|
Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A
|
bet | 100/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1FYedirish. Ultrabinafsha spektr sohasida nurlanish chiqaradigan lazerlardan polimer va metall pardalarni bevosita yedirish uchun foydalaniladi. Yedirishning bir necha usullari mavjud: qattiq fazadan bug’lantirish yo’li bilan yedirish, lazer rag’batlantirgan yedirish. Bu amallardan integral sхemalar hosil qilishda keng foydalaniladi.
IX BOB. SIRT VA BIOFAOL FUNKSIONAL XOSSALARNI TADQIQOT USULLARI.
Potensiometriya, konduktometriya, elektroliz, adsorbtsiya.
Potensiometriya. Potensiometrik analiz usullari elektrod potensialini ochishga asoslangan bo’lib, elektrod potensiali bilan eritmaning konsentratsiyasi orasidagi bog’lanishni o’rganadi. Elektrolit eritmasiga elektrodlar tushirilganda, elektrod bilan eritma orasidagi sirt chegarasida potensial yuzaga keladi. Bu potensial Nernst tenglamasi yordamida ifodalanadi:
(9.1)
Bu yerda:
— elektrod potensiali, — volt bilan o’lchangan standart elektrod potensiali; — universal gaz doimisi, 8,314 J/(mol·K) teng;
— mutloq harorat;
— Faradey doimiysi, 96485,33 Kl•mol−1 teng; — jarayonda qatnashgan elektronlar soni;
va — yarim reaksiyada qatnashgan oksidlovchi va qaytaruvchilarning mos ravishdagi aktivligi.
Agar Nernst formulasiga F va R kiritib, natural logarifimdan o’nli lagarifimga o’tsak, T=298K da quyidagi formulani olamiz.
(9.2)
Potensiometrik analiz usullari bevosita va bilvosita usullarga bo’linadi. Bevosita usullarda moddalarning konsentratsiyalari va aktivliklari (pH, pM,
рА), dissotsiatsiya konstantalari (рKа, pKb), muvozanat va barqarorlik konstantalari, eruvchanlik ko’paytmalari va boshqa fizik-kimyoviy kattaliklar aniqlanadi.
Bilvosita usullar yordamida titrlash (protolitom etriya, oksredmetriya, kompleksimetriya va shu kabilar) davomida titrlashning oxirgi nuqtasi topiladi. Potensiometriyada potensialni o’lchash uchun indikator (vodorod selektiv shisha,
natriy yoki boshqa ionga selektiv shisha yoki membrana, metall, metall oksid va boshqa) va taqqoslash (normal vodorod, kumush xloridli, talliy xloridli, to’yingan kalomel va boshqa) elektrodlar ishlatiladi.
Potensiometriyaning ayrim ionlarni aniqlashga mo’ljallangan indikator elektrodlari ishlatiladigan sohasiga ionometriya deyiladi. Taqqoslash elektrodlari o’lchash davomida doimiy haroratda o’z potensialini o’zgartirmaydi. Potensiometrik titrlashning oxirgi nuqtasini topish uchun hisoblash, chizma (integral, differensial, ikkinchi darajali hosila, egri chiziqlarni to’g’rilash — Gran) va muayyan potensial (pH) gacha titrlash usullari mavjud.
|
| |