II BOB. BADIIY MATNNING GENDER TADQIQI




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

 


23 
II BOB. BADIIY MATNNING GENDER TADQIQI  
2.1. Insonga xos tashqi ko`rinishni ifodalovchi gender stereotiplarning 
aks etishi 
XX asr ilm-fanga kirib kelayotgan gender tadqiqotlarda ikki jinsning o'ziga 
xos va mushtarak tomonlari tadqiqi turli sohalar, jumladan, iqtisodiyot, 
huquqshunoslik, pedagogika, sotsiologiya hamda tilshunoslik kabi fanning azaliy 
tarmoqlari negizida yangi bir yo nalish sifatida rivojlanmoqda. Gender 
tilshunosligining asosiy tushunchalaridan biri gender stereotiplari atamasi 
hisoblanadi. Gender stereotiplari - bu ayol yoki erkakka xos barcha xususiyatlar 
tizimidir. O„zbek tiliga xos bo'lgan bunday qoliplar yoki klishelami badiiy asarlar 
matnini, xususan, "Shaytanat" qissasi misolida o'rganib, ikki asosiy turga ajratib 
tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb topdik: 
1. Tashqi ko'rinish bilan bog„liq gender stereotiplari; 
2. Xarakter xususiyati bilan bog„liq gender stereotiplari. 
Asarda insonni tashqi ko'rinishi orqali jinsda farqlovchi bir qator nutqiy 
birliklar, formulalar mavjud bo'lishi mumkin. Muhim ahamiyatga ega bo'lgan 
gender stereotiplar tizimiga qahramonning nutqi, ismi, laqabi yoki shaxsini 
ifodalovchi belgilar kiradi. Ammo matnni o'rganayotganda bevosita ismini 
o'qimasdan yoki bilmasdan ham qahramonning ayol yoki erkak ekanligini 
anglatuvchi tashqi belgilar mavjud. Bunday tashqi belgilarga yuz tuzilishi, ifodasi, 
qad-qomat, tanna a'zolari tuzilishi, ovoz va kiyim-kechak, shuningdek boshqa 
omillarni kiritish mumkin. Asarda uchraydigan gender stereotiplarni ikki turga 
ajratib ko'rib chiqamiz: 
1.Erkaklarga xos gender stereotiplar. 
2.Ayollarga xos gender stereotiplar. 
Erkaklarga xos tashqi ko'rinishni aks ettiruvchi gender
stereotiplarga quyidagilar kiradi: 
a) yuz a'zolari qismi ifodasi; 


24 
b) tana a'zolari qismi ifodasi; 
c) xarakter ifodasi; 
d) xatti-harakat ifodasi. 
Erkaklarning yuz a'zolari qismi ifodasini aks ettiruvchi gender stereotiplariga 
quyidagilar kiradi: burgut ko'z, qirg'iy ko'z, lochin ko'z, o'tkir nigohli, burni katta, 
burgut burun, yuzi yalpoq, tirtiq, yonoqlari bo'rtib chiqqan, labi do'ddaygan, 
qoshlari qalin, jingalak sochli, kabi. Masalan, Bu qoraqosh yigit ko'zlarini sal 
suzib qarasa, uncha-muncha ayol zoti dosh berolmay qolardi (I kitob, 17-b.); 
Burni biroz puchuq, yuzi dumaloqdan kelgan, qalin qora qoshli odam xunuk 
ko'rinsa-da, bejirim burun, bejirim lab, bejirim yuzli odamlarga nisbatan 
istaraliroq edi. (I kitob, 29-b.); Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, 
ko'zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, о'ng yuzida uzun tirtig'i bor 
edi (III kitob, 210-b.); Videobar og'asi, chaqchaygan ko'zlaridan biron-bir ma'no 
uqish mushkul bolgan, qalin mo'ylovi turtib chiqqan tumshug'iga husn berish 
o'rniga battar xunuklashtirgan barzangi yigit... (I kitob, 63-b.). 
Erkaklarning tana a'zolari qismi ifodasini aks ettiruvchi gender stereotiplariga 
quyidagilar kiradi: boyni yo'gon, tepakal, qanshari pastroq, davangirday, 
shopmo'ylov, hamma yog
'
i yung, ingichka mo'ylov, cho'qqisoqol, qo'ng'iz mo'ylov, 
sersoqol, alpqomat, bahaybat devday, barzangi, gavdali, oyoq-qoli uzun, mitti, 
ixchamgina, davangirday, beli baquvvat, xushsurat, ko'rimsizgina, fildek, polvon, 
pahlavon, buqaday kabi. Misol uchun, Bu xirildoq ovoz boshiga gurzi bolib urilib, 
sapchib tushdi (I kitob, 7-b.); Bu xushsurat yigit, xotinini ojdirib qamalib 

Download 0,64 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  II BOB. BADIIY MATNNING GENDER TADQIQI

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish