to ‘rtlik
shaklidagi band
tuzilmasidir. Barcha to’rtliklaming
tea’s (t) Q teas (t) — antitezis (a) va sintez —
35
Qosimov B. Milliy uyg`onish. –T.: “Ma’naviyat” 2002. -395 b.
41
xulosa (s)
ning o’zaro almashinuvi negizida qurilishi an’anaviydir. O’z navbatida.
to’rtlik kompozitsion tuzilmasi ham to’rt tipda keng tarqalgan:
Birinchi kompozitsion tipdagi to’rtlikning I- va 2-satrlari o’zaro birikib, bitta
tezisni ifodalasa, 3- va 4- misralari ham o’zaro birikib bitta sintez (xulosa)ni
ifodalaydi. Natijada u T + T + S + S shaklida namoyon bo’ladi:
36
Oʻzbek adabiyotiga yangicha yoʻnalishlar kiritgan shoir Furqat XIX asrning
uchinchi choragida adabiyotimiz maydoniga kirib keldi. Adabiyotshunos olim
Begali Qosimov uning asosan, lirik shoir ekanligini ta’kidlaydi. “Garchi u oʻzbek
tilidagi ilk gazetada ishlagan, oʻnlab maqolalar e’lon qilgan birinchi oʻzbek
gazetachisi, “Sarguzashtnoma”dek asar yozgan nosir boʻlsa-da, xalq qalbida
koʻproq shoir sifatida qoldi”. Bu fikrlar isboti oʻlaroq, u oʻzbek adabiyotida
gumanistik lirikaning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan shoir sanaladi.
Furqatning lirik merosi oʻzbek mumtoz adabiyotining go'zal namunalaridandir. U
ehtiros toʻla gʻazallari, erkka tashna musaddaslari, hijron iztiroblari barq urib
turgan she'riy maktublari bilan adabiyotimizga toza, tiniq ohanglar olib kirdi.
Furqat ijodini oʻrganar ekanmiz, undagi janrlar xilma-xilligi va rang-barangligini
kuzatishimiz mumkin. Furqat, avvalambor, lirik shoirdir. Uning ijodida gʻazal,
muxammas, musaddas, manzuma, masnaviy kabi janrlar yetakchi oʻrin egallaydi.
Xususan, dastlab uning ijodidagi gʻazallarga e'tibor qaratadigan boʻlsak, ularning
mavzu koʻlami kengligi, ehtirosga toʻlaligi kitobxonni oʻziga tortadi. Shoirning har
bir gʻazali oʻziga xos tuzilishga, ifoda va ruhiyatga ega. Gʻazallarda qoʻllangan
qofiya, radiflar-u badiiy san'atlar ijodkor maqsadini, uning ruhiyatini ochib
berishga alohida xizmat qilgan. Shoir lirik merosining salmoqli qismi g‘azallar
bo‘lib, ularning soni 200 atrofida: mavzulari, umumiy olib qaralganda, odam
vaolam haqida. Inson – odamning ma’naviy dunyosi, mehri va qahri haqida,
olamning obodligi, betimsolligi, olam va odam munosabatlari xususidadir. Furqat
birinchi navbatda Navoiy va Fuzuliyni oʻziga ustoz deb biladi. Koʻproq shulardan
36
Qosimov B. Milliy uyg`onish. –T.: “Ma’naviyat” 2002. -395 b.
42
ilhom oladi. Ba’zan bu ilhom mavzu va ohang uygʻunligi darajasiga koʻtariladi.
Oʻz ijodining boshida uning yozgan g‘azallari mumtoz adabiyot namunalariga xos
latif lavhalardan iboratligi haqida akademik Aziz Qayumov tomonidan uning
gʻazallarini nashrga tayyorlagan adabiyotshunos A.Turdialiyevning “Muhabbat
yoʻlida” nomli she’riy toʻplam soʻzboshisida e’tirof etiladi. Unda:"yor goʻzalligi,
uning nafosatli surati, bezaklarining oʻziga yarashganligi, dilni maftun etuvchi
fusunkor chiroyi oʻz aksini topgan"22,-deydi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va
bahor goʻzalligi, joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot
shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman,
odam va olam, kishilarning maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan.
Masalan, “Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa”, “Umr xush oʻtmas
bahor ayyomi sahro boʻlmasa”, Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang”,
“Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo istab”, “Fasli navbahor oʻldi
ketubon zimistonlar” kabi misralar bilan boshlanuvchi gʻazallari, “Etti falak”,
“Biri”, “Istar koʻngul”, “Doʻst”, “Kokulung” radifli muxammaslari, Navoiy
gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan
yetuk namunalari hisoblanadi. Ta’kidlab oʻtganimizdek, Furqat o‘zbek adabiyotida
mashhur g‘azalnavis shoir sifatida qadrlanadi. Shoirning bir qator g‘azallari aruz
vaznidagi mumtoz lirikamizning go‘zal namunalari hisoblanadi. Jumladan:
Yashnab oʻtsang lolagun xil’at kiyib, aylab shitob, Tushmagʻaymu rasa ahlin
jonlarigʻa pechu tob. bayti bilan boshlanuvchi gʻazali an'anaviy 7 baytni tashkil
etadi. Qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, s-a va hokazo. Ushbu gʻazal aruzning
ramal bahrida yozilgan boʻlib, ramali musammani mahzuf tarzida boʻladi.
Gʻazalning gʻoyaviy mazmuniga kelinadigan boʻlsa, ushbu gʻazal ishqiy-intim
lirikaning ajoyib namunasi boʻla oladi. Volai ruxsoring, ey, gul, gulshan ichra
andalib, Ishqing emas, shavqing oʻtida oʻrtanib boʻlsa kabob. Aytib oʻtganimizdek,
shoirning bu gʻazali ishq-muhabbat mavzusida yozilgan boʻlib, lirik qahramon
toʻgʻridan toʻgri yorga murojaat qiladi (ey, gul) Furqat lirikasida oʻzini bulbulga
qiyos etishining koʻplab namunalari uchraydi. Yuqoridagi baytda ham buni
koʻrishimiz mumkin (andalib-bulbul). Buning asosiy sababi esa Furqat taqdir
43
taqozosi va davr oʻyinlari bois yurtidan olislarda yashashga majbur boʻladi. Bu
holdan chuqur qayg'uga tushgan shoir oʻzini gulzoridan ayrilgan bulbulga qiyos
etadi. Buni uning "Adashganman" muxammasida ham kuzatishimiz mumkin: Kishi
holimni bilmas mehribonimdin adashganman, Vatan ovoradurmen bo'stonidin
adashganman, Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman, G'aribi kuyi
g'urbat xonumonidin adashganman, Va yo bir murg'i vahshiy oshyonidin
adashganman. "Fasli navbahor oʻldi ketibon zimistonlar…" misralari bilan
boshlanuvchi gʻazalga e'tibor qaratadigan boʻlsak, ushbu gʻazal tabiat lirikasining
go'zal namunasi hisoblanadi. Unda koʻklam kelishi bilan tabiatda roʻy berayotgan
oʻzgarishlarni sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari oʻz ifodasini
topadi. Shoir oʻtkinchi umrni goʻzallik qoʻynida ezgulik bilan oʻtkazishni istaydi.
Chunki bahorgina emas, umr ham oʻtkinchi - "gʻanimat": Fasli navbahor oʻldi,
ketibon zimistonlar, Doʻstlar gʻanimatdur, sayr eting gulistonlar. Bu gʻazal aytib
oʻtganimizdek, tabiat mavzusida yozilgan gʻazal boʻlib, 8 baytni tashkil etadi.
Vazni: hazaji musammani ashtar vaznida boʻlib, bu gʻazalning e'tiborli jihati -
unda radif qatnashmagan. Bilamizki, gʻazalda badiiy san'atlarlardan unumli
foydalanish ijodkor ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Shoirning bu gʻazalida
ham badiiy san'atlarning bir necha turi qoʻllangaligini koʻrishimiz mumkin.
Xususan, yuqoridagi birinchi baytda tazod (zimistonlar - gulistonlar) san'ati
qoʻllangan. Keyingi baytlarda ham turli xil badiiy san'atlarlarni tahlilga tortishimiz
mumkin: Nastaran yuvib yuzni, yosumon tuzib o‘zni, Nargis ochibon ko‘zni
intizori yoronlar. Yuqoridagi misralarda tanosub san’atining o‘ziga xos
namunalari: nastaran, yosuman, nargis kabi so‘zlar orqali ochib berilgan. Qumrilar
qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.
37
Tanosub - qumrilar, bulbul, gul, sarv. Intoq-bulbulning oh-u fig'on chekishi;
Intoqmumtoz adabiyotda jonlantirishning bir turi sifatida qaraladi, ya'ni u nutq
bilan bogʻliq badiiy sanʼat boʻlib, narsa va hodisalarni nutq egasi sifatida
37
Qosimov B. Milliy uyg`onish. –T.: “Ma’naviyat” 2002. -395 b.
44
tasvirlaydi. Yuqoridagi baytda ham u ifoda koʻlamini yanada oshirishga, tasvirning
ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qilgan. Bulbul oʻqug‘och yig‘lab subhidam
xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Tashxis-bulbul
oʻqugʻoch yigʻlab; Mumtoz adabiyotda eng keng tarqalgan badiiy sanʼat turlaridan
biri. Unda shaxsga xos sifatlarni jonsiz narsa va hodisalarga beriladi. Ikkinchi
misrada ham shoir gʻunchaning qizarishini "qon yutish" bilan qiyoslab,
jonlantiradi. Furqat ijodini oʻrganar ekanmiz, shoir lirikasining mavzu koʻlami
kengligi, tasvir ifodasining ta'sirchanligi, lirik qahramon ruhiyatining toʻlaqonli
ochib berilishini koʻrishimiz mumkin. She'rlarida qoʻllangan tasviriy vositalar va
badiiy sanʼatlar shoirning poetik mahoratidan dalolat berib, ijodkor tilining
lug'aviy boyligi va soʻz qoʻllash mahoratini belgilashda alohida ahamiyatga ega.
O’zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, milliy uyg’onish adabiyoti-
ning poydevorini qo’ygan mashhur ijodkorlardan biri Zokirjon Xolmuhammad
o’g’li Furqat ijodini o’rganish, uni yangicha talqin qilish, uning hayot va jamiyat,
inson falsafasiga oid qarashlarini tahlil qilish kabiyana ko’plab masalalarni
o’rganib hayotga tatbiq etish o’sib kelayotgan yosh avlod xususan yosh
furqatshunoslar oldidagi asosiy vazifalardandir. Furqatshunos Sh. Yusupovning
mana bu fikrlari ham buni tasdiqlaydi: “ bu betakror iste’dod sohibining ko’p
qirrali ijodi yana o’n yillar, yuz yillar davomida o’rganilajagi turgan gap.
Buning boisi shundaki, ijtimoy taraqqiyotning har bir yangi bosqichida
Furqat merosiga yangidan murojaat qiladigan avlod uni yangicha o’qib,
yangicha talqin etadi, yangi davr kun tartibiga qo’ygan dolzarb muammolarni hal
etishda undan katta ko’mak oladi”.65Zokirjon Furqat lirik merosining salmoqli
qismi asosan g’azallar bo’lib, ularning umumiy soni 286 tani tashkil qiladi.
Mumtoz nazm an’analarini munosib davom ettirgan Furqat she’riyati mavzu
jihatidan rang-barang qolaversa, ijodiy ko’lami keng va badiiyati
yuksakdir.Shoir she’riy merosining mavzu ko’lamini quyidagicha
guruhlashtirish
mumkin:1.Ishqiy2.Ijtimoiy3.Diniy-falsafiyDarhaqiqat,
ishq
mavzusi Sharq she’riyati, jumladan, o’zbek she’riyatining asosiy mavzularidan
biri hisoblanadi. Adabiyot tarixiga nazar soladigan bo’lsak, ishq mavzusi har bir
45
ijodkorning ijodiy jarayonidan yangi tashbehlar bilan bezanganini ko’ramiz.
Zero, tatar shoiri Hodi Toqtosh abziyning: “Muxabbat ul o’zi eski narsa, Ammo
har bir yurak uni yang’orta” deganlaridek, bu ko’hna mavzuning har bir
qalbda alohida yangilik kasb etganini kuzatish mumkin. Adabiyotshunos
Rahim Vohidovning ham bu boradagi fikrlari ahamiyatlidir: “Ishqni kuylamagan
shoirni va ishq dardi aralashmagan she’rni topish mutlaqo mumkin
emas”.66Furqat adabiy merosining salmoqli qismini ishqiy lirika tashkil etgan
bo’lib, ularda asosan, ishq tarannum etilgan. Shoir ijodiyoti xorij olimlari
tomonidan ham tadqiq etilgan bolib, shunday tadqiqotlardan biri venger
olimi Yanosh Ekkman qalamiga mansub Turkiyada nashr etilgan “Harezm,
kipcak va cagatay turkcesi uzerine arastirmalar. (Xorazm, qipchoq va chigatoy
turkchasga oid tadqiqotlar) dir. Asarda Zokirjon Furqat ijodiga ham alohida
o’rin ajratilgan bo’lib shuningdek, tadqiqotda Yanosh Ekkman Furqatning eng
avvalo, lirik shoir ekanligini takidlar ekan, uning juda kop gazallar, bir
necha muxammas, musaddas, murabba va bir mustazod yozganligini qayd etadi”.
“Klassik tarzda, arabcha va forscha so’zlar bilanqorishiq bir tilda yozilgan bu
she’rlarning bosh mavzui ishqdir”68–deya Furqatning ishq tarannum etilgan
g’azallariga baho beradi tadqiqotchi olim Yanosh Ekkman. Shuningdek, olim
fikrining dalili sifatida Furqatning quyidagi matlasi bilan boshlanadigan g’azalida
to’liq keltiradiBir qamar siymoni ko’rdim baldai kashmirda, Ko’zlari maxsuru yuz
jodu erur tasxirda, -Furqat Sharq she’riyatining buyuk darg’alari Lutfiy, Navoiy,
Bobur, Mashrab, Fuzuliy va Ogahiy kabi shoirlarning ijodini mukammal
o’rgandi. Ularning an’analarini munosib davom ettirishga harakat qildi. Darvoqe,
shoir ijodida fors-tojik adabiy merosining ham o’rni alohidadir. Jumladan “Chor
darvesh”, “Nuh manzar” kabi yirik epik asarlarning Furqat tomonidan fors
tilidan nazm yo’lida tarjima qilinganligi fikrimiz dalilidir. Buyuk ozarbayjon
shoiri Muhammad Fuzuliy asarlarini zo’r qiziqish hamda chin ixlos bilan mutolaa
qilgan Furqat bir necha g’azallarida unga taxmislar bog’laydi. Shoirning:Surmadin
ko’zlar qaro, qo’llar xinodin lolarang, G’ozadin yuzlarda tobu o’smadin qoshlar
tarangMisrasi bilan boshlanguvchi mashhur g’azali fuzuliyona uslubda
46
yaratilgan go’zal san’atning namunasidir. “Fuzuliy misrasi Furqatni o’zbek
ayolining go’zal portretini chizuvchi sof milliy g’azal yaratishga
ilhomlantirgan”.69Muhabbat mavzuining badiiy talqini har qanday shoir
ijodining asosini tashkil etadi. Darhaqiqat, Furqat lirik shoir sifatida ishq-
muhabbat mavzusining badiiy talqiniga alohida e’tibor qaratdi. Professor
Abdurasul Abdug’afurovning yozishicha: “Furqat lirikasida ishq-muhabbat
mavzui juda chuqur va nihoyatda keng planda ishlanadi” Shoir g’azallarining
ko’pchiligi ishq muhabbat mavzuida bitilgan. U o’z lirikasining mavzui, xarakteri
va maqsadi haqida so’z yuritar ekan, quiydagi misralarni yozishga batamom
haqli edi:Ey muhabbat ahli ramzi ishq fahm aylay desang,Yozilgan xuni jigardin,
Furqat, ash’orimga boq!”70Furqat she’riyatida ijtimoiy mavzu ham yetakchi
о‘rinni egallaydi. Shoir o‘zi yashayotgan davrdagi hukmron adolatsizliklar-u
xunrezliklarni yaxshi tushungan. Vaholanki, bunday tartib hamda tuzumning
zaminida albatta boylik –“sarig’ oltun” yotishini aniq tahlil qila olgan: Charxi
kajraftorning bir shevasidin dog’men,Ayshni nodon surib, kulfatni dono
tortadur.Sorug’ oltun kasrati ko’ngilni aylaydiqaro,Chunki safro bo’lsa g’olib-
o’zga savdo tortadur. Yoki mana bu satrlar tagmatnida ifodalangan
mazmunga diqqat qilinsa, shoirning jamiyatdagi “bechoralar” ahvoli,
mulkdorlar hamda shavqatsiz g’addorlarning yaramas odatlari haqidagi haqiqati
bayon etilgan:Kecha -kunduz jon uzar bechoralar bir pul uchun,Aylamak chashmi
karam tujjorlardindur g’alat.Furqat abnoi zamondin shikva qilmoqlik na
sud,Chunki ummidi vafo g’addorlardindur g’alat.Furqat ijtimoiy mazmunni,
ayrim g‘azallarida ramzlar, istioralarzamirida ifodalaydi. Bu hol shoir
yashagan davr va uni о‘rab turgan muhit taqozosi sifatida tushunilmog‘i
darkor:Naylayki, haq yaratmish, Furqat, meni siyahro‘z,Shomimda bor uzun
tun,lekin anga saharyo‘q!Baytda ifodalangan “tun” va “sahar” so‘zlari chuqur
ramziy obrazlar darajasiga ko‘tarilgan. Shoir bir-birini inkor etuvchi so’zlarni
mahorat bilan qo’llab tazod (zidlantirish) san’atini yuzaga keltirgan.Bu kabi
ijtimoiy mazmun ifodalovchi g’azallarni Furqat merosidan ko’plab
keltirishimiz mumkin. Shu mazmundagi she’rlarni tahlil etgan furqatshunos olim
47
A.Abdug’afurovning yozishicha: “Shu ayniqsa muhimki, shoirning o’zi
aytganidek, “xuni jigardin yozilgan ash’ori” orasida davrning jafosi va uning oddiy
inson boshiga solayotgan kulfat hasratlarini realistik aks ettirishga
bag’ishlangan butun-butun ga’zallarham anchagina uchraydi” Payg’ambarimiz
Muhammad s.a.v, sahobalar: Abu Bakr r.a, Umar r.a, Usmon r.a.lar hamda
muborak shayx va pirlardan: Sayyid Qusam, Ibn Abbos, Bahouddin
Naqshband, Xoja Nuriddin, Zangi oto, Hazrati Mo’yi muborak va boshqa bir
qancha shayxlarning muborak nomlari zikr etilgan. Ummati sargashtaman, yo
Mustafo, aylang madad,Umari odil ayni bosafo, aylang madad.Yori sevvum
jomi’ul Qur’on –Usmoni g’ani,Shahsuvor ahli ato, sheri Xud, aylang madad.Xoki
poyingiz erurtoji sari har avliyo,Shayx Muhyiddin mahbubi Xudo, aylang
madad.Kulfate boshimg’a tushti, turfa hojatmandman, Yo Bahouddin vali,
mushkulkusho, aylang madad.Dar Samarqand Shohi Zinda –hazrati Sayyid
Qusam,Ibn Abbos sokini g’ori fano aylang madad.Ilgim oling, yo’lda qoldim, yo
imomi Shahrisabz,Yana Xoja Imkana shayxi safo, aylang madad.Lirik she’rlarida
diniy-ma’rifiy va tasavvufiy mavzularni yoritar ekan, Furqat butun iste’dodini
insonni ulug’lashga, uning boy ichki olamini –siyratini, xulqu odobini vasf
etishga intilgan. Shuningdek shoir sheriyatida ushbu mavzu yetakchi o’rinni
egallaydi.
38
|