Vazi rli gi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

bosqichiga mansublik" va "qarindoshik", "yaqinlik" kabi semalar namoyon bo'ladi. 
Ma'lumki, o'zbek oilasida, odatda, ayol o'z eriga ismi orqali juda kam hollarda 
murojaat qiladi. Boisi, ayolning o'z eriga bo'lgan cheksiz hurmati, qadrlashi, shu 
bilan birga faqat sharq ayollarigagina xos bo'lgan nafaqat o'z turmush o'rtog'iga, 
balki oilaning boshqa a'zolariga ham andisha, xijolat yoki uyalish kabi 
tuyg'ularning ustunligidandir. Shu sababli xotin o
4
z eriga odam, bu kishi, aka 
(ismiga qo'shib), begim, jonim, azizim kabi murojaat shakllarini qo'llaydi. Odam, 
bu kishi, aka kabi leksik murojaatlarni, odatda, suhbatdoshlar davrasida ishlatsa, 


38 
begim, jonim, azizim kabi murojaat shakllarini o'zaro suhbatda, faqat er-xotin 
o'rtasidagina qo'llaydi. 
Erkak jinsiga qaratilgan murojaat shakllarini quyidagi mavzuiy 
guruhlarga bo'lish mumkin: 
• 
Chaqirish: - birodar, ukam, o'rtoq, oshna, do'stim, og'ayni. 
• 
Mensimaslik, kinoya: - kuyov to'rа, er, erkak, qariya. 
• 
Iltimos: - azamat, toychoq, yaxshi yigit. 
• 
Yalinish: - oka, okaxon, ukaxon. 
• 
Neytral shakllar: - kuyovjo'ra, boshqon, marhum, xodim, rahbar. 
Ayol kishi erkakka nisbatan murojaatning mavhum shaklidan foydalanishi 
kuzatiladi: - Turing, hoy, turing, qudalaringiz kelishdi (III kitob, 94-b.); - Siz... 
o'shami?! (I kitob, 226-b.) kabi. 
Erkakning erkakka murojaati uning qayerda va kimga murojaat qilishiga 
qarab turli mazmuniy maydonlarni qamrab oladi: oshiq, g'anim, "hazrati Azroil", 
"Choqsunla", a'yon, mahbus, alloma-yu donishmand, jo'raboshi, o'rtoq professor, 
ablah kabi. 
Oilada erkakning o'z ayoliga murojaati jarayonida ishlatiluvchi birliklarni 
"Shaytanat" asari qahramonlari misolida tahlil qilar ekanmiz, ularning naqadar boy 
manba bo'lib xizmat qilishini alohida ta'kidlashimiz o'rinli bo'ladi. 
Ayolga o'z ismi orqali yoki shunchaki murojaat qilishda subyektning 
obyektga nisbatan quyidagi munosabati kuzatiladi: 
• 
Chaqirish: - Manzura, Nasib, Zaynabxon, Noilam, ayasi, onasi, 
oyijonisi. 
• 
Erkalash: - Jonim, jonidan, azizam, malikam, asalim, go'zalim kabi 
murojaat birliklarini qo'llash erkakning ayolga nisbatan yaqinligini, ijobiy 
emotsional munosabatini ifodalaydi. 
• 
Mensimaslik, kinoya: - Katta xolamning eri, ammamning buzogX ayol 
zoti, noshud, tovuqmiya kabi shakllar kinoya ma'nosida ishlatiladi. 
Ayol semasini ifodalovchi leksik birliklar bilan birga qo'llanuvchi 
sifatlovchilarni kuzatar ekanmiz, bu birliklarda murojaat etilayotgan ayol nisbatan 


39 
so'zlovchining munosabati yaqqol namoyon bo'ladi. Masalan, yostiqdosh, rafiqa, 
xotin, jonon kabi lug'aviy birliklarda ayolga boMgan munosabat jufti halolidan 
tortib, boshqacha mazmundagi murojaatni ham ko'rishimiz mumkin. 
Ushbu matnlarda belgi-xususiyat bildiruvchi leksemalar jinsni nomlovchi 
xotin leksemasi bilan birikma hosil qilgan. Chunki ayol doim erkak jinsiga nisbatan 
past pog
'
onada turgan, ayolga nisbatan "sochi uzun, aqli kalta", "kalta o
'
ylaydigan" 
frazeologik birliklar doim umumiy jinsga tegishli xarakterlovchi belgi sifatida 
oddiy so'zlashuvda ham, badiiy matnda ham aks etib kelgan. 
Ayolga otasi ismini qo'shib aytish yoki xo'jayin deb murojaat qilish uning 
oiladagi mavqeyining birmuncha yuqoriligini, shuningdek, hurmatga sazovorligini 
bildiradi.Ayolga murojaat jarayonida murojaatning erkaklar tomonidan tabulanishi 
asarda juda kam uchraydi. Bunda erkak ayolga uning ismi, laqabi, taxallusi, belgi-
xususiyatiga aloqador bo'lmagan turli shakliy ifodalardan foydalanadi: - Tur, 
eshikni zanjirlab kel. — Keldingmi, hoy, senga aytayapman kabi. 
"Shaytanat" qahramonlari ayolga nisbatan murojaat qilganlarida juda ko'p 
hollarda "hoy, ey, о'vhay" kabi abstrakt birliklarni qo'llaydilar. 
Oilada nisbatan yaqin bo'lmagan qarindoshlik munosabatidagi shaxs 
nomlariga quyidagilar kiradi: xola, amma, amaki, tog'a, tog'avachcha, 
amakivachcha, o'gay ona, o'gay o'g'il, nabira, nevara, kuyov, kelin, mullaka, 
qaynog'a kabi. 
Nominativ vazifa bajaruvchi laqab va taxalluslami quyidagi mavzuiy 
guruhlarga ajratdik: 
• 
Kasb-korga oid nomlar: hofiz, tergovchi, muallim, dehqon, qassob, 
boshqon, tabibboshi, o'g'ri, yetuk mutaxassis, kenja shogird, militsioner, qorovul. 
• 
Ijtimoiy mavqedan kelib chiqib qo'yilgan hammda unvonga oid nomlar: 
qori, so'fi, hojibuva, leytenant, kapitan, bek, mijoz, olim, rais buva, boyvachcha. 
• 
Laqab va taxalluslar: Kesakpolvon, Chuvrindi, otarchi, "o'qilon", 
akademik, Shilimshiq, "xalq otasi", deputat, "xunasa", qishloqi, "bola", "qiyshiq", 
"Bo'tqa". 
Asar mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda bularga ko'plab misollar 


40 
keltirishimiz mumkin: Videobar og'asi ko'zlari televizorda, xayoli ... - vino zavodi 
boshqoni Qilich Sulaymonovda edi (I kitob, 63-b.); О'zing do'xtir bo'lib olib, 
gerdayi-ib yuribsan. Yetti yot begona bolalarni olim qilib yubording (I kitob, 147-
b.); Garchi asl ismi Orzubek bo'lsa-da, Asadbeklarning davrasida oddiygina qilib 
"deputat" deb yuritilardi (II kitob, 166-b.); Endi "Direktor bova, konfet bering" - 
denglar", derdi (II kitob, 176-b.) kabi. Misollardan ko'rinib turibdiki, bunday 
shakllar asosan dialogik nutqda, ya'ni, asar qahramon nutqida ko^plab uchraydi. 
Erkaklarni hayvon yoki o'simlikka qiyoslashga xos bo'lgan leksik birliklar 
talaygina: Asadbek - yaralangan yo'lbars holidagi odam - kim o'q uzganini endi 
bildi (I kitob, 191-b.); Asadbek ko'pincha uni "boqib olgan yetim toylog'im" deb 
mazax qilardi (II kitob, 166-b.); Bo'lishi mumkin, dedi Hamdam. - Lekin bu ikki 
galvarsdan gap olaman deb ovora bo'lma (I kitob, 47-b.); Bekor aytibsan, 
itvachcha! - dedi Elchin xirillab (I kitob, 182-b.). 
Asarda bunday usulda hosil qilingan laqab va turli "nomlar" asosan erkak 
jinsiga mansub qahramonlarga nisbatan ishlatiladi. Lekin ayol jinsiga mansub 
shaxslaming laqab va turlicha taxalluslar bilan atalishi ko'p uchramaydi. Bunday 
holatda ayolning ijtimoiy mavqeyi shuni so'zlovchi personajga nisbatan past 
ekanligini anglatadi, bu, odatda, erkaklar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, -
he, ojiza, xayf senga, - deb ko'zlaridan g'azab uchqunlarini sochdi (I kitob, 56-b.); 
Men mish-mish orqalab yuradigan xotinmasman - dedi Jalil (I kitob, 116-b); 
Jamshid buni tushunib darrov xipchabellarga imo qildi (I kitob, 219-b). 
Asardan to'plangan misollar shuni ko'rsatadiki, erkaklarga xoslangan 
murojaat shakllari ayollarga xoslangan murojaat shakllariga nisbatan anchayin 
keng va miqdor jihatdan ko'pligi bilan ajralib turadi. 

Download 0,64 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish