Pedagogik texnologiyaning ta’riflari




Download 188,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana18.12.2023
Hajmi188,81 Kb.
#122769
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pq8DTMW8jKGNVPnFG0kpGrsQDUJ2ug0FoTUASLDe
5-mavzu, articles.uz kurs ishi, 2 kurslarga darslik, printga, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Elektron darslik, Документ Microsoft Word, Valisher Botirov 2-amaliy ish
 
2. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari. 
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan 
biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-
tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan 
avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur 
axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. 
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir ta’rif 
ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va 
ularning sharxlarini ko‘rib chiqamiz. 
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. 
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, 
yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at). 
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati
qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel). 
Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, 
usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi 
(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u 
pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). 
Pedagogik texnologiya-o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish 
jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalko). 


Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish 
jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov) 
Pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun 
so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha 
hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V. M. 
Monaxov). 
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro 
ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini 
qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, 
qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNESKO). 
Pedagogik texnologiya-bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) 
yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik 
tafakkurining ifodalashi

texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim 
jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). 
O‘qituvchining o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga 
muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko‘rsatish hamda mazkur faoliyatning 
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni 
(N.Saidahmedov). 
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o‘zaro har xilligidan ko‘rinadiki, 
pedagogik texnologiya tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga pedagogik, psixologik, 
didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan 
yondashish mumkin. 
Pedagogik 
texnologiya-axborotlarni 
o‘zlashtirish, 
ulardan 
amalda 
foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli 
bog‘liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan 
iborat. 
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari hamda tarbiyaviy 
vositalar yig‘indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari 
majmuidir. 
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun qulay shakl va 
usulda uzatish va o‘zlashtirish jarayonidan iborat. 
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan 
belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat. 
Pedagogik texnologiya o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim olishga, 
fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. 
Xulosa. Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi 
mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi. 


Bu faoliyatni amalga 
oshirish uni tashkil qilish, olib borish, 
takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa 
chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 

Download 188,81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 188,81 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Pedagogik texnologiyaning ta’riflari

Download 188,81 Kb.
Pdf ko'rish