|
Aqliy (intellektual) investitsiyalar
|
bet | 3/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 46,64 Kb. | | #114802 |
Bog'liq Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlariAqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular
mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, Tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro investitsiyalar ko’rinishiga ham ega bo’ladi. Quyilish ob’ektiga, yo’naltirilayotgan sohalar va ularni ishlatishdan olinadigan natijalarga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.
Real investitsiyalar – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy
aktivlariga sarflanishidan iborat. Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik hollarda investitsiya loyihalari doirasida amalga oshiriladi. SHuningdek, real investitsiyalar real kapitalning o’sishini, ya’ni ishlab chiqarish mablag’lari, moddiy boyliklarning o’sishini ta’minlashi zarur.
Moliyaviy investitsiyalar deb aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa
qimmatli qog’ozlar uchun sarflangan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar buyum
ko’rinishdagi kapitalning o’sishini o’zida mujassam etmasada, lekin foyda, shu jumladan, spekulyativ foyda, ya’ni qimmatli qog’ozlar kursi o’zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda keltiradi. Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq) bo’ladi. Masalan, oddiy aktsiyalarning muomalada bo’lishi umuman biror bir muddat bilan cheklanmaydi. Mulk shakllaridan kelib chiqib investitsiyalar xususiy, davlat, qo’shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo’yilishini anglatadi.
|
| |