KIRISH .............................................................................................................. 2-5
I BOB. TILSHUNOSLIKDA MATNNING O'RGANILISHI
1.1. Badiiy matn taraqqiyoti. Badiiy matnning o`ziga xos xususiyatlari ......... 6-12
1.2.Badiiy matnning gender tadqiqi xususida ................................................ 13-16
1.3. Gender tilshunosligining O'zbekistonda rivojlanishi ................................ 17-21
Bob bo'yicha xulosalar ................................................................................... 22-23
II BOB. GENDER TADQIQ MUAMMOLARI
2.1.Insonga xos tashqi ko`rinishni ifodalovchi gender stereotiplarning aks
etishi..........................................................................................................................24
2.2.Murojaat shakllari va mulozamat - manzirat ifodalovchi birliklarning gender
xoslanishi……………………………………………………………………………30
2.3.Qarindoshlik asosidagi shaxs nomlarining gender xususiyatlari…………...38
Bob bo'yicha xulosalar………………………………………………………...44
UMUMIY
XULOSA…………...…………………………………………………………46
ADABIYOTLAR
RO`YXATI………………...…………………………………………………49
7
I BOB. TILSHUNOSLIKDA MATNNING О‟RGANILISHI
1.1. Badiiy matn taraqqiyoti. Badiiy matnning o'ziga xos
xususiyatlari
Bugungi kunda jahon tilshunosligida matn va uning lisoniy tabiatini
o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar XX asr o'rtalaridan amalga oshirila boshladi.
Buni biz rus, ingliz, fransuz, nemis tilshunosligi kabi bir necha lingvistik maktablar
misolida ko'rishimiz mumkin.
Matn haqida fikr yuritishdan oldin uning qanday jarayon ekanligini aniqlab
olishimiz zarur. Matnning til tizimidagi o'rni haqida tilshunoslikda turli xil
qarashlar mavjud. Masalan, matnni nutqiy birlik sifatida talqin qiluvchi olimlar
uning belgilar tabiati nimalardan iborat, matnni nutqiy jarayon deb atash lozimmi
yoki matnni nutqiy jarayonning natijasi sifatida talqin etish kerakmi, matnni
og'zaki nutq bilan yoki yozma nutq bilan bog'lab o'rganish to'g'ri bo'ladimi, degan
savollarni kun tartibiga qo'ymoqdalar. Matnnig nutq kategoriyasi ekanligi masaiasi
psixolingvistikada "nutqiy jarayon" yoki "nutqiy faoliyat natijasi" sifatida
izohlanadi.
Matn tuzilishiga ko'ra og'zaki va yozma shakllarda bo'lishi mumkin. Rus
tilshunosi I.R. Galperinninig talqiniga ko'ra, matn har tomonlama mukammal
holatlarga keltirilgan yozma nutq mahsulidir.
XX asrning 2-yarmida tilshunoslikda yangi yo'nalish - "Matn tilshunosligi"
paydo bo'ldi. Bu nisbatan yosh soha bo„lgani uchun ham uning ichki tuzilishida
muayyan nazariyalar borasida hozirga qadar bir ilmiy qarorga kelinmagan.
O`tgan asrning 90-yillaridan boshlab o'zbek olimlari matn tilshunosligining
nazariy muammolari bilan shug'ullana boshladilar. Bu jihatdan B.O'rinboyev,
R.Qo`ng'urov, J.Lapasovlarning "Badiiy tekstning lingvistik tahlili" nomli o'quv
qo „llanmasini alohida qayd etishimiz zarur. Bu asarning kirish qismi "Tekst -
lingvistik tahlil obyekti " deb nomlanadi. Bunda matn tiplari, ularning umumiy va
o'ziga xos belgilari, matnning lisoniy tahlili, metodologik tamoyillari, matn
yaratish muammolari ifoda vositalarining tanlanishi va ularning matn tuzilishidagi
8
roli singari dolzarb masalalar o'zbek tilida berilgan misollar orqali yoritilgan.
A.Mamajonov 1989-yilda nashr qilingan "Tekst lingvistikasi" nomli qo`llanmasida
matn nazariyasi va matn tahlili bilan bog'liq masalalarga to'xtalgan.
