|
Lug’at diktantlaridan foydalanish
|
bet | 2/7 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 41,41 Kb. | | #115595 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti xorijiy fililogiya fakulteti filolog-fayllar.org2.1 Lug’at diktantlaridan foydalanish
Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Boshlangich sinf
oquvchilari uchun lugat diktantlari mavjud. Oqituvchi darsdan tashqari vazifa
sifatida oquvchilardan 10-15 ta soz yodlab, uning yozilishi va talaffuzini organib
kelishini talab qiladi va haftada ikki marotaba bu sozlardan lug`at diktantini oladilar.
O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan (o'zbek
tilining sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug'atlaridan, turli terminologik
lug'atlarda)muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.
7.Maxsus mashqlar, grammatika va imloni organish darslarini
tashkillashtirish.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o'rganish darslari so'z
va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi, o'quvchilar predmet,belgi, harakat,
sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlarni bilib oladilar. Bu darslar kop o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi, so'z turkumlarini o'rganish jarayonida guruhlanadi, so'z tarkibi, so'z yasalishi, so'zlarning o'zgarishini o'rganish bilanesa lug'atga aniqlik kiritiladi; ular o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida foydalana boshlaydilar, natijada lug'atlari faollashadi. O'quvchilar lug'ati maxsus lug'aviy-mantiqiy
mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi
lozim bo'lgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma'nosiniushuntirish mazkur so'z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet
atamasining ma'nosini tushuntirish bilan o'quvchilarpredmet keng ma'noda
qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini
bilib oladilar.Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga
yordam beradi.So'zning ma'nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning
asosiy mavzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun
o'qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma'nosi tushuntirilishi lozimbo'lgan
so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi
o'rnida tushuntirishni belgilab oladi.O'qish kitoblaridagi matnlarda birinchi
martauchragan, bolalar ma'nosini bilmaydigan ayrim so'zlar matnni
o'qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni
o'qish jarayonida so'z ma'nosini tushuntirishga chek qo'yish kerak. Agar biror so'zni
matnni o'qish vaqtida tushuntirish zaruriyati tug'ilsa, matn mazmunidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmagan holda shu so'z ma'nosi qisqacha tushuntiriladi. Ko'chma
ma'noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq birlik-lari matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma'nosi matn mazmunidan, kontekstdan yaxshi
tushuniladi. Ayniqsa, masallar o'qilganda, undagi allegorik, ko'chma ma'noda
ishlatilgan so'zlarni asarni o'qishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib
bo'lmaydi.
|
| |