JAMI :
100 ball
Quyidagi hollarda talabaning BMI 0 - 54% ball bilan baholanishi mumkin:
-talaba mavzuning mohiyati va ahamiyati, xususiyatlari to„g„risida tushunchaga ega bo„lmasligi;
-BMIni oldiga qo„yilgan talablar darajasida bajara olmasa, ko„chirmakashlik bilan bajarilgan
bo„lsa;
- juda ko„p imlo xatolarga yo„l qo„ysa;.
-bitiruv malakaviy ishini himoya qila olmasa, ya‟ni BMI himoyasida mavzuni bayon qilib bera
olmasa, ish haqida o„z tushunchasiga ega bo„lmasa.
4
Alisher Navoiy nomidagi Tosh DO`TAU O`zbek filologiyasi fakulteti
bitiruvchisi Qurbonova Shodiyaning «Badiiy matnning gender xususiyatlari»
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
ilmiy rahbar xulosasi
Bugungi kunda dunyo tilshunosligida tilni immanent o‟rganishdan tilni uning
egasi bilan bog'lab o'rganish, ya'ni antropotsentrik tadqiq usuliga o'tildi.
Masalaning bu tarzda qo'yilishi natijasida tilshunoslikning boshqa fanlar bilan
kesishish
nuqtasida
hosil
bo'lgan
sotsiolingvistika,
psixolingvistika,
lingvokulturologiya, kompyuter lingvistikasi kabi qator yo'nalishlar shakllandi.
Genderolingvistika sohasi ham ana shunday fanlardan bo'lib, unda til hodisasi
gender (jins) parametrlari yordamida tadqiq etiladi.
Har qanday matnda uning muallifiga xos qator belgilar, jumladan, jinsiy
belgilar o'z aksini topadi. Shu sababdan barcha matnlarni gender aspektda
o'rganish juda muhim xulosalarni ilgari surishga asos bo'lishi, shubhasiz.
Bitiruv malakaviy ishining 1-bobi "Tilshunoslikda matnning o'rganilish
muammosi" deb nomlanib, bu qismda matnning o'rganilish tarixi va taraqqiyoti,
badiiy matnning o'ziga xos xususiyatlari hamda gender tilshunosligining
O`zbekistonda rivojlanishi masalalari xususida fikr yuritiladi. Talaba bu qismda
mavzuga oid adabiyotlarga batafsil to'xtaladi, ayniqsa, o'zbek tilining gender
tadqiqiga bag'ishlangan ishlar tahlilga tortilgan va munosabat bildirilgan.
Bitiruv malakaviy ishining keyingi bobi badiiy matnni gender aspektda
o'rganish muammolariga, xususan, insonga xos tashqi korinishni ifodalovchi
gender sterotiplar, murojaat shakllari va mulozamat - manzirat ifodalovchi
birliklarning gender xoslanishi va qarindoshlik asosidagi shaxs nomlarining gender
xususiyatlariga to'xtaladi.
Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida leksik, morfemik, morfologik va sintaktik
vositalarning gender tadqiqi kabi masalalarga e'tibor qaratilladi.
Sh.Qurbonova ishni tayyorlash davomida gender tilshunoslikga oid
tushunchalarni o'zlashtirdi, gender tahlil haqida muayyan tasavvurga ega bo'ldi.
5
Umuman, mazkur bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatii tugalladi, talaba o'z
oldiga qo'ygan maqsadiga to'la erishdi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqgan holda ishni himoyaga tavsiya etaman.
filologiya fanlari doktori,
professor M.M. Qurbonova
7-may 2018-yil
llmiy rahbar
|