O`zbek tilshunoslari A.Nurmonov va N.Mahmudovlar "O`zbek tilining
mazmuniy sintaksisi" asarida matn kategoriyasining o`rganilishi, matn sintaksisi
xususida nuhum ma'lumotlarni beradi.
M.Yo`ldoshevning doktorlik dissertatsiyasi badiiy matn lingvopoetikasiga
bag'ishlangan bo"lib, u mazkur tadqiqot bilan bog'liq bir qancha o'quv
qo'llanmalarni nashr qilgan: "Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari"
(Toshkent, 2007), "Badiiy matn lingvopoetikasi" (Toshkent, 2008), "Badiiy
matnning lisoniy tahlili" (Toshkent, 2010). Olimning asarlarida matnning nazariy
masalalari, uning maqomi, birliklari, matn turlari, matn tarkibiy qismlari, matn
tarkibiy qismini bog'lovchi vositalar, badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari (shakl
va mazmun birligi tamoyili; makon va zamon birligi tamoyili; xususiylikdan
umumiylikka o4ish tamoyili), badiiy matnni tahlil qilish usullari (lisoniy tabdil
usuli; matn variantlarini qiyoslash usuli; lug'atlarga asoslanish usuli; lisoniy
birliklar indeksini tuzish usuli), badiiy matnning lingvistik tahlili (badiiy matnning
fonetik-fonologik xususiyatlari, badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari,
badiiy
matnning
morfologik
xususiyatlari,
badiiy
matnning
sintaktik
xususiyatlari), badiiy matnda ko'chimlar kabi masalalar haqida ma'lumot beradi.
O'zbek tilshunosligida matn muammolari tadqiqida yana bir salmoqli ish
S.Boymirzayevaning
"O`zbek
tilida
matnning
kommunikativ-pragmatik
mazmunini
shakllantiruvchi
kategoriyalar"
mavzusidagi
doktorlik
dissertatsiyasidir. Mazkur tadqiqot ham o'zbek lingvistikasida matn tilshunosligi
yo`nalishining rivojiga zalvorli hissa qo'shdi.
Hozirgi paytga kelib, o'zbek tilshunosligida matn muammolarini tadqiq
etishda salmoqli yutuqlarga erishildi hamda lingvistikada "Matn tilshunosligi"
yo"nalishining mavqeyi yanada mustahkamlandi.
Matn
maqsad-mohiyatida
tilning
ikki
muhim
vazifalaridan
biri:
kommunikativ vazifa yoki estetik vazifaning qay biri yetakchilik qilishiga ko`ra
9
matnning ikki oppozitiv tipi farqlanadi, ya'ni badiiy matn va nobadiiy matn.
Asosiy maqsad-mohiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni badiiy matn
deyishimiz mumkin.
Badiiy matnning yaratilishi asosini badiiy uslub unsurlari tashkil etadi. Badiiy
uslub o'zbek tili vazifaviy uslublari orasida o'ziga xos mavqega ega bo'lib, ayni
paytda o'zining alohida me'yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish
imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo`lgan barcha lingvistik
birliklarning, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo`lgan elementlarning ham
ishlatilaverilishi va ularning muhim bir vazifaga badiiy-estetik vazifani bajarishga
xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati sanaladi. Shuningdek, badiiy
uslubda, xususan, poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me'yor talablariga
muvofiq kelmaydigan qator so'zlar ham ishlatilaveradi. Bu uslubda metafora,
metonimiya, sinekdoxa, mubolag'a singari badiiy vositalardan keng foydalaniladi.
O'zbek tilshunosligida badiiy matn tadqiqi sohasida jiddiy izlanish olib
borgan M.Yo'ldoshev badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari haqida quyidagi
fikrlarni ilgari suradi:
1. Shakl va mazmun birligi tamoyili.
2. Makon va zamon birligi tamoyili.
3. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash
tamoyili.
4. Badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyillari.
1
5. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqlash tamoyili.
1.
