• Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, t.f.d. dotsent, Namangan muhandislik-texnologiya institute Annotatsiya
  • Kalit so‟zlar
  • Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
     
     


    316 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    AN‟ANAVIY HAMDA KIYIMNI BO‟YASH USULIDA ERKAKLAR 
    YOZGI ASSORTIMENTINI ISHLAB CHIQARISH TAHLILI 
     
    Sidikjanov Ja‟far Sobir o‟g‟li, tayanch doktorant,
    Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, t.f.d. dotsent,
    Namangan muhandislik-texnologiya institute 
    Annotatsiya: Maqolada erkaklar kundalik yozgi kiyimlari assortimentini odatiy va kiyimni 
    bo‟yash usulida ishlab chiqarish usullari o‟rganilgan, farqlari hamda afzallik va kamchiliklari 
    tahlil qilingan. 
    Annotation: In this article, manufacturing methods of men's casual summer clothes by the 
    traditional method and garment dyeing are studied, the differences, advantages and 
    disadvantages are analyzed as well. 
    Kalit so‟zlar: to„qimachilik, paxta, kundalik kiyim, gazlama, kiyimni bo‟yash. 
    Keywords: textile, cotton, casual clothes, fabric, garment dyeing. 
    Mamlakatimizda to‗qimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoati milliy 
    iqtisodiyotning bugungi kundagi strategik muhim va jadal rivojlanayotgan 
    tarmoqlaridan 
    biridir. 
    Hukumatimiz 
    tomonidan 
    sanoat 
    korxonalariga 
    yaratilayotgan shart-sharoitlar, sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator qonun 
    hujjatlari, Prezidentimizning Farmon va qarorlarini amaliyotga tatbiq etilishi 
    tarmoqni yanada rivojlanishiga imkon bermoqda. Shuningdek, bu borada ishlab 
    chiqaruvchi korxonalardan ham yuqori sifatli, raqobatbardosh va yangi turdagi 
    mahsulotlarni ishlab chiqarish talab etiladi. 
    Ma‘lumki, respublikamizda paxta tolasini yetishtirish qishloq xo‘jaligining 
    asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi va so‘nggi yillarda uni chuqur qayta ishlash, keng 
    assortimentdagi to‘qimachilik, tikuv-tirikotaj mahsulotlarini 
    ishlab chiqarish, 
    yurtimiz ichki bozorlarini ta‘minlash hamda eksportga yo‘naltirish
    borasida katta 
    natijalarga erishildi.


    317 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Mahalliy tikuvchilik korxonalari tomonidan paxta matosidan erkaklar yozgi 
    kundalik kiyimlarining keng assortimenti ishlab chiqarilib, haridorlarga yetkazib 
    berilmoqda. Ushbu matolarning katta qismi yurtimiz to‘qimachilik korxonalari 
    hisobiga to‘g‘ri keladi. Erkaklar yoz mavsumiga mo‘ljallangan kiyimlarini 2 turga 
    ajratishimiz mumkin; trikotaj va gazlamali kiyimlar (1-jadval). 
    Erkaklar yozgi kundalik kiyimlari assortimenti 
    1-jadval 
    Trikotaj 
    Gazlama 
    futbolkalar 
    yaktaklar 
    polo ko‘ylaklar 
    sorochkalar 
    sorochkalar 
    shimlar 
    shalvarlar 
    shalvarlar 
    shortiklar 
    shortiklar 
    komplekt 
    komplekt 
    jaket va boshqalar 
    jaket va boshqalar 
    To‘qima gazlamali erkaklar yozgi kundalik kiyimlari asosan 100 foiz paxta, 
    qisman paxta va polyester tolalari shuningdek, boshqa sintetik tolalar 
    aralashmasidan olingan materiallardan ishlab chiqariladi. Matolar sidirg‘a 
    bo‘yalgan, yo‘l-yo‘l, kataksimon yoki gul bosilgan bo‘lishi mumkin. Gazlamalar 
    ishlab chiqarish jarayoning uch bosqichida bo‘yalishi mumkin: tola yoki ip 
    holatida; to‘qilgandan keyin hamda bichib tikilgandan so‘ng. Matoni bo‘yash eng 
    ko‘p qo‘llanadigan va ming yillardan beri mavjud usul hisoblanadi, kiyimni 
    bo‘yash esa o‘tkan asrning 70-80-yillaridan rivojlangan va hozirda dunyo bo‘yicha 
    kundalik kiyimlar ishlab chiqarishning deyarli 20 foizini tashkil qiladi. Kiyimni 
    bo‘yash bu bichilgan va to‘liq yoki qisman tikilgan kiyimlarni bo‘yash jarayonidir. 
    Bunda asosan, kiyimlar paxta tolasidan to‘qilgan matolardan tikilgan bo‘ladi [1]. 


    318 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Quyidagi 1-rasmda paxta matosidan erkaklar sorochkasini ishlab 
    chiqarishning odatiy va kiyimni bo‘yash usullarida jarayon bosqichlari hamda 
    sotuvchi (yoki buyurtmachi)ga tayyor mahsulotni yetkazib berishning o‘rtacha 
    muddati keltirilgan. 

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish