga kelgan. Fanerozoyda esa ular kengaya boshlagan.
Quruqlik yer po’stining birlamchiligi gipotezasi tarafdorlarining fikricha Yer yuzasini dastlab materik yer po’sti yoppasiga qoplagan. Mantiyaning erigan moddalari yoriqlar orqali yer po’stiga kirgan, natijada yer po’sti jinslari metomorfiklashib (o’zgarib), og’irlik kuchi ta’sirida cho’kkan. Mazkur jarayon okean botiqlarini vujudga kelishiga olib kelgan. Okean botiqlarini hosil bo’lish jarayoni yer po’stini «okeanlashishi» deb ataladi.
Oxirgi davrlarda materiklar va okeanlar botiqlarining vujudga kelishini litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi orqali tushuntirilmoqda. Mazkur gipotezaga asosan yer yuzasida ilgari bitta «Pangeya» quruqligi bo’lgan. Tektonik harakatlar tufayli mazkur quruqlik palaxsalarga, ya’ni litosfera plitalariga bo’linib ketadi. Mazkur plitalar mantiya ustida turli yo’nalishda harakat qilishi tufayli materik va okeanlarning hozirgi qayofasi shakllangan.
Pulsasion gipoteza tarafdorlarinig fikricha Yerning radiusi davriy ravishda qisqarib va o’zgarib turadi. Bunda Yerning hajmi doimo kattalashib boradi. Mazkur gipoteza tektonik-magmatik bosqichlarni hosil bo’lishini tushuntirib beradi.
SHunday qilib, materik va okeanlarni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi davrda yagona fikr mavjud emas.

Download 1,98 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86




Download 1,98 Mb.