Shakl va mazmun birligi tamoyili. Borliqdagi narsa va hodisalar
o'rtasidagi aloqadorlik, bog'lanish turlaridan biri shakl va mazmun birligidir. Shakl
va mazmun munosabati tushunchasi har qanday matn uchun zaruriy omil
hisoblanadi. Faylasuflar mazmunga «muayyan narsa va hodisalarni tavsiflovchi
ichki elementlar va o'zgarishlarning majmuyi» deb baho beradilar. Shaklni esa
«mazmunni ifodalash usuli, tashkil etuvchisi» sifatida talqin qiladilar. Shakl va
1
Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi -Toshkent, Fan, 2008.
10
mazmun bir-biri bilan shunday bog`lanib ketganki, birida sezilgan nuqson
ikkinchisidagi butunlikka putur yetkazishi mumkin. Shakl va mazmun muvofiqligi
buzilsa, muallifning niyati to`la namoyon bo`lmay qolishi turgan gap. Bunda
asosiy e'tiborni matn va uning janr xususiyati o'rtasidagi muvozanatga qaratgan
holda, matndagi lisoniy birliklarning tabiatiga mosligi masalasini ham diqqat
markazidan qochirmaslik kerak.
Badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan mutlaqo o'ziga xos bo`lgan
murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun qanchalik muhim bo`lsa,
shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba'zan shakl, hatto, mazmun
darajasiga ko'tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga
daxl qilishi ham mumkin. Badiiy matnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi
mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnda,
eng avvalo, ana shu jihat, ya'ni shakl va mazmun birligi birlamchi tamoyil sifatida
nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi
muallif badiiy niyatining aniq va to„la namoyon boishi uchun jiddiy zamindir.
2.
Makon va zamon birligi tamoyili. Badiiy matnning til xususiyatlari
tekshirilayotganida undagi har bir hodisaga makon va zamon birligi tushunchasini
hisobga olib yondashish kerak. Har qanday asar davr va makon bilan bog'liq holda
yuzaga keladi. Tarixiy mavzudagi asar tilida muayyan zamon ruhini tashuvchi
voqealarning qaysi makonda, qanday muhitda yuz berayotganini oydinlashtiruvchi
leksik-grammatik birliklar ishtirok etadi. Makon va zamon birligi tushunchasi
badiiy asargagina xos belgi emas. U har qanday matn ko'rinishiga taalluqlidir.
Ushbu tamoyil asosida tahlil olib borilayotganda matn yozilgan davr, matnda
ko'tarilgan mavzu va matn birliklarining tabiatiga qarab diaxron va sinxron
aspektlardan biri tanlanishi kerak.
3.
Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini
aniqlash tamoyili. Tahlil etilayotgan matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga
munosabatini nazarda tutish ham yana bir tamoyildir. V.V.Vinogradov
"Badiiy adabiyot tili haqida" (1959) nomli asarida ta'kidlaganidek, badiiy
adabiyot tilining tarixiy harakatini umumxalq tili hamda uning turli tarmoqlanishi
11
tarixidan tamoman ajratilgan holda o'rganish mumkin emas. Badiiy matnning ikki
turini farqlash mumkin: 1) zamonaviy matn (bugun yaratilgan), 2) tarixiy matn
(o„tmishda yaratilgan). Zamonaviy matnning ham o„z navbatida ikki turini
kuzatish mumkin, ya'ni: a) bugungi kun mavzusidagi zamonaviy matn; b) tarixiy
mavzudagi zamonaviy matn. Masalan, S.Ahmadning "Azroil o„tgan yo'llarda"
hikoyasi bugungi kun mavzusidagi zamonaviy matn, M.Alining "Ulug" saltanat"
romani tarixiy mavzudagi zamonaviy matn, Navoiyning "Farhod va Shirin" asari
esa tarixiy matndir.
4. Badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyili.
Badiiy asardagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash ham muhim
tamoyillardandir. Bunday vositalarning lingvistik va badiiy mohiyatini ochib
berish orqali badiiy mazmunning shakllanishi va ifodalanishi mexanizmlarini aniq
tasavvur qilish mumkin.
5. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik
xususiyatlarini aniqlash tamoyili. Matn ichida qo'llanilgan o'zga matn
ko'rinishlarini (nazira, taqlid, naql, hadis, rivoyat, miflar, afsonalar, didaktemalar,
u yoki bu ijodkorning asari yoki parchasi kabi) aniqlash va ularning asar mazmuni
bilan qay darajada uyg'unligi, badiiy mazmun ifodasidagi o'rni, asosiy matn bilan
lisoniy va semantik boglanishidagi muhim holatlar haqida fikr yuritish badiiy matn
lingvopoetikasini ochishda favqulodda zarurdir.
O'zbek tilshunosligida badiiy matn tadqiqi sohasida jiddiy izlanish olib
borgan M.Yoldoshev badiiy matnni tahlil qilish usullari sifatida quyidagilarni
sanaydi:
1. Lisoniy tabdil usuli.
2. Matn variantlarini qiyoslash usuli.
3. Lug'atlarga asoslanish usuli.
4. Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli.
2
2
Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi -Toshkent, Fan, 2008.
12
1. Lisoniy tabdil usuli. Tabdil - «almashtirish, o'zgartirish, o'rin
almashtirish» degan ma'noni bildiradi. Ayrim adabiyotlarda o'zakdosh so'zlarning
juft holda qo'llanishiga nisbatan ham ishlatilishi mumkin. Asar tilining badiiyligi,
ishonarliligi, yozuvchining mualliflik mahoratini aniqlashda ushbu tahlil usuli
natijalaridan foydalaniladi. Asarda qo'llanilgan so'z yoki iboralarni, jumlalarni
qayta tuzib ko'rish, o'xshashi bilan almashtirib ko'rish va shu asosda baho berish
nazardatutiladi.
2.
Matn variantlarini qiyoslash usuli. Bu usul orqali ma'lum asar matni
boshqa variantlari bilan qiyoslanadi va lisoniy farqlaming mohiyati adib nuqtayi
nazari, badiiy-estetik niyati hamda asar g'oyasiga bog'lab yoritiladi. Yozuvchining
badiiy asar tili ustida ishlashini o'rganishda, yozuvchi tuzatishlarini ayni bir
mazmunni ifodalashga qaratilgan turli vositalarni aniqlashda va, umuman,
yozuvchining tildan foydalanishdagi mahoratini belgilashda bu usul yaxshi samara
beradi.
3.
Matn variantlarini qiyoslash usuli. Asar tili, ayniqsa, tarixiy mavzudagi
asar yoki tarjima asarlarining til xususiyatlari tekshirilayotgan paytda tegishli
lug'atlarga murojaat qilish lozim bo'ladi. Masalan, «Shayboniyxon» dostoni tilida
qo'llanilgan gudar, savash, sovut, sodoq, g'ul, tuv, baydoq kabi o'sha davr
ruhiyatiga mos harbiy atamalar ma'nosini bilish asarni puxta o'rganishga yordam
beradi.
J.Lapasovning «Badiiy matn va lisoniy tahlil» deb nomlangan qo'llanmasida
muayyan bir badiiy matnning lug'atini tuzish bo'yicha namunalar hamda lug'at
ustida ishlash bo'yicha muhim ko'rsatmalar berilgan. Olim to'g'ri ta'kidlaganidek:
«Badiiy matnning lisoniy tahlilini turli-tuman lug'atlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Lug'at ustida ishlash o'quvchi va talabalarning so'z boyligini, og'zaki va yozma
nutqini o'stirishning eng muhim omillaridan biri bo"lib hisoblanadi va shu lug'at
yordamida nafaqat so'zlarning tub ma'nosini, balki ko'chma ma'nolari, har bir
so„zning qaysi til unsuri ekanligi, etimologiyasi (so'zning kelib chiqish tarixi va
13
tadrijiy rivoji), tarkibi, ba'zan esa grammatik shakli bilan yaqindan tanishiladi».
3
4.
Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning lingvopoetik
tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklaming indeksini tuzib chiqish talab
qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko'p qo'llanilgan, asar badiiyati uchun
xarakterli bo'lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonimlar, antonimlar yoki epitetli
birikmalar, metonimiya, metaforalar bo'lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo
tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik
material vazifasini o'taydi.
|