Vazi rli gi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

UMUMIY XULOSA 
Muammo bo'yicha bayon etgan fikrlarimizni umumlashtirgan holda quyidagi 
xulosalarga keldik: 
1. 
Bugungi kunda jahon tilshunosligida matn va uning lisoniy tabiatini 
o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar XX asr oxirlaridan amalga oshirila boshlandi. 
XX asrning 2-yarmida tilshunoslikda yangi yo'nalish -"Matn tilshunosligi" paydo 
bo'ldi. Hozirgi paytga kelib, o'zbek tilshunosligida matn muammolarini tadqiq 
etishda salmoqli yutuqlarga erishildi hamda lingvistikada "Matn tilshunosligi" 
yo'nalishining mavqeyi yanada mustahkamlandi. 
2. 
Gender tushunchasi erkak va ayol o'rtasida nafaqat biologik farqni, 
balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarni to'liq qamrab 
oladi. Erkak va ayollarga tegishli ijtimoiy bog'liqlik, xulq-atvor va o'ziga xos 
stereotiplarda ifodalanadi. 
3. 
Inson jinsda nafaqat fiziologik jihatdan farqlanadi, balki uning 
atrofidagilar bilan muomalasi, nutqi, va, hatto, dunyoqarashida ham jinsdagi o'ziga 
xos, farqli yoki mushtarak jihatlar namoyon bo'ladi. Ularni ilmiy tadqiq qilish 
gender tilshunosligining yanada boyishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. 
4. 
XX asrning 90-yillariga kelib dunyo tilshunosligida gender tilshunosligi 
borasida izlanishlar olib borish qizg'in tus oldi. 
5. 
Asrimizning boshlaridan O'zbekistonda 
gender tilshunosligining 
alohida ilmiy soha sifatida shakllanishi va rivojlanishi ahamiyatga molik. 
6. 
O'zbek tilining boy imkoniyatlari insonga qarindoshlik rishtalari bilan 
bog'langan shaxslarni turli nomlar bilan atash uchun keng ko'lamli manba bo'lib 
xizmat qiladi. Bunday nomlarda maskulinlik va feminlik belgilari yaqqol namoyon 
bo'ladi. 
7. 
Erkak kishiga nisbatan qo'llanuvchi nomlar orasida ota semasini 
ifodalovchi leksik birliklar, ayniqsa, alohida e'tirof etiladi. 
8. 
O'zbek oilasida, odatda, ayol o„z eriga ismi orqali juda kam hollarda 
murojaat qiladi. Boisi, ayolning o'z eriga bo'lgan cheksiz hurmati, qadrlashi, shu 


44 
bilan birga faqat sharq ayollarigagina xos bo'lgan nafaqat o'z turmush o
'
rtog'iga, 
balki oilaning boshqa a'zolariga ham andisha, xijolat yoki uyalish kabi 
tuyg'ularning ustunligidandir. Shu sababli xotin o'z eriga odam, bu kishi, aka 
(ismiga qo'shib), begim, jonim, azizim kabi murojaat shakllarini qo'llaydi. Odam, 
bu kishi, aka kabi leksik murojaatlarni, odatda, suhbatdoshlar davrasida ishlatsa
begim, jonim, azizim kabi murojaat shakllarini o'zaro suhbatda, faqat er-xotin 
o'rtasidagina qo'llaydi. 
9. 
Ayol semasini ifodalovchi leksik birliklar bilan birga qo'llanuvchi 
sifatlovchilarni kuzatar ekanmiz, bu birliklarda murojaat etilayotgan ayolga 
nisbatan so'zlovchining munosabati yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan, yostiqdosh, 
rafiqa, xotin, jonon kabi lug'aviy birliklarda ayolga bo'lgan munosabat jufti 
halolidan tortib, boshqacha mazmundagi murojaatni ham ko
'
rishimiz mumkin. 
10. 
Ayolga otasi ismini qo'shib aytish yoki xo'jayin deb murojaat qilish 
uning oiladagi mavqeyi birmuncha yuqoriligini, shuningdek, hurmatga sazovorligini 
bildiradi. 
11. 
Erkaklar o'zaro salomlashganda, ko'rishganda yoki xayrlashganda 
ularning nutq odobida bu ishni alohida lutf-u nazokat bilan amalga oshirishga 
ishtiyoqning yo'qligi erkaklar salomlashishidagi o'ziga xoslikni belgilaydi. 
12. 
Erkak kishi muayyan xursandchilik vaziyatida hayajon tufayli 
erkaklarga xos qat'iyatlilikni biroz bo'lsа-da yumshatishi hamda uning xatti-
harakatlarida erkaklarga xos nazokat va samimiylik o'zgacha holatda namoyon 
bo'lishi mumkin. 
13. 
O'zbek xalqi nutq odatida alohida olingan marosimlarda erkaklarning 
vazifalari, xatti-harakatlari hamda ayollaming vazifalari va har bir xatti-harakatlari 
izchillik bilan ishlab chiqilgan. Shunday ekan, har bir jins vakillari o'z xoslik 
doirasidan chiqib ketmaydi. 
14. 
Neytral vaziyatlarda erkaklarga ham, ayollarga ham birdek xos bo'lgan, 
yoki boshqacha qilib aytganda, jinsga ajratilmaydigan alohida nutqiy birliklarning 
talaygina ekanligini qayd qilamiz. 
15. 
Tilimizda insonni tashqi ko'rinishi orqali jinsda farqlovchi bir qator 


45 
nutqiy birliklar, formulalar mavjud. Muhim ahamiyatga ega bo'lgan gender 
stereotiplar tizimiga qahramonning nutqi, ismi, laqabi yoki shaxsini ifodalovchi 
belgilar kiradi. Ammo bevosita ismini o'qimasdan yoki bilmasdan ham 
qahramonning ayol yoki erkak ekanligini anglatuvchi tashqi belgilar mavjudligi 
ma'lum. Bunday tashqi belgilarga yuz tuzilishi, ifodasi, qad-qomat, tana a'zolari 
tuzilishi, ovoz va kiyim-kechak kabi omillarni kiritish mumkin. 
16. 
Erkak kishiga xoslikni bildiruvchi asosiy tashqi belgi-xususiyatlarga 
gavdaning ayolnikiga nisbatan yirik bo'lishi, yelkalarning keng bo'lishi, oyoq-
qo'lning baquvvat va uzun bo'lishi, yuz tuzilishi ayolnikidan tubdan farq qilishi, 
asosan, soqol-mo'ylovning mavjudligidir. Bundan tashqari, faqat erkaklargagina 
xos bo'lgan xarakter xususiyati hamda muayyan xatti-harakatlar erkaklikning bosh 
va muhim ifodasi sifatida adib tomonidan qahramonlar tasvirida qo'llaniladi. Ana 
shu o'ziga xosliklar erkaklarga xos bo'lgan gender stereotiplarni tashkil qiladi. 
17. 
Tilimizda ayol obrazini tasvirlashda nozik va sarvqomat, jozibador va 
latofatli, qosh-ko'zlarida erkakni sehrlab qo'yishga qodir kuch yoki jodusi bor, 
g'uncha dudog" va qirmizi yanoq, mayin va shirali ovoz sohibasi degan go'zal 
ta'riflardan foydalanadi. Ana shu belgi va ta'riflar bevosita ayollarga xos bo'lgan 
gender sereotiplarni shakllantiradi. 
18. 
Chunki mukammal badiiy matnni gender tahlil qilish jarayonida uning 
tilidagi leksik birliklarni leksikologiya qonun-qoidalariga monand ravishda 
ma'nodosh so'zlar, shakldosh so'zlar, zid ma'noli so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar, 
tarixiy va arxaik so'zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so
'
zlar, chet va vulgar 
so'zlar ajratib olinadi va asarda qanday maqsadga yo‟naltirilganligi izohlanadi. 
19. 
Tilshunoslikda vulgarizmlar deb ataluvchi qo'pol so'zlarda о'shа salbiy 
munosabat, kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda 
ochiq ko'rinib turadi. Bunday so'zlar ko'proq nominativ ma'nolariga ko'ra emas, 
ayni shu konnotativ ma'nolariga ko
'
ra nutqda yashaydi. Ma'lumki, jamiyatning 
o'ziga xos qatlami bo„lmish qimorbozlar, o'g'rilar, fohishalar hamda shu kabi

Download 0,64 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish