|
Vazi rli giBog'liq sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmiketganidan key in ham shuhrati so'nmagan... (Ill kitob, 17-b.); U uch boshli
ajdarhoni yengish qasdida chiqqan ulovsiz, yarog'siz pahlavon holida edi. (II
kitob, 201-b.); Saidqimorboz vodiyda beli baquvvat yigitlardan edi. (II kitob, 24-
b.); ... qishloqqa tepakal bir o>is jingalak sochlari oqarib ketgan bir o'zbek bilan
kelib, Zohidni surishtirdi. (Ill kitob, 69-b.); ...choyni ichib ulgurmay, jussasi kichik,
eti ustixoniga yopishgan, qaldirg'och mo'ylavi o'ziga yarashgan odam ko'rindi. ...
Ozg'in, chayir bolgani uchun Kesak polvon, deb atashgan, desangiz, yanglishasiz.
(I kitob, 64-b.); Kesak polvon mushtlashguday bo'lsa mushukday sapchib, uch-to'rt
25
davangirday yigitga bas kelardi. (I kitob, 65-b.).
Erkaklarning xarakteri ifodasi orqali aks ettiriluvchi gender stereotiplariga
quyidagilar kiradi: boshi buzuq, badjahlroq, halimgina, хипхо'r, mard, cho'rtkesar,
mishiqi, chapdast, chaynalmasdan erkakchasiga, loqayd, musulmonsheva kabi.
Misol tariqasida: Sen bir boshi buzuqning marhamati bilan menga ozodlik
bermoqchi bolibsan. (IV kitob, 133-b.); Men хипхо'r odamman.. (V kitob, 210-b.);
Odamni olimga hukm etganida yuragi jiz etib qo'ymaydigan Asadbekning uyda
musulmonsheva bolishi siz uchun g'alati tuyulishi mumkin. (I kitob, 27-b.); Bu
qanaqasi, mishiqi boladay ping'illab qoldimmi? (II kitob, 11-b.); - Hofiz,
chaynalmasdan erkakcha gaplashaylik. (IV kitob, 127-b.); Prokuratura xodimlari
uning ko'ziga loqayd to'ralar sifatida ko'rindi. (Ill kitob, 119-b.); Idorada
qorovullik qiluvchi yosh, chapdast yigitlar barcha ishni vaqtida aniq bajarilishini
ta 'minlaydilar. (I kitob, 62-b.).
Erkaklarga xos xatti-harakatlar ifodasini namoyon etuvchi gender
sereotiplarga quyidagilar kiradi: irg'ib turmoq, mushtlashmoq, qitmirlik qilmoq,
yotqizib-turgazmoq, ko'z qismoq, aysh qilmoq, maishat qilmoq kabi. Masalan, U
suyunganidan irg'ab turib, tashqariga yugurib chiqishi kerak edi. (I kitob, 9-b.);
Umrini maqtov eshitish-u chiroyli qiz-juvonlar bilan aysh-ishrat qilishga tikkan
idora boshligani Xolidiy emas, balki.... (II kitob, 180-b.); Anvarday cho'rtkesar
olimning bahridan o'tish Xolidiyga cho't ekanmi? (Ill kitob, 113-b.); Kimgadir
qitmirlik qilishim kerak-ku? (IV kitob, 55-b.); Asadbek ikkita gapni yoqtirmaydi, -
dedi Elchin ovozini birparda ko'tarib, qat'iyroq buyruq ohangida (I kitob, 17-b.);
Uchquduqda ekanida qamoq ahlini yotqizib-turg'izadigan mahbuslar unga ozor
berishmasdi (II kitob, 91-b.); Bu mahalla tinch, yigitlar yilda bir-ikki marta
mushlashishmasa, jinoyatdan ancha yiroq edi (V kitob, 178-b.); Televizorni
dastlab ko'rgan mahalda g'uncha labli qizga ko'z qisib, imlab qo'yib bir hafta
o'zicha xursand bo'lib yurgan odamning o'g'li... ( I kitob, 59-b.); Kimdir tuni bilan
televizor kо'rib, kimdir ulfatlari bilan to'yib ichib, kimdir jononlar bilan toyib
maishat qilib, endi hordiq chiqarardi (III kitob, 82-b.); Yaktagi ustidan
qo'shbelbog' bog'lagan o'rta yashar kishi uning e'tiborini tortdi (IV kitob, 123-b.).
26
Demak, erkak kishiga xoslikni bildiruvchi asosiy tashqi belgi xususiyatlarga
gavdaning ayolnikiga nisbatan yirik bo'lishi, yelkalarning keng bo'lishi, oyoq-
qo'lning baquvvat va uzun bo'lishi, yuz tuzilishi ayolnikidan tubdan farq qilishi,
asosan, soqol-mo'ylovning mavjudligidir. Bundan tashqari, faqat erkaklargagina
xos bo'lgan xarakter xususiyati hamda muayyan xatti-harakatlar erkaklikning bosh
va muhim ifodasi sifatida adib tomonidan qahramonlar tasvirida qo'llaniladi. Ana
shu o'ziga xosliklar erkaklarga xos bo'lgan gender stereotiplardir.
Ayollarga xos tashqi ko'rinishni aks ettiruvchi gender stereotiplar
erkaklarga xos bo'lgan stereotiplardan katta farq qiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
a) yuz a'zolari qismi ifodasi;
b) tana a'zolari qismi ifodasi;
c) xarakter ifodasi;
d) xatti-harakat ifodasi.
Ayolning yuz a'zolari qismi ifodasini aks ettiruvchi gender stereotiplariga
quyidagilar kiradi: qora qosh, qora ko'z, jodu ko'zli, xumor ko'z, ohu ko'z, bodom
|
| |