|
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari
|
bet | 7/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 46,64 Kb. | | #114802 |
Bog'liq Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari3. O’zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari
Chet ellik investor xalqaro huquq printsiplari va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
-investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash;
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
-o’zining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. CHet ellik investorning qaroriga binoan
investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaxsga berilganda taraflarning o’zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;
-O’zbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O’zbekiston Respublikasida patentlashtirish to’g’risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);
-O’zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag’lari jalb etish;
-o’z hisobvarag’idagi milliy valyuta mablag’laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;
-O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o’ziga mulk huquqi asosida qarashli bo’lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablaјlarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari bo’yicha ta’min sifatida foydalanish;
-o’z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;
-davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.
Chet ellik investor O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. 2009 yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi.8 Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan.
Quyida berilgan jadvalda mamlakatimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalarni yillar bo’yicha o’zgarish dinamikasi keltirilgan. Jadvalda ko’rinib taribdiki 2009 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi salkam 2,9 mlrd.AQSh doll. tashkil etan. Bu ko’rsatkich 2008 yildagidan 1 mlrd.AQSh dollardan ortiqroq hajmda o’sgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan.
Ushbu yaratilgan investitsiya muhiti iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yildan-yilga ortishiga olib kelmoqda.
Jadvalda ko’rinib turibdiki, 2008 yilda jami 8483,7 mlrd.so’mlik investitsiya mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarining asosiy kapitaliga kiritilgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotning transport va aloqa tarmoqlariga yo’naltirilgan bo’lib u 2227,6 mlrd.so’mni yoki umumiy investitsiya hajmiga nisbatan 26,3 % tashkil etdi. Shuningdek yoqilg’i-energetika sanoatiga 1170,2 mlrd. so’m yoki umumiy investitsiya hajmiga nisbatan 13,8 %, geologiya va geologiya qidiruv sohasi uchun 903,8 yoki umumiy investitsiya hajmiga nisbatan 10,7 % va metallurgiya sanoatiga 430,2 mlrd.so’m (5,1%) investitsiya kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish
tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi.
Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.
|
| |