• Moliyaviy investitsiyalar
  • O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi




    Download 46,64 Kb.
    bet2/9
    Sana09.12.2023
    Hajmi46,64 Kb.
    #114802
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlari

    1.O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi
    O’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to’g’risida”gi qonunida ko’rsatilishicha,
    “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paytlar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”1. Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan.
    «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. Keng
    ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
    boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
    Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda
    me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor
    talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta,I
    nvestitsiya funktsiyasining grafigi investitsiyalarni o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab qo’yadi.
    Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda
    qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda
    uchta turini ajratish mumkin.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzuuskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.

    Download 46,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 46,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi

    Download 46,64 Kb.