|
Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
|
bet | 8/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 46,64 Kb. | | #114802 |
Bog'liq Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlariInvestitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi.
Me’yoriy-huquqiy xujjatlar
25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
01.08.2018 yildagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
11.04.2005 yildagi PF-3594-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
10.04.2012 yildagi PF-4434-sonli “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
17.01.2017 yildagi PF-4933-sonli “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
Huquq va kafolatlar
Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-qonuniylik;
-oshkoralik va ochiqlik;
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
-adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’ektlarining tengligi;
-investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
-investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi.
-O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga;
-investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga;
-o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga;
-investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig‘imlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to‘lovlar deb yuritiladi) to‘langanidan so‘ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga;
-o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga;
-o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga;
-kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga;
-davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli.
-birja, tanlov va tender savdolarining, elektron do‘konlarning va kim oshdi savdolarining ishtirokchisi bo‘lishga;
-investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishga;
-agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘zining investor oldidagi majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
-chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud ko‘paytirish uchun boshlang‘ich va qo‘shimcha summalar;
-investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
-yetkazilgan zararlarning o‘rnini ushbu Qonunga muvofiq qoplash sifatida olingan mablag‘lar;
-shartnomalar shartlarini bajarish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlar;
-chet el investitsiyalarini to‘liq yoki qisman sotishdan tushgan tushum;
-nizoni hal qilish oqibatida, shu jumladan har qanday sud yoki arbitraj qarori oqibatida yuzaga keladigan to‘lovlar;
-xodimlarning ish haqi va boshqa to‘lovlari;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag‘lar.
-repatriatsiya tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki investorning chet elga o‘tkaziladigan daromadlari (foydasi) miqdorini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablar joriy etilganda, bundan investorning mablag‘larini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to‘lovga layoqatsiz va bankrot bo‘lgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs bo‘lgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni to‘xtatib turishning boshqa zarurati bo‘lganda qonun hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qo‘llash shartlari asosida to‘xtatib turish mustasno;
-investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlariga son jihatdan cheklovlar va investitsiyalarning miqdori bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini ko‘paytirish tarzidagi qo‘shimcha talablar joriy etilganda;
-chet ellik investorning O‘zbekiston Respublikasi korxonalarining ustav fondlaridagi ulushli ishtiroki bo‘yicha cheklovlar joriy etilganda;
-chet ellik investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tartib-taomillar, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablar joriy etilganda.
-korxona tashkil etilganda — u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran;
-mol-mulkni, ulushlarni, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan emitentlangan aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga, turar joylarga va ular joylashgan yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (jumladan, ijara asosida egalik qilish va foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini olishda — mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni mustahkamlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
-intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni, shu jumladan mualliflik huquqlarini, -patentlarni, tovar belgilarini, foydali modellarni, sanoat namunalarini, firma nomlarini va nou-xauni, shuningdek ishchanlik obro‘sini (gudvillni) kiritishda — intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
-konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirishga, o‘zlashtirishga, qazib olishga yoxud ulardan foydalanishga doir konsessiyalarni olishda — konsessiya shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran;
-O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasida bir vaqtning o‘zida investitsiya majburiyatlarini mustahkamlab qo‘ygan holda investitsiya qilishda — shartnoma kuchga kirgan sanadan e’tiboran;
-O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda investitsiya qilishda — investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyati amalga oshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjat kuchga kirgan sanadan e’tiboran.
Xulosa
Bugungi ishdan xulosa qilib shuni ayta olamanki investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi va investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar berish, bu faoliyat sub’ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi. Investitsiya munosabatlarining mohiyati bu faoliyat ishtirokchilari doirasida va darajasida o’z ifodasini topadi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
|
| |