Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O`zbek filologiyasi fakulteti




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O`zbek filologiyasi fakulteti 
bitiruvchisi Qurbonova Shodiyaning «Badiiy matnning gender xususiyatlari» 
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga 
T A Q R I Z  
Ma'lumki, dunyo tilshunosligida genderolingvistik tahlil eng yangi 
yo'nalishlardan biri bo'lib, o'zining maqsad-vazifasiga ko'ra boshqa tahlillardan 
tubdan farq qiladi. Ayniqsa, o'zbek tilshunosligi uchun bu tahlil mutlaqo yangi 
ekanligi bilan xarakterlanadi. Qurbonova Shodiyaning ushbu bitiruv malakaviy ishi 
ana shu dolzarb masala tadqiqiga bag'ishlanganligi bilan alohida ahamyatga ega. 
Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta asosiy bob, umumiy xulosa va adabiyotlar 
ro'yxatidan iborat. 
Qurbonova Shodiya dastlab gender tilshunosligining shakllanishiga e'tiborini 
qaratgan. Ayniqsa, masalaning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi darajasiga alohida 
ahamiyat beradi. 
Ishning "kirish qismida" mavzuning dolzarbligi, maqsad-vazifalari ilmiy-
nazariy ahamiyati, ishda qo'llanilgan lingvistik metodlar haqida to'xtaladi. 
Dissertatsiyaning 1-bobi "Tilshunoslikda matnning o'rganilishi muammosi" - 
deb nomlanib, unda asosan, ikkita masalaga: matn va badiiy matnning o'rganilishi 
hamda gender tilshunosligining paydo bo'lishi, maqsad-vazifalarini yoritishga 
e'tibor qaratiladi. Bu bobda talabaning O'zbekistonda gender tahlilga oid e'lon 
qilingan deyarli barcha ishlarni sinchiklab o'rganganligini ta'kidlashimiz joiz. 
Bitiruv malakaviy ishining 2-bobi "Badiiy matinning gender tadqiqi 
muammolari" deb nomlanadi va quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: 1) insonga 
xos tashqi ko'rinishni ifodalovchi gender stereotiplarining aks etishi; 2) murojaat 
shakillari va mulozamat-manzirat ifodalovchi birliklarning gender xoslanishi; 3) 
qarindoshlik asosidagi shaxs nomlarining gender xususiyatlari. 
Ko'rinib turibdiki, talaba mantiqiy izchillikda asar tilining gender 
xususiyatlari tadqiqiga kirishadi. Bitiruv malakaviy ishining 3-bobi badiiy 
matndagi leksik, morfologik, sintaktik vositalami gender aspektda tadqiq etishga 


49 
bag'ishlanadi. 
Har qaysi bob aniq maqsadga yo'naltirilgan, badiiy matnlardan xarakterli 
misollar keltirilgan. Ayniqsa, boblaming ichki bo'linishida qat'iy va mantiqiy 
izchillikga asoslanilgan. Insonga xos tashqi ko'rinishni ifodalovchi gender 
stereotiplaming badiiy matnda aks etishi, tashqi ko'rinishni ifodalovchi gender 
stereotiplar, erkaklarga xos stereotiplar, ayollarga xos gender stereotiplar, har qaysi 
jinsga xos tashqi ko'rinishni ifodalovchi gender stereotiplar: yuz a'zolari, tana 
a'zosi, xarakter ifodasi, hatti-xarakat ifodasi kabi qator nazariy masalalar badiiy 
matnlardan olingan misollar asosida tahlil etiladi. 
Ishning 3-bobi xususida ham ana shunday fikrlarni aytishimiz mumkin. 
Shunisi muhimki, gender tadqiq muallifning badiiy mahorati, individual uslubi 
bilan bog'liq holda o'rganiladi va asosli xulosalar ilgari suriladi. 
Bitiruv malakaviy ishida muhim ilmiy-nazariy fikrlar bilan birga anchagina 
faktik materiallar ham o'rin olgan. 
Ishda qator yutuqlar bilan birga ba'zi mulohazali o'rinlar ham uchraydi. 
Chunonchi, 
bitiruv 
malakaviy 
ishining 
"Umumiy 
xulosalar" 
qismini 
umumlashtirib, bandlar soni qisqartirilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ishning 
ayrim o'rinlarinda imloviy xatolar kuzatiladi. 
Bulardan qatiy nazar, mazkur tadqiqot bitiruv malakaviy ishi oldiga 
qo'yiladigan talablarga to'la javob beradi. Ish o'zbek tilshunosligida o'rganilmagan 
dolzarb mavzuga bag'ishlangan. Tadqiqot xulosalaridan sohaga oid ilmiy 
tadqiqotlarda, o'quv adabiyotlarini yaratishda keng foydalanish mumkin. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qurbonova Shodiyaning ushbu bitiruv 
malakaviy ishini ijobiy baholash lozim va muallifning ilmiy iqtidorini alohida 
ta'kidlash maqsadga muvofiq. 
Taqrizchi: G.Keldiyorova
filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
_______________ 

Download 0,64 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU O`zbek filologiyasi fakulteti

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish