Gender tilshunosligining Ozbekistonda rivojlanishi




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana02.02.2024
Hajmi0,64 Mb.
#150396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
sh.qurbonova o\'zbek tili badiiy matinlarini genter xususiyati bmi
Xumoyinmirzo topshiriq Botanika Slayd, Yong\'oqli dala xati, 1-amaliy mashg\'ulot, 3-mavzu, 1-amaliy, 2-mavzu, 1 ma`ruza, Borland C Builderda massivlar bilan ishlash, qozoqboyeva xayrinisobonu ona tili óqitish metodikasi amaliy ish, psixalogik xizmat asoslari, Axborot tizimlari amaliy, Ona tili va adabiyot darslarida og, 1-MAVZU taqdimt, savollar, 3 dekabr 4.2
1.3. Gender tilshunosligining Ozbekistonda rivojlanishi 
"Gender" atamasi 1968-yilda amerikalik olim Stoller tomonidan ilmiy 
muomalaga kiritilgan. Ilmiy adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha talqini 
mavjud. Gender inglizcha so'z bo'lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari 
ma'nosini bildiradi. Bu tushuncha erkak va ayol o'rtasida nafaqat biologik farqni, 
6
Qurbonova M.M., Boymirzaeva S. O'zbek tilshunosligi mamlakatimiz innovatsion taraqqiyoti 
ko'zgusida. 2011
.
 


18 
balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarni to'liq qamrab 
oladi. Erkak va ayollarga tegishli ijtimoiy bog'liqlik, xulq-atvor va kutilgan 
natijalarni ifodalaydi. "Gender feministik nazariyaning davomi sifatida vujudga 
kelgan yondashuvlar, feminizm (fransuzcha "feministe", lotincha "femina" - ayol) 
xotin-qizlarni kamsitishlardan xalos etishni targ'ib etuvchi, ular mavqeyini 
jamiyatdagi ijtimoiy voqealar hosilasi sifatida o'rganuvchi oqimdir." Demak, inson 
jinsda nafaqat fiziologik jihatdan farqlanadi, balki uning atrofidagilar bilan 
muomalasi, nutqi, va, hatto, dunyoqarashida ham jinsdagi o'ziga xos, farqli yoki 
mushtarak jihatlar namoyon bo'ladi. Ularni ilmiy tadqiq qilish gender 
tilshunosligining yanada boyishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. 
XX asrning 90-yillariga kelib dunyo tilshunosligida gender tilshunosligi 
borasida izlanishlar olib borish qizg'in tus oldi. Ayniqsa, bu borada rus 
tilshunosligida 
e'tiborga 
molik 
ishlar 
amalga 
oshirildi. 
Shuningdek, 
Z.Akbarovaning "O'zbek tilida murojaat shakllari va uning lisoniy tadqiqi" hamda 
N.Ahmedovaning "O'zbek tilida murojaat birliklarining semantik-konnotativ 
tadqiqi" mavzusidagi nomzodlik ishlarida jins anglatish maydoniga ko'ra murojaat 
so'zlar guruhining izohi haqida to'xtalib o'tilgan. Sh.Iskandarovaning "O'zbek nutq 
odatining muloqot shakllari" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida ayol va 
erkaklarga xos ba'zi lingvistik farqlar va "O'zbek tili leksikasini mazmuniy 
maydon sifatida o'rganish (shaxs mikromaydoni)" mavzusidagi doktorlik 
dissertatsiyasida jinsiy va fiziologik holat asosida farqlangan shaxs nomlari haqida, 
shuningdek, olimaning "Ayollar nutqida undov so'zlarning qo'llanishi", "O'zbek 
nutq odobini ifodalovchi paralingvistik vositalar" nomli maqolalarida ayollar 
nutqiga xos ba'zi lingvistik xususiyatlar haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. 
Jumladan, xotin-qizlarga xos xususiyatlardan biri ular his-hayajonlarining, 
holatlarining tez yuzaga chiqishidir, bu xuxsusiyat ko'proq nutqiy vositalar bilan 
ifodalanadi. Ayollar nutqida dialogga moyillik nisbatan ustunroq ekanligi 
Sh.Iskandarova tadqiqotlarida qayd etilgan. M.Saidxonovning "Noverbal vositalar 
va o'zbek tilida ularning ifodalanishi" mavzusidagi nomzodlik ishida o'zbek va 
boshqa millat ayollarining qayg'uni ifodalovchi usullari haqida to'xtalib o'tgan. 


19 
F.Musayeva esa "(O'zbek tilida biologik jinsni ifodalashning leksik-semantik 
usuli" nomli maqolasida erkak va ayol jinsi ma'nosini ifodalovchi leksemalar 
haqida ma'lumot beradi.Ushbu sanab o'tilgan tadqiqotlarda bir tomonlama, ya'ni, 
asosan ayollar nutqining ba'zi lingvistik xususiyatlari yoritilgan bo'lib, ularda 
gender atamasi umuman qo'llanilmagan va gender o'rganish obyekti sifatida tadqiq 
qilinmagan. Shunday bo'lsa ham, ko'rsatilgan tadqiqotlar O'zbekistonda gender 
tilshunosligining boshlanishiga va rivojlanishidagi ilk izlanishlar natijasi sifatida 
ahamiyatga molik. 
Respublikamizda gender tilshunosligi borasida dastlabki qadamlar 
qo'yildi. Jumladan, A.Morozova, I.To'xtasinov va G.Ergasheva kabi yosh 
olimlarning nomzodlik tadqiqotlari bunga yaqqol misoldir. A.Morozova gender 
masalasiga ispan tili materiallari asosida yondashib, "erkaklik" va "ayollik" 
konseptlari mazmuni, ularga xos gender stereotiplar tavsifi haqida ilmiy 
mulohazalar bildiradi. Uning tadqiqoti kognitiv yo'nalishda olib borilgan bo'lishiga 
qaramay, tadqiqotchi gender tilshunosligiga ham taalluqli fikr-mushohadalar va 
taxminlarini ilmiy asosda havola qiladi. I.To'xtasinov ingliz va o'zbek tillariga xos 
badiiy matnda qo'llanuvchi erkak hamda ayollarga xos fiziologik, ya'ni, yuz va 
tana tuzilishi bilan bog'liq leksik birliklarning gender farqlanishini qiyosiy-
tipologik aspektda keng ochib bergan. G.Ergasheva ingliz va o'zbek tilining 
frazeologik va paremiologik sistemasiga xos erkak va ayol tushunchalarining 
gender, pragmatik, kognitiv xususiyatlari, gender stereotiplarning o'zbek 
frazeologiyasidagi tavsifi, o'zbek paremiyalarining gender tahlili, ularning ingliz 
tilidagi ifodalari bilan o'xshash yoki noo'xshash jihatlari haqida fikr yuritadi. 
Jumladan, "Gender munosabatlarini o'rganish mamlakatimizda davlat siyosati 
darajasiga ko'tarilgan, chunki gender muammosi ma'naviyatni yuksaltirish, o'zlikni 
anglash, inson haq-huquqlarini poymol etmaslik kabi masalalarni ifodalaydi" - 
deya gender tilshunosligining aynan bugungi kundagi rivoji nechog'li ahamiyatli 
ekanligi ta'kidlanadi. 
Gender lingvistikasiga jiddiy e'tibor f.f.d., prof. Muhabbat Qurbonovaning 
tadqiqotlarida ham kuzatiladi. 2011-yilda chop etilgan "(O„zbek tilshunosligi. 


20 
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyoti ko'zgusida" nomli ilmiy maqolalar 
to'plamida S.Boymirzayeva bilan hamkorlikda "Tilshunoslikda gender tadqiqotlar" 
hamda "O'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari" respublika ilmiy-nazariy 
anjumani materiallari ilmiy to'plamida N.Rajabova bilan hammualliflikda 
"Diskursning gender xususiyatlari" nomli ilmiy maqolalari o'rin olgan. Bu kichik 
tadqiqotlarda tilshunoslikda gender yo'nalishning tadrijiy taraqqiyot yo'li, shu 
yo'nalishning paydo bo'lishiga turtki bo'lgan g'oyalar va ilmiy xulosalar, 
sotsiologiya, psixologiya va boshqa fanlarning tilshunoslik bilan umumiy tahlil 
usullarining paydo bo'lishi va ularning yangi yo'nalishlarga asos bo'lib xizmat 
qilishi haqida fikr yuritilgan. Ayniqsa, "Tilshunoslikda gender tadqiqotlar" 
maqolasida Muhabbat Qurbonova til va gender munosabati, jahon ilmiy maydonida 
gender atamasining ma'nolari, g'arb va rus tilshunoslarining bu yo'nalishdagi 
muhim ishlarini sanash bilan birga genderologiyaning umumlingvistik mohiyatini 
aniqlashga harakat qiladi. Dastlabki genderolingvistik tadqiqotlarda til 
vositalarining gender xosslalariga ko'proq e'tibor berilgan bo'lsa, hozirgi kundagi 
gender tadqiqotlarda erkak va ayollarga xos bo'lgan "lingvistik assimmetriya"ni 
aniqlash va uning ijtimoiy jins tushunchasi bilan munosabatini belgilashga 
qaratilgani haqli ravishda bayon etilgan. Har ikkala maqolada ham muallif gender 
tilshunosligining milliy xususiyatlari mavjudligini ta'kidlaydi. 
Shu bilan birga gender tilshunoslik tadqiqiga bag'ishlangan bir qator ilmiy 
maqolalar tadrijini ham kuzatishimiz mumkin. Masalan, "O'zMU yosh 
tadqiqotchilari ilmiy ishlari" (Toshkent, 2004) to'plamida nashr qilingan
M.A.Qurbonovaning "Grammatik jins va biologik jins tushunchalari talqini 
xususida" maqolasida J.S.Nesfildning "Jins otlarning ma'nolariga ko'ra farqlanadi. 
Erkaklik jinsidagi (мужской pofl)dagi otlarga so'zlar ma'lum darajada kuch, 
vahshat kabi ma'nolarni, ayollik jinsini ifoda etuvchi so'zlar muloyimlik, nafislik, 
g'amxo'rlik kabi ma'nolarni anglatishi kerak"
5
degan fikri iqtibos sifatida o'rinli 
keltiriladi. Maqolada muallif grammatik (formal) va biologik (real) jins 
tushunchalarini bir-biridan farqlash zarurligi, ular tilda so'zlarning mazmuniy 
hamda shakliy jihatlariga bog'liqligini misollar yordamida izohlashga harakat 


21 
qiladi. Ayni shu ilmiy to'plamda jurnalistika fakulteti magistranti Z.Tadjiyevaning 
'Gендерная проблематика в прессе" maqolasi ham o'rin olgan. Magistrant o'z 
kichik tadqiqotida bugungi kun matbuotida erkaklarga qaratilgan maxsus nashrlar 
va ayollarni qiziqtiruvchi alohida gazeta va jurnallar, maxsus u yoki bu jins 
vakillari 
e'tiborini 
tortuvchi 
rubrikalar, 
ommaviy 
axborot 
vositalarida 
qo'llanilayotgan so'zlarning gender jihatdan xoslanganligini "Xalq so'zi", "Правда 
Востока" hamda "Oila va jamiyat" gazetalari misolida o'rganib, o'z mulohazalarini 
bayon qiladi. 
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2011-yilda "Jahon adabiyoti" 
fanini o'qitishning dolzarb muammolari" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
to'plamiga kiritilgan N.M.Yuldashovaning 'Тендерные аспекты при изучении 
зарубежной литературы" va Sh.R.Sultonovaning "Badiiy asarlarda ayollar 
nutqining ta'sirchanligini ifodalash vositalari" nomli maqolalarida ham gender 
xususiyatlar o'zbek tili materiallari misolida tadqiq qilinadi. 
Lingvistikada gender masalalarga e'tiborning kengayib borishini biz 2013-
yilda chop etilgan "Tilshunoslikning dolzarb masalalari" (ilmiy maqolalar to'plami, 
VI kitob) to'plamida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Mazkur to'plamda gender 
masalalariga 
alohida 
"Genderologiya" 
bo'limi 
ajratilgan 
bo'lib, 
unda 
N.Bekmuhamedovaning "Tanishuv e'lonlarida uchraydigan xulq stereotiplarining 
gender aspekti xususida", B.Yo'ldoshev va K.Rajabovalar hammuallifligida 
yozilgan "Shaxs tavsifi uchun qo'llanuvchi zoonimlaming gender xususiyatlariga 
doir"
7
, M.Isayevaning "Badiiy dialogik nutqda qo'llanuvchi ba'zi vulgarizmlarning 
gender xususiyatlari haqida" deb nomlangan maqolalari o'rin olgan. 
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, o'zbek tilshunosligida ma'lum darajada 
gender lingvistikasi sohasida izlanishlar olib borilmoqda. Tadqiqotlarning asosan 
qiyosiy planda ekanligi, genderning faqat o'zbek tiliga xos og'zaki va yozma shakli 
alohida o'rganilishi va tahlil qilinishi galdagi vazifa sifatida bugungi tilshnoslar 
oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. 

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Gender tilshunosligining Ozbekistonda rivojlanishi

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish