|
Globallashuv jarayoniga qo’shilish
|
bet | 6/9 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 46,64 Kb. | | #114802 |
Bog'liq Xorijiy investisiyalar mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investorlarning xuquqlariGloballashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning kuchayishi va boshqa bir qator belgilar ham xosdir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsion faollik va jahon iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini boshidan kechirayotgan davlatlarning xalqaro mexnat taksimotidagi roli ortib borayotganligi ham unga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
MDH mamlakatlarining paydo bulishi bilan xorijiy investorlarning investitsion faoliyatlarini amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar maydoni paydo bo’ldi. Shuni aytish kerakki, xorijiy investorlar bu masalada katta tajribaga ega. Albatta bu masalaning bir tomoni bo’lsa, ikkinchi tomoni investitsiyalar qabul qiluvchi (MDH) davlatlar uchun zamonaviy ishlab chiqarish vositalarini qabul qilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol deb qarash kerak emas, chunki, investitsiyalar-iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uni olg’a siljituvchi kuchdir.
Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. O’zbekiston iqtisodiyotida chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ma’lumki xorijiy investitsiyalar iqtisodiy rivojlanish garovi, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Yaqin yillargacha faqat xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan O’zbekiston bugun dunyo xaritasida o’zining munosib o’rnini egallashga, boshqa taraqqiy topgan mamlakatlar, avvalambor, AQSh, G’arbdagi demokratik davlatlar, sharqdagi Yaponiya, Koreya, Malayziya yoki shunga o’xshash davlatlarga teng bo’lishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunda birinchi galdagi chet el sarmoyalari, chet el investitsiyasi nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu davlatlarning tarixi shuni ko’rsatadiki, agar bu xorijiy malakatlarga sarmoya kelmasa, investitsiya kelmasa, hech qachon bu davlatlar bugungi rivojlanish darajasiga ko’tarila olmas edi.
O’zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O’zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo’lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jihatdan xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi. Strategik investorlar ko’p miqdordagi mablag’larni birinchi navbatda iqtisodiyoti o’z ichki imkoniyatlari asosida barqaror va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo’naltiradi. Aynan shunday mamlakatlardagina qo’yilgan mablag’lar saqlanishiga va barqaror foyda olishga mo’ljal qilsa bo’ladi. Ichki va chet el investorlarini birinchi navbatda minimal darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul istiqbollar qiziqtiradi. Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy jarayonlar hisoblanib, jahon bozori bilan o’zaro yaqin va to’liq bog’liqlikda bo’ladi. Shu nuqtai nazardan u ko’pgina iqtisodiy jarayonlarni o’zida qamrab oladi. Xorijiy investitsiyalar bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish sur’atlarini tezlashtirish imkonini beradi. Eng muhim yo’nalish sifatida xorijiy investitsiyalarni jalb etishni o’z ichiga olgan investitsiya faoliyatining jadallashuvi bugungi kunda o’tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar uchun ayni muddao. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish u yoki bu mamlakatda olib borilayotgan siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarga bog’liq.
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli
O’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. O’zbekiston jahon hamjamiyati oldida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zaxirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshqalar bilan muhim rol uynaydi. Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy tushunchalaridan biri investitsiyalar tushunchasi bugungi hayotimizga keng va tez kirib kelishining o’zi uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko’rsatadi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalarning sonini tobora ortib borishi va barpo etilayotganligi hukumatimizning bu sohaga bo’lgan katta e’tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va o’rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy kon’yunktura holati, ichki bozor sig’imi hamda tovarlarni tashqi
bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelmoqda.
O’tgan yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarningninvestitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy iqtisodiyotimizni barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli «O’zbekiston Respublikasining 2010 yilga investitsion dasturi haqida»gi Qarori5 tasdiqlangan bo’lib, ushbu dastur asosidagi capital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida bank tizimi investitsion kreditlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Buni quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimizdagi investitsiya jarayonlarining takomillashib borayotganligi namoyon etuvchi yana bir jihat – davlat byudjetidan moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o’zgarib borayotganligi hisoblanadi.
Investitsiya jarayonlariga davlat byudjetidan moliyalashtirilgan mablag’lar dinamikasi shuni ko’rsatadiki, agar 2005 yilda davlat byudjetdan moliyalashtirilgan mablag’larning 36,2% respublika byudjeti, 63,8% mahalliy byudjet hisobiga ta’minlangan bo’lsa, 2009 yilda bu nisbat tegishli ravishda 35,5% va 64,5% ni tashkil etishi ko’zda tutilmoqda. Bu esa investitsiya jarayonlarini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning ishtiroki va roli kengayib borayotganligini ko’rsatadi.
|
| |