• Muhammad al-Xorazmiy
  • Uyg‘onish davri mutafakkirlari asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining aks etishi




    Download 0,96 Mb.
    bet164/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Uyg‘onish davri mutafakkirlari asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining aks etishi.


    Qomusiy olimlar o‘z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e’tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al- Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ilm-fanning muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o‘rin egallaydi.
    Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o‘z davrigacha bo‘lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o‘rgandi va o‘zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi.
    Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala” asarida (“aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo‘llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi – algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo‘lim kiritiladi; ikkinchsi – geometrik qism. U algebraik usul qo‘llab o‘lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
    Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraktsiya tushunchasini kengaytiradi. Induksiya yo‘li bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. “Al-jabr val- muqobala” asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib, o‘zidan avvalgi bilimlarni o‘rgandi va ularni sintezlashtirdi hamda amalda qo‘llash usullarini bayon etdi.
    Muhammad al-Xorazmiy o‘sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi:
    ax2 h vx(1) ax2 h s
    vx2 h s x2-vxhs x2-shvx x2hvx-s
    Mutafakkir ushbu tenglamalarni yechish uchun “Al-jabr” val-muqobala” (“tiklash” va “qiyoslash”) amallarini kiritdi. Bu amallarning mohiyati tenglama hadlarining ishorasini o‘zgartirgan holda ularni bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tkazish va yig‘ishdan iboratdir. “Al-jabr” keyinchalik matematika fanining alohida bo‘limiga aylandi va “algebra” deb ataladigan bo‘ldi. Mazkur amallar yordamida har qanday tenglamani kononlik shakliga, ya’ni asosiy tiplardan biriga keltirib, keyin yechiladi. Bu usul fan olamida muhim ahamiyatga ega edi. Shu asar tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkriptsiyada “Algoritmi” shaklini oldi, keyin “Algoritmus” va nihoyat hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi “algoritm” (“algorifm”) ga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo‘llarini ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo‘lgan hisoblarni ta’lif etdi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uyg‘onish davri mutafakkirlari asarlarida ta’lim-tarbiya masalalarining aks etishi

    Download 0,96 Mb.