Murojaat shakllari va mulozamat - manzirat ifodalovchi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

 2.2. Murojaat shakllari va mulozamat - manzirat ifodalovchi 
birliklarning gender xoslanishi 
Azal-azaldan o'zbek xalqi o'zining mehmondo'stligi, yaqinlariga mehr-
oqibatliligi, xushmuomalaligi bilan alohida ajralib turadi. Kishilar yaqinlarining 
boshiga og'ir musibat tushganida ham, shodiyona yoki quvonchli kunlarida ham 
bir-birlarining kо'nglini ko'taruvchi, yupatuvchi, qutlov so'zlarini muloqot 
jarayonida keng qo'llaydilar. Ayni shu madaniy xususiyat adibning o'lmas asarida 
mahorat bilan ochib berilgan. Bunday so'zlar mulozamat-manzirat leksikasi, ya'ni, 
iltifot ifodalovchi nutqiy birliklar deyiladi. Mulozamar-manzirat ifodalovchi 
shakllar kishilar o'rtasidagi qarindoshlik, do'stlik va yaqinlik munosabatlarini 
mustahkamlaydi. Bunday munosabatlar fatik kommunikatsiya termini bilan 
yuritiladi. 
Fatik kommunikatsiya termini ilk bor ingliz etnologi B.Malinovskiy 
tomonidan qo'llanilgan bo'lib, mulozamat (manzirat) ko'rsatish funksiyasini 
ifodalaydi. Bu atama lotincha "gapirish" ma'nosini bildiradi, ba'zan uning o'rnida 
"sotsiativ" so'zi ham ishlatiladi . 
(O'zbekning kundalik hayotini mulozamat-manzirat shakllarisiz tasavvur 
qilish qiyin, shunday ekan, T.Malik ham o'z qissasida bu hodisani mahorat bilan 
tasvirlab beradi. Chunki o'zbekning nutqi bunday so'zlarsiz jo'n, rasmiy, hatto, 
qo'pol bo'lib qoladi. Tildagi mulozamat-manzirat shakllarni ishlatilish o'rniga ko'ra 
quyidagicha tasniflash mumkin: 
1. 
So'rashish, ko'rishish va xayrlashish jarayonida ishlatiladigan mulozamat 
shakllari. 
2. 
To'y-hasham, 
mehmondorchilik 
va 
boshqa 
shodiyona 
kunlarda 
ishlatiluvchi mulozamat shakllari. 
3. 
Aza-motam yoki qayg
x
uli vaziyatlarda ishlatiladigan mulozamat shakllari. 
4. Nutqda doim iste'molda bo'lgan barcha boshqa vaziyatlardagi mulozamat-
manzirat shakllari. Mulozamat-manzirat shakllarining ifodalanishini jinslar 
nisbatiga ko'ra: 


30 
a) 
ayollarga xos mulozamat-manzirat shakllari; 
b) 
erkaklarga xos mulozamat-manzirat shakllari; 
c) 
ayollar va erkaklar nutqida birdek qo'llanishda bo'lgan neytral 
mazmundagi mulozamat-manzirat shakllariga ajratamiz. 
Fatik kommunikatsiya jarayonida adresant va adresatlarning jins jihatidan 
farqlanishi sodir bo'ladigan nutqiy vaziyatda yaqqol aks etadi. Jumladan, ayollar 
nutqini mulozamat-manzirat shakllarisiz tasavvur etish imkonsiz, chunki bunday 
so'zlar ayollar nutqining shirin, muloyim bo4ishini ta'minlaydi. Ayniqsa, o'zbek 
ayoli bunday so'zlarga kundalik turmush tarzida deyarli doim murojaat qilib 
turadi. Erkaklar nutqida esa bu holat birmuncha passiv amalga oshadi. Ammo 
"Shaytanat" asari qahramonlari, aksariyat, erkak jinsiga mansub bo'lganlari uchun 
ham bunday qat'iy fikr aytishdan yiroqmiz, sababi, erkaklar nutqida ham 
mulozamat-manzirat shakllari yetarlicha o'rin tutishini ko'ramiz. 
So'rashish jarayoni, avvalo, salomlashishdan boshlanadi. Ayollar va erkaklar 
salomlashish tarzi bir-biridan katta farq qiladi. Salomlashish turli ijtimoiy tabaqaga 
mansublikka, yashash manzili (qishloq yoki shahar)ga, muayyan ruhiy holatga, 
kim bilan so'rashayotganiga ko'ra, shuningdek boshqa muloqot vaziyatlariga qarab 
ham turlicha amalga oshirilishi mumkin. Salomlashish jarayonida noverbal 
vositalardan ham unumli foydalaniladi. Shuningdek, turli yoshdagi kishilar 
salomlashishlari yoki ko'rishishlarida ham o'zaro katta farq bor. 
Eng avvalo, salomlashish turlari haqida gapirar ekanmiz, erkaklarning 
erkaklar bilan salomlashishi hamda erkaklarning ayollar bilan salomlashishini 
alohida guruhga ajratamiz. Misol tariqasida: Jamshid o'zbeklarga xos lutf bilan 

Download 0,64 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Murojaat shakllari va mulozamat - manzirat ifodalovchi

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish