14
Dastlabki genderolingvistik tadqiqotlarda til vositalaridan foydalanishning
gender xususiyatlariga ko'proq e'tibor qaratilib,
gender parametrlarining
tilshunoslikdagi o'rnini o'rganishga jiddiy ahamiyat berilmas edi. Hozirgi kunda
esa tilshunoslikda gender tadqiqotlarni amalga oshirishga qiziqish kuchayib
bormoqda,shuningdek, tilning jamiyatdagi o'rni haqidagi g'oyalar ham tubdan
o'zgardi.
4
Gender hodisalarining nutqiy muloqot va lisoniy faoliyatda voqelanish
jarayoni boshqacha mazmun va mohiyatga ega bo'lgan
lisoniy hodisalar bilan
mushtarakdir. Ma'lumki, so'zlovchi, qaysi jins yoki toifa vakili bo'lishidan qatiy
nazar, hamma uchun yagona bo'lgan lisoniy tizimdan foydalanadi. Ammo,
ta'kidlash o'rinliki, har bir shaxsning nutqiy yoki lisoniy qobiliyati va imkoniyat
darajasi turlicha bo'lishi aniq. Badiiy matnni, umuman, til birliklarini gendero
lingvistik tadqiq qilish bugungi kun tilshunosligining muhum vazifalaridan biridir.
Til va gender parametrlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni
tadqiq etish masalasi
g'arb va rus tilshunosligida ancha keng va atroflicha o'rganilgan, bu borada qator
tadqiqotlar olib borilgan va hozir ham davom etmoqda. O'zbek tilshunosligida ham
bu muammo qo'yildi. Ko'pchilik mutaxassislarning e'tiborini tortmoqda shular
jumlasidan: M. Qurbonova, S. Boymirzaeva, N.Bekmuxamedova va B.
Yo'ldoshevlarni misol qilishimiz mumkim. Mazkur
soha borasida muntazam
ravishda xalqaro konferensiyalar ham o'tkazilgan. Muhabbat Qurbonova
tadqiqotlarni kuzatib bu sohada ikkita jihatga alohida e'tibor qaratilayotganligini
ta'kidlaydi:
1. Ayol va erkaklar ma'lum bir voqelik yoki uning parchasini tasvirlashda,
yoki boshqa holatlarda fikrlarni o'ziga hos tarzda bayon etishi (nutqning gender
xususiyati);
2.
Muayyan til tizimida ayollik va erkaklik belgilari bilan bog'liq
tushunchalami ifodalovchi lingvistik vositalarning mavjudligi (til tizimida ayol va
erkaklarni
bir-biridan ajratish, farqlashg xizmat qiluvchi til birliklarini