|
Vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
|
bet | 4/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 46,64 Kb. | | #114802 |
Bog'liq Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlariDavlat investitsiyalari - bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat byudjeti mablag’lari ko’rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan mabalag’laridir.
Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati
sub’ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo’lgan xususiyatdir.
Investitsiya faoliyatining ob’ekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatining sub’ektlaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat sub’ektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchilar (investorlar) quyidagi belgilari
bo’yicha tasniflanadi.
1. Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va boshqa sohalardagi aktsiyadorlik jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ladi.
2. Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar. Ular o’z oldiga kompaniyalarni boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo’yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketini sotib olish yoki ularning ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar.
3. Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy investorlarga ajratiladi.
|
| |