Vazi rli gi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi

kо'chani changitib ulg'aygan yigitlar fotiha to yidan darak topishgan, ular uchun 
Afzalning harbiydan qaytgani bir shodlik bolsa, ulfatlaridan birining boydoqlik 
qo
'
rg'onini buzib uylanayotgani o'n shodlik edi. (I kitob, 11-b.) - Uylanyapsanmi? 
Qutlug' bo'lsin. Shuni oldinroq aytmaysanmi? - Asadbekning qizini olyapman, - 
dedi do'stiga tikilib. (I kitob, 21-b.) Xizmat restoran xodimlari-yu xodimalaridan 
ortmasa ham, "qamishdan bel bog'lab xizmat qilishni niyat etganlar" tinib-
tinchishmasdi. To'y harakati ichkarida bo'lishiga qaramay, Asadbek turgan yerda 
ivirsishardi. (I kitob, 216-b.) Qiz kuyovnikiga ketar oldidan otasi huzuriga bosh 
egib keluvi, otaning esa duo qiluvi rasm edi. Zaynabni shu rasmga binoan boshlab 
keldilar, ammo o'z hovlisida emas, restoran ostonasida mast-alast nigohlar 
guvohligida duo qilmog'i lozim boldi U ko'p yaxshi niyatlarni diliga tugib qoygan 
edi. Qizining mo'minlik bilan bosh egib kelayotganini ko'rganidayoq hushi uchdi, 
tomog'iga bir nima tiqildi. ... fotihaga qol ochdi. Hayajon о'ylab qo'ygan gaplarini 
to'zitib yuborgan edi. ... "Baxtli bo'lgin, qizim ", deyishdan о'zga so'z topolmadi. 
Qiziga yaqinlashib, peshonasidan o'pdi. (I kitob, 238-239-b). Ko'rib 


33 
turganimizdek, erkak kishi muayyan xursandchilik vaziyatida hayajon tufayli 
erkaklarga xos qat'iyatlilikni biroz bo'lsa-da yumshatishi hamda uning xatti-
harakatlarida erkaklarga xos nazokat va samimiylik o'zgacha holatda namoyon 
bo'lishi mumkin. 
To'y-hasham, mehmondorchilik, shodiyona kabi xursandchilik ruhi hukmron 
bo'lgan nutqiy vaziyatda ayollarning o'zlarini qanday tutishi yoki ayollarga xos 
tabiati qay holatda namoyon bo'lishini T.Malik "Shaytanat''da quyidagicha 
tasvirlaydi: Sovchilar ishni pishirgan, ertaga qizning uyida поп sindiriladi (I kitob, 
11-b.). Hovli etagida "oshxona" nomi bilan zikr etiluvchi bostirmaning eshigi 
zorlanib ochilib, Nasiba chiqib keldi. U eri tomon bir-ikki qadam qo'ydi. So'ng 
nima qilarini bilmay tosh kabi qotdi. Keyin beixtiyor ravishda yugurib kelib, 
Sharifni quchoqlab oldi. ... Ular ilk marta yolg'iz qolib bir-biriga aytishga so'z 
topolmay iymanib o'tirgan kelin-kuyovga o'xshashardi (III kitob, 109-b.) - Voy, 
aylanay, sizdan, egachi, tanimabmiza, Keling boshqatdan ko'rishaylik. Esonmisiz, 
omonmisiz... Biz o'g'irlikka keluvdig-a... (V kitob, 204-b.^ Sovchilik marosimi ham 
yuz, balki ming yillar davomida bir qolipga tushgan. Xotinlar o'zlarini qanday 
tutishni, nima deyishni yaxshi biladilar. Mana hozir Manzura: "Hali 
tayyorgarligimiz ham yo'q", dedi. Bu - qizimizni uzatishga rozimiz, ammo siz 
aytganday ertaga emas, balki indinga, degani. ... Lekin qizi bor odam noz qilmasa, 
"diplomatiya" qonun-qoidalari buziladi. Sovchilar uy sohibasining ko'nglini 
ko'taradigan bir-ikki gaplarni aytib, lutf ko'rgazib, o'rinlaridan jilishdi. Juvonlar 
biroz xijolat chekkach, biroz noz qilgan bolib, qog'oz xaltani olishdi. Bu ham 
diplomatiyaning bir qoidasi - rozilik alomatiga ishora. Ertaga bu juvonlar tugun 
kо'tarib kelishadi. Manzura patir nonlarni olib qoladi. Oqshomda erkaklar 
kelishadi. (II kitob, 206-b.) Misollardan ma'lum bo'ladiki, o'zbek xalqi nutq 
odatida alohida olingan marosimlarda erkaklarning vazifalari, xatti-harakatlari 
hamda ayollarning vazifalari va har bir xatti-harakatlari izchillik bilan ishlab 
chiqilgan, adib aytganiday, yuz, balki ming yillar davomida shakllantirilgan. 
Shunday ekan, har bir jins vakillari o'z xoslik doirasidan chiqib ketmaydi. 
Asarda ko'plab uchragan misollar orqali ajratilgan mavzuiy guruhlar orasida 


34 
aza-motam yoki qayg'uli vaziyatlarda ishlatiladigan mulozamat shakllari alohida 
o'rin egallaydi. Bunday vaziyatda erkaklar nutqiga xos bo'lgan mulozamat 
shakllari, bizning tasavvurimizda, ayollar nutqida kuzatiladigan shu vaziyatdagi 
mulozamat shakllariga nisbatan birmuncha tor doirada, deb o
'
ylashimiz mumkin. 
Chunki, odatda, erkak kishi boshiga biron tashvish tushsa, uni boshqa birovga 
bildirishi, undan qandaydir munosabat, ayniqsa, taskin kutishi mumkin emas. 
Lekin asar bo'yicha to'plangan misollar tahlili buning aksini namoyon qildi. 
Erkaklar ham qayg'uli vaziyatda o'z dardini ma'lum usullar orqali ifodalar ekan. 
Bu ifoda uning xatti-harakatlari bilan bir qatorda nutqida ham aks etadi. 
-Yomonmas-ku, mozorimizdan avliyolar ketib qolishibdi... Odamlardan iymon 
ko'tarilganmikin... - He... tentak, shumi topgan gaping, nima ekan debman. (IV 
kitob, 61-b.) Hozir ham oshnasining gapni maydalashiga toqat qilolmadi: -
Yorilsang-chi! dedi u jerkib. - Mendan boshqa dardkashing bormi? ... Gapirish 
oson. "Yorilish" — xotinlarga xos. Erkak dardini aytguncha tolg'oq azoblarini 
boshidan kechiradi. (Ill kitob, 115-b.) Tilla tishlari sug'irib olingan odam 
ixrashlarini bas qilgan, ammo uning zorli ovozi Sharifning quloqlariga muhrlanib 
qolgan edi. Kap-katta erkak odamning soyishga mahkum etilgan buqaday o'kirishi, 
so'ng tul xotinday piqillab yig'lashi, keyin omonatini topshirishga qasd qilgan, 
so'nggi nafaslari bilan ingranayotgan bemor kabi ovoz chiqarishi faqat Sharifga 
atalganday edi. (I kitob, 104-b.) - Samandar ... oldimi? - dedi Jalil Asadning 
yengidan tortib. "Samandar o'ldi?!" "Samandar o'ldi..." Bu gap Asadning 
miyasiga to'qmoqdek urilib, tovonigacha zirillatib yubordi. Biroz nest bolib turdi-
da, keyin uyga otilib kirdi. Asad ota o'rnida ota bolib ukasini so'nggi makonga 
qo'yib keldi. Qo'ni-qo'shnilar uni katta odamday ko'rib, ta'ziya izhor etishdi. (I 
kitob, 172-173-b.) - Sochimni bo'yab qoraytirishdan maqsad qaytadan yosharib 
gunoh qilish emas. Qora to'n motam ramzi bo'lgani singari, sochimni 
qoraytirishdan maqsad – о'tib ketgan yoshligimga motam tutishdir...  
Biz misollarni berganda izohi bilan olishga harakat qildik, chunki bunday 
qayg'uli vaziyatning mohiyatini tushimtirish, dardning ko'lamini ochib berish 
uchun faqat bir gap yetarli bolmaydi. Erkaklar nutqida, xatti-harakatlarida ularning 


35 
kulfatga munosabatini adib mohirlik bilan ochib bera olgan. 
Ayollar bunday qayg'uli vaziyatlarda o
'
zlarini nisbatan erkin tutishlarini 
bilamiz. Asar qahramonlari holatida ham bu yaqqol namoyon boladi. Tongga 
yaqin onasining ingrayotganini eshitdi. (I kitob, 8-b.) Elchin birinchi kirganida 
"Oyijon!" deb o'zini himoya qilgan, jonholatda tipirchilagan qizni yenga olmadi. 
... Keyingi safar qiz "Oyijon!" deb baqirganida Noilaning nolasini eshitganday 
bo'ldi. (I kitob, 93-b.) Jarangdor ovoz dohiyning olim topganini e'lon qilgach, 
radio yonida olirgan shop mo'ylovli erkak "voy, otam", deb yiglab yubordi. Bir 
yigit hushidan ketib shilq etib yiqildi. "Voy, endi nima qilamiz?" deb bir ayol 
chinqirdi. (I kitob, 173-b.) Chunki ayol yuksak madaniyat sohibasi edi. Bu gapdan 
dahshatga tushmadi, uvvos tortib yig'lab yubormadi. Indamay burildi-da, katta 
xona tomon yurdi... Ayol sigaret tutatdi. (II kitob, 187-b.) "Tug'moq boru, 
ko'mmoq yo'q ekan-da.... " (II kitob, 188-b.) 
Nutqda doim iste'molda bolgan barcha boshqa vaziyatlardagi mulozamat-
manzirat shakllari haqida to'xtalar ekanmiz, asardan to'plangan misollardan 
namunalardan keltirib, bunday neytral vaziyatlarda erkaklarga ham, ayollarga ham 
birdek xos bo'lgan, yoki boshqacha qilib aytganda, jinsga ajratilmaydigan alohida 
nutqiy birliklarning talaygina ekanligini qayd qilamiz. Masalan, G'animlari bilan 
har kип, har soat olishuvchi, har daqiqa biror falokat ro'y berishi mumkinligini 
hisobda tutib yashovchi odam noxush damlarda tez fikrlashga, tez xulosa 
chiqarishga odatlanadi. (IV kitob, 24-b.) Ayollarning sochi uzun, aqli kalta, 
deganlar, ularning ko'ngli sezgir bo'lishini hisobga olmagan bo'lishsa kerak. 
Xonadonlari boshi uzra yopirilib kelayotgan abri baloni erlardan avvalroq 
sezadilar. Sezadilar-u, uni qaytarishga ojizlik qiladilar. (Ill kitob, 87- b.) Asadbek 
nima gapligiga tushundi. "Bundan kо'rо'ldirishgani yaxshiroq edi, - dedi о'ziga 
—o'zi, - bu shunchaki tasodif". (II kitob, 127-b.) 
Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, asar matnida uchraydigan turli situativ 
vaziyatlarda erkaklar va ayollarning lisoniy ifodalari o'ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. 


36 

Download 0,64 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish