Qarindoshlik asosidagi shaxs nomlarining gender xususiyatlari




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

2.3. Qarindoshlik asosidagi shaxs nomlarining gender xususiyatlari 
O`zbek tilining boy imkoniyatlari insonga qarindoshlik rishtalari bilan 
bog'langan shaxslarni turli nomlar bilan atash uchun keng ko'lamli manba bolib 
xizmat qiladi. Bunday nomlarda maskulinlik va feminlik belgilari yaqqol namoyon 
bo'ladi. Nutq jarayonida adresantlarning dunyoqarashi, xarakter xususiyatlari, 
ijtimoiy-madaniy sa'viyasi, atrofdagilar bilan munosabati ro'yobga chiqadi. 
Ayniqsa, apellyativ nominatsiyasida so'zlovchining tinglovchiga nisbatan salbiy 
yoki ijobiy munosabati bevosita aks etadi. 
"Timing barcha vazifalari: kommunikativ, emotiv, aloqa o'rnatish, ijtimoiy 
funksiyalari so'zlovchi va tinglovchi orasidagi turli-tuman munosabati ami 
ifodalaydi. Murojaatning mazmunan har xil shakllanishi - quvonch, ta'na, 
qo'rqinch, gina, iltifot, nafrat kabi ma'no ottenkalari qo'shilgan holda ifodalanishi - 
eng avvalo, ijtimoiy muhit va sharoitdan kelib chiqadigan munosabatga bog'liq".
7
Ingliz tilida "murojaat" ma'nosini ifodalovchi lingvistik termin sifatida ilmiy 
muomalaga kirgan. Nominatsiya, ya'ni, nom lotincha "nomination" so'zidan 
olingan bo'lib, tilda atash vazifasini bajaruvchi birliklarning hosil bo'lish 
jarayonidir". Demak, apellyativ nominatsiya - murojaat nominatsiyasi 
atamasi o'rnida ishlatiladi. Murojaat nominatsiyasi tilshunoslar tomonidan atroflicha 
tadqiq qilingan bo'lsa-da, bunday birliklarning jinsda farqlanishi, ayol yoki erkak 
nutqida qay tarzda amalga oshishi, ayniqsa, oilaviy masalalar gender 
tilshunosligining dolzarb masalalaridandir. 
N.Ahmedova tadqiqotida quyidagi jihatlarga e'tibor qiladi: "Odatda, 
so'zlovchi tinglovchining mavqeyidan kelib chiqib, quyidagicha murojaatlarni 
ishlatish mumkin: ona, qiz, opa, singil, ayol, xodim, hamkasb, dugona, xola, amma, 
jiyan". Ushbu izlanishda ayol jinsiga nisbatan qo'llanuvchi qarindoshlikni 
bildiruvchi murojaat birliklari keltirilgan. Bulardan ba'zilari, masalan, jiyan yoki 
xodim kabi leksemalarda, aslida, jins farqlanmaydi, ya'ni, erkak uchun ham, ayol 
uchun ham umumiy nominativ birlik sifatida teng qoMlanadi. 
Mazkur bo'limda oilaviy munosabatlar tizimida erkak va ayollar nutqi 
murojaat shakllarining Tohir Malik qissasida boy mazmunda hamda keng 


37 
ko'lamda alohida qalamga olinganiga amin bo'lamiz. 
Ijtimoiy munosabatlar tizimida oilaviy munosabatlar o'ziga xos tadrijga 
ega. Biz nominatsiyaning bunday tadqiqini quyidagicha turlarga ajratib tahlil 
qildik: 
1. 
Oilada yaqin qarindoshlik munosabatidagi shaxs nomlari. 
2. 
Oilada nisbatan yaqin bo'lmagan qarindoshlik munosabatidagi shaxs 
nomlari. 
3. 
Nominativ vazifa bajaruvchi laqab va taxalluslar. 
Murojaat shakllari obyektning aniq yoki noaniqligiga ko'ra ikki turga 
ajratiladi: 
a) 
abstrakt murojaat shakllari (ey, hoy, sen, siz); 
b) 
konktret murojaat shakllari. Murojaatning bu turida ism, laqab, taxallus, 
insonga xos bo'lgan belgi-xususiyat bildiruvchi leksik, insonni atovchi nominativ 
birliklar murojaat shakli vazifasini bajaradi. 
Oilada yaqin qarindoshlik munosabatidagi shaxs nomlariga quyidagilar kiradi: 
ota, ona, ada, dada,oyi, ay a, aka, uka, opa, singil, o'g'il, qiz, xotin, er-xotin, bola-
chaqa kabi. 
Erkak kishiga nisbatan qo'llanuvchi nomlar orasida, ota semasini ifodalovchi 
leksik birliklar, ayniqsa, alohida e'tirof etiladi. Otaga yaqin oila a'zolari tomonidan 
murojaat qilinganida, odatda, uni ismini aytib chaqirish hurmatsizlik hisoblanadi. 
Eriga otasi, dadasi, dadajonisi, bobojonisi, buvasi, bovasi deb murojaat
qilishda "farzandlarining otasi", "hurmat", "yosh pog'onasining yuqori 

Download 0,64 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarindoshlik asosidagi shaxs nomlarining gender xususiyatlari

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish