O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari va avtomobil transportini




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana11.11.2022
Hajmi0.89 Mb.
#29969
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amaliy mashg‘ulot №4.
1669866475, TDIU SF, WEP DASTURLASH 5-MUSTAQIL ISH, Antropogen omillarni o’simlik dunyosiga ta’sirini baholash, KUrsovaya(107), 1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, What T, Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi-fayllar.org, минтака, Mavzu, 12-AMALIY, Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi o\'rni va ularni iqtisodiyot ta-fayllar.org, Eksport tizimlarining boshqaruvdagi o`rni va ularni iqtisodiyot -fayllar.org, Iste’mol va jamg‘arma va investisiyalar topshiqlar
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari va avtomobil transportini 
rivjlantirish sabablari. 
Vazirliklar, idoralar va hokimliklar avtomobil transporti va yo‘l qurilishiga 
katta ahamiyat berishlari zarur. Bu borada vazirlar mahkamasi: «Avtomobil yo‘llari, 
ularning qurilishi va sozlashni yaxshilash chora-tadbirlari» haqida qaror qabul qildi. 
Unda eng muhim masalalardan biri – moddiy va ma’naviy resurslardan foydalangan 
holda avtomobil yo‘llarining sozligini ta’minlash, ishlab chiqarish texnologiyasini 
tashkil qilishni ta’minlash ko‘zda tutilgan. 
Qarorga asosan yirik tumanlar va aholi yashaydigan joylar o‘rtasida 
mustaxkam aloqa qiladigan magistrallar, avtomobil yo‘llari qurilishini boshlash 
ko‘zda tutilgan. Shuningdek tuman, xo‘jaliklar markazlari bilan bog‘lovchi avtomobil 
yo‘llari qurilishini kengaytirish. Harakat xavfsizligini hisobga olgan holda yo‘l 



qurilishi sifatini yaxshilash, yuk va passajir tashishning to‘g‘ri tashkil qilish, yo‘l 
elementlari talabini avtomobil transporti muhandislari tomonidan to‘g‘ri baholash
uni isbotlash kabi masalalar ham aniq belgilab berilgan. Avtomobil transportini 
ekspluatatsiya qilish darajasining o‘sishi yo‘l qoplamasi sifatiga ko‘p jihatdan 
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining Jahon Yo‘l Kongressiga a‘zo bo‘lishi 
munosabati bilan transport aloqalarini umuman, tranzit harakatlarini, ayniqsa 
yaxshilash maqsadida Respublika avtomobilchilari, yo‘lchilari, Davlat avtomobil 
nazorati va Davlat yo‘l harakat xavfsizligi xizmati hodimlari oldida yechilishi lozim 
bo‘lgan qator masalalar turibdi, shunday muammolardan biri magistral yo‘llarda 
harakat xavfsizligini xalqaro talablar darajasiga keltirish va shu darajada saqlash. 
Shu munosabat bilan Respublikamizda harakat xavfsizligini muvofiqlashtirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi qoshida “Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlovchi 
xay’at” (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyul 333-sonli qarori) faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Xay’atning ish tajribasidan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash 
lozimki, harakat xavfsizligi –bu murakkab va dolzarb masala bo‘lib, zamon talabiga 
mos mutaxassislar tayyorlash, rivojlangan mamlakatlarni tajribasini o‘rganish, o‘z 
o‘lkamizda yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlashni o‘z vaqtida 
ta’minlab berishni talab etadi. 

Download 0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasida avtomobil yo‘llari va avtomobil transportini

Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish