|
Kaynazoy erasida geografik qobiqning rivojlanishi
|
bet | 79/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Kaynazoy erasida geografik qobiqning rivojlanishi
Kaynazoy erasida geografik qobiqning rivojlanishida juda muhim hodisalar sodir bo’ldi: Alp tog’ hosil bo’lish bosqichi ruy berishi; materiklarni maydonini kengayishi va balandligini ortishi munosabati bilan yer yuzasini sovib ketishi; SHimoliy yarim shardagi quruqlikni katta qismini muz bosishi; tabiiy geografik sharoitni tabaqalanishini kuchayishi; mo’tadil va subarktik iqlim mintaqalarining katta qismida dasht va cho’l zonalarini vujudga kelishi; balandlik mintaqalarini shakllanishi; Alp va Arktika o’simliklarini hosil bo’lishi; geografik qobiq hozirgi holatga ega bo’ldi; geografik qobiqda odam paydo bo’ldi; tabiat inson tomonidan o’zlashtirila boshlandi.
Alьp burmalanish bosqichi kaynazoy erasining paleogen davridan boshlanib hozir ham davom etmoqda. Mazkur burmalanish Alьp-Ximolay va Tinch okean geosinklinal mintaqalarida yaqqol namoyon bo’lgan. Mazkur burmalanish bosqichida Kordilьera tog’larining g’arbiiy qismi, And tog’lari, Pireney tizmasi, Alьp-Karpat, Qrim-Kavkaz, Kopetdot, Pomir, Xindiqush, Ximolay va boshqa tog’lar ko’tarilgan. Bundan tashqari materiklarni umumiy balandliklari o’rtacha 500 m. ga ko’tarilgan. Qadimgi yemirilgan tog’lar yana qaytadan ko’tarildi (Tyanьshan, Appalachi va boshqalar).
Materiklar maydoni kengayib, okeanlar maydoni esa toraya boshladi. Okeanlarni maydoni qiskarishi bilan ularning chuqurligi ortib bordi. Bu esa Yer yuzasida relyefni xilma-xilligini kuchaytirib yubordi. Tetis dengizi egallagan maydonlar quruqlikka aylandi, uning qoldig’i sifatida O’rta, Qora, Azov, Kaspiy dengizlari qoldi.
Materiklar maydonini kengayishi va ularni balandligini ortishi Yer yuzasini sovib ketishiga olib keldi. Buning asosiy sababi quruqlikni Quyosh nurlarini katta miqdorda qaytarishi, balandga ko’tarilgan quruqlikda atmosfera qalinligini yupqalashishi va namlikni kamayishi hamda issiqxona samarasini kamayishi.
Antarktidani sovushi va muz bilan qoplanishi, uning atrofida g’arbiy shamollar oqimining vujudga kelishi va uni ajralib qolishi tufayli sodir bo’lgan.
Antarktida materigida muz qoplami miosen davrining o’rtalarida hosil bo’lgan. Antarktidada topilgan tillitlarning yoshi va okean sathini o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar buning dalili hisoblanadi. Okeanlar sathini pasayishi miosenning o’rtalariga to’g’ri keladi. Okean sathining pasayishi suvning juda katta qismini muzga aylanishi bilan bog’liq. Bu esa quruqlik yuzasini yanada ko’tarilishiga olib keldi. Natijada quyidagi o’zaro bog’liqlik vujudga keldi:
Quruqlik-
ning ko’tari-
lishi
|
Quruqlik-
ning sovushi
|
Muzlik-larni hosil bo’lishi
|
Okeandan
suvlarni ma’lum bir qismini muzga aylanishi
|
Quruqlik-
ning ko’tari-
lishi
| Quruqlikni ko’tarilishi va muz qoplamini hosil bo’lishi.
Quruqlik maydonining kengayishi shimoliy qutbiy havzani Atlantika okeani bilan bog’liqligini kuchsizlantirdi va SHimoliy Amerika va Yerosiyoni katta qismini sovib ketishiga va muzlashiga olib keldi. Muzliklarni paydo bo’lishi bilan yana boshqa o’ziga xos bog’liqlik vujudga keldi:
Quruqlik-
ning sovushi
|
Muzliklarni hosil bo’lishi
|
Albedo miqdorini ortishi
|
Quruqlik-
ning sovushi
|
|
| |