• 2.Eng qadimgi yozma manbaalarda ta’lim-tarbiya masalalari.
  • Pedagogika tarixi fani quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi




    Download 0,96 Mb.
    bet151/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Pedagogika tarixi fani quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi:


    1. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.

    2. IX-XII asrlarda pedagogik fikrlar taraqqiyoti.

    3. XIV-XV asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.

    4. XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.

    5. XIX asrning II-yarmi va XX asr boshlarida tarbiya va pedagogik fikrlar.

    6. 1917-1990-yillarda O‘zbekistonda maktab va pedagogika fani.

    7. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va pedagogik taraqqiyoti.

    8. Jahon pedagogika fanining rivojlanishi tarixi.

    2.Eng qadimgi yozma manbaalarda ta’lim-tarbiya masalalari.


    Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
    Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
    Ushbu elatlar yashagan hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o‘lkalarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro‘y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo‘lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so‘ngra Sosoniylar va nihoyat Turk xoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.
    Ajdodlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va
    forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.
    Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: YE.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo‘minov, B.G‘afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O‘.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.
    Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘ot at-turk” kabi asarlari, shuningdek, O‘rxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham o‘z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo‘lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o‘zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.
    Eramizdan oldingi ming yillik o‘rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So‘g‘d, Kushon, Run (O‘rxun- Enasoy), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o‘tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yozuvlari qo‘llanilgan.
    Eramizdan oldin taxminan 484(480)-431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. “Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir”, - deydi olim. Shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to‘g‘ri so‘zlikka o‘rgatilgan. Bolani besh yoshgacha
    otasiga ko‘rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining qayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar.
    O‘g‘illar hech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
    Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. Shu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar107.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika tarixi fani quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganiladi

    Download 0,96 Mb.