• Pedagogik texnologiya
  • fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani




    Download 188,81 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/9
    Sana18.12.2023
    Hajmi188,81 Kb.
    #122769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Pq8DTMW8jKGNVPnFG0kpGrsQDUJ2ug0FoTUASLDe
    5-mavzu, articles.uz kurs ishi, 2 kurslarga darslik, printga, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Elektron darslik, Документ Microsoft Word, Valisher Botirov 2-amaliy ish
    fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda 
    ham, zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik 
    jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, 
    operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko‘zda tutadi. Aniqroq 
    aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat 
    ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot 
    yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni 
    tadqiqot mavzusiga o‘giradigan bo‘lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya – bu 
    o‘qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o‘quvchi 
    (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli 
    sifatida ularda 
    oldindan 
    belgilangan 
    shaxsiy 
    sifatlarni 
    shakllantirish 
    jarayonidir. 
    Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya 
    tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda 
    ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. 
    Pedagogik adabiyotlarda “texnologiya” atamasining xilma-xil korinishlarini 
    uchratish mumkin: “oqitish texnologiyasi”, “ta’limli texnologiya”, “ma’lumot 
    texnologiyasi”, “o‘quv jarayoni texnologiyasi” va hokazo. O‘qitish 
    texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo‘lsa-da, aynan o‘xshash 
    ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi 
    aniq o‘quv materialini o‘zlashtirish yo‘lini muayyan texnologiya atrofida ifoda 
    etadi. U ko‘proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi. 


    Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini 
    ifodalaydi va “o‘qituvchi – pedagogik jarayon o‘quvchi (talaba)” funksional tizim 
    qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. 
    Alohida qayt etib otish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi 
    tushunchasini mantiqiy-g‘oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud 
    emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan. 
    Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning 
    ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsa-da, aynan “pedagogik 
    texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan 
    pedagog olim V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq 
    qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy 
    diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina 
    esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni 
    olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qollash kabi masalalarni 
    hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan” bo‘lishi lozimligini qayd etadi va hokazo. 

    Download 188,81 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 188,81 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani

    Download 188,81 Kb.
    Pdf ko'rish