2. O’zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishla
Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo’naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to’la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki hisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki hisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo’la olmaydi. Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellectual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».1 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»2.
Chet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko’rinishidagi muddatli qo’yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: qo’shma korxonalarni tashkil qilishda o’z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to’la tegishli bo’lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli
qog’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
O’zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun
qulay investitsiya muhitini yaratish bo’yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.
Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:
iqtisodiy barqarorlik;
inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-so’mning to’lov qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud:
investitsiya loyihalari bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish;
sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg’i, energetika majmualari bo’yicha investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish;
iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bo’yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.
Investitsiyalarning eksporti va importi.
Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. Xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib o’tadi. Bu haqda bevosita va portfelь investitsiyalar hajmining umumiy o’sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, yevrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir
o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya
muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investitsiyalar ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chuqurlashtiradi.
Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migratsiyasi quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin:
chetga chiqarilayotgan kapital o’rnini qoplovchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilmaslik chetga kapital chiqaruvchi mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarini sekinlashtirishi mumkin;
kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik darajasining pasayishiga olib keladi;
chetga kapital chiqarish mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir kiladi.
Kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlar uchun esa quyidagi ijobiy tomonlar xos:
boshqariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy o’sishiga yordam beradi;
jalb qilingan kapital qo’shimcha ish o’rinlarini yaratadi;
xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)ni tezlashtiradi;
kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat to’lov balansining yaxshilanishiga olib keladi.
O’z navbatida kapitalni jalb qilishning salbiy oqibatlari ham mavjud:
xorijiy kapital milliy kapitalning o’rnini egallab, uni foyda normasi yuqori tarmoqlardan siqib chiqaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin;
kapital importi ko’pincha retsipient mamlakat bozorlarida o’z hayotiy tsiklini o’tab bo’lgan tovarlarni o’tkazish bilan bog’liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog’liq bo’ladi;
ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi;
moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar yetkazadi.
Misol uchun 1997 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvida xorijiy investitsiyalarning o’rni